Umumiy pedagogika


Madaniyatning tarkibiy tuzilmasi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə47/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Madaniyatning tarkibiy tuzilmasi

Dunyoqarash olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdan iboratdir. Shu ma’noda dunyoqarash har qanday ijtimoiy-tarixiy mohiyat kasb etib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnat jarayonida vujudga keladi. Dunyoqarash esa kishilarning turmush tarzi, hayoti, xulqi, odobi, madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan tasavvur va bilimlar yig‘indisidir.


Shunday ekan, inson ongining tabiat va jamiyatga munosabati natijasida qarashlari, e’tiqodi, ideali asosida paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-estetik va xulqini ifodalovchi bilimlar tizimi uning dunyoqarashidir.
Dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shaklanadi. Uning shakllanishida his-tuyg‘u, aql-idrok va tafakkur muhim o‘rin tutadi. Dunyoqarash kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog‘liq bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va boshqalar aks etadi. Dunyoqarash murakkab tuzilmaga ega. Olimlar uni muayyan bilimlar, g‘oya va maqsadlar, fan yutuqlariga, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch va e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlarga ajratadilar.

D unyoqarashning tarkibiy tuzilmasi

Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda e’tiqod muhim ahamiyatga ega. E’tiqod insonning o‘z qarashlari va g‘oyalarining to‘g‘riligiga, orzu-umidlarining asosliligiga, xatti-harakatlarining umumiy maqsad va talablarga mosligiga chuqur ishonch asosida paydo bo‘ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, shaxsni samarali faoliyatga yo‘llaydi. Ayniqsa, hissiyot va aql dunyoqarash tarkibida muhim ahamiyatga ega. Madaniy dunyoqarashda hissiyot emosional-ruhiy jihatdan muhim bo‘lsa, dunyoqarashning aqliy jihati esa dunyoni tushunishdadir.


Hissiyot asosida quvonch, shodlik, zavqlanish, hayotdan va kasb-koridan mamnunlik, hayratlanish yoki norozilik, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g‘am-g‘ussa, nadomat, Vatani va eng yaqin odamlari taqdiridan befarq bo‘lmaslik kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi dunyoni his etish muayyan dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratadi. Har bir kishida hissiyot, fikr, bilim, e’tiqod, intilish, orzu-umid, qadriyatlar dunyoqarash tarkibida birlashib, olamni bir butun, yaxlit holda tasavvur ettiradi. Bilim ma’lum bir hodisa yoki narsani baholashda dunyoqarashga aylanadi. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashda, siyosiy, diniy munosabatlari huquqiy va diniy dunyoqarashda, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarashda. Madaniy munosabatlari madaniy dunyoqarashda ifodalanadi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘ular bilan uzviylikda shakllana boradi. Shunga ko‘ra o‘qituvchilar fan asoslarini o‘qitar ekan, doimiy ravishda bilimlarning uzviyligiga rioya etishi kerak.
Umummadaniyatning muhim elementlari san’at, moddiy-ma’naviy meros, fan va boshqalar turli yo‘llar bilan o‘rganiladi va talabalar ongiga yetkaziladi. Umummadaniy dunyoqarashga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ta’sir qilar ekan, ularning emosional-hissiy ta’siri estetik ta’sir vazifasini, o‘tmishni yaqinlashtirish, ayrim shaxslarning tarixi va psixologiyasini ochib berishga oid vazifani; hayotga bo‘lgan munosabati orqali ifodalashga yo‘naltirilgan, jamiyatning g‘oyaviy hayot jarayoniga kiruvchi mafkuraviy vazifani insonning ma’naviy shakllanishiga aqli, irodasi, hissiyotiga ta’sir etuvchi tarbiyaviy vazifani va nihoyat, ma’naviy boyishiga ta’sir etuvchi kommunikativ vazifani bajaradi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə