Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə44/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

DUNYOQARASH


Inson oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, hulosa chiqarishi boʻlib, dunyoni inson ongidagi oʻziga hos in’ikosidir. Insonning oʻziga va uni qurshab turgan borliqqa boʻlgan munosabatlarini ifodalaydigan koʻnikmalari, malaklari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy oʻzlashtirish hamdir.
Dunyoqarashning tarixiy turlari



1. Mifologiya (yunoncha “metos” – “naql, rivoyat”, “logos”–“ta’limot” degani) ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda olamning kelib chiqishi, tuzilishi, tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarni umumlashtirib, xayoliy shakllarda tasvirlanishidir. Masalan, Gomerning “Iliada”, hind eposi “Ramayana”, oʻzbek xalq eposi “Alpomish” va boshqalar.
2. Diniy dunyoqarash – din, tabiat, jamiyat, inson, uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqari boʻlgan, uni yaratgan, insonlarga toʻg‘ri hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan qarash, ta’limotdir.
3. Falsafiy dunyoqarash – dunyoni, borliqni ilmiy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir29.
1
Dunyoqarash – insonning tevarak – atrofini qurshab turgan voqelik tog‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi orni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir.
. Dunyoqarashlik funksiyasi
– bilimlarning asosiy xususiyati boʻlib, insonning borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonni dunyoni bilish haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradigan funksiyasidir.
2. Metodologik funksiyasi – metodologiya sifatida tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy sharoitlari bilan qonuniyatli aloqasini tushunishga, ilmiy kashfiyotlar va
Оламдаги воқеа ва ходисалар сабабларини илохий кучлар, олдиндан белгиланган мақсадлар билан боғлаб тушунишдир.

ularning tatbiq etilishining ijtimoiy qiymatini va umumiy istiqbolini chuqurroq anglashga yordam beradigan funksiyasidir.

3. Gnoseologik funksiyasi dunyoni bilish asosida uni oʻzgartirish uchun insonni samarali faoliyat koʻrsatishga undaydi. Shu bilan birga falsafa amaliy va nazariy masalalarni hal qilishda katta rol oʻynaydi. Bularning barchasi falsafaning gnoseologik funksiyasida namoyon boʻladi.
4. Ijtimoiy funksiyasi. Insonning ijtimoiy tabiatini va mohiyatini ochib berish bilan birga, tabiatga munosabati, jamiyatning tabiat bilan uzviy bog‘liqligini koʻrsatib beradi, shuningdek, tabiatga g‘amxoʻrlik bilan munosabatda boʻlishni oʻrgatadigan funksiyadir.
5. Tarbiyaviy funksiya kishining aqliy jihatdan kamol topishida, nazariy tafakkurning qaror topishida, jamiyatning yetuk kishisi boʻlib yetishishida, yuksak g‘oyaviy, mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda, ilmiy dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol oʻynaydi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə