Umumiy pedagogika


Yoshlarning ma’naviy qashshoqlik girdobiga tushib qolish omillari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə40/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Yoshlarning ma’naviy qashshoqlik girdobiga tushib qolish omillari:
– ruhiy – axloqiy nosog‘lom tarbiya;
– ayrim yoshlarning pul topish ilinjida horijga chiqib, ba’zi to'dalarga aldanib qolishi;
– moddiy manfaatni ko'zlash, ya'ni pulga, kiyimga, xorij buyumlariga o'chlik;
– qo‘poruvchi va jangari ekstremik guruhlarning yolg‘on va'dalariga ishonish;
– “moddiy yordam” niqobi ostidagi mablag‘lar;
– ba’zida tarbiyaviy tadbirlarning yuzaki tashkil etilishi samarasizlik;



Missionerlik va prozeletizm faoliyatining salbiy oqibatlari.
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo, ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma’nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim. Ushbu soʻz lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan boʻlib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa "vazifani bajaruvchi" degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Turli lug‘atlar va manbalarda missionerlikka koʻplab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar atroflicha tavsiflangan. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan "Jahon kitobi" ensiklopediyasida "Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni oʻz diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson", – degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada nashr etilgan "Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi"da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining oʻz e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati», – degan ta’rif keltirilgan.
U
Missionerlik – bir dinga e'tiqod qiluvchilar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishdir.
muman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bir-biriga juda yaqin va oʻxshash boʻlib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin:

Missionerlik bilan bir qatorda prozelitizm haqida ham soʻz boradi. Uning mohiyati nimada?

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə