Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə36/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Bevosita talab – aniq, boshqacha talqinga oʻrin qoldirmaydigan ohangda bayon etiladi. Bilvosita talabmaslahat, iltimos, koʻrsatish, ma’qullash koʻrinishida bayon qilinadi. Talab ijobiy, salbiy yoki neytral (loqayd) munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Saboq berish – bu tez sur’atlarda bajariladigan metod. Undan talab qilinayotgan sifatni qisqa muddatda yuqori darajada shakllantirishda foydalaniladi. Koʻp hollarda saboq berish og‘riqli jarayonlarga sabab boʻlib, norozilik keltirib chiqaradi. Eski maktablardagi jazo choralari, yaqin oʻtmishdagi harbiy kazarma tizimini bunga misol qilish mumkin.
Topshiriqlar metodi yaxshi natija beradi. Ular yordamida oʻquvchilar ijobiy xulq-atvorga oʻrgatiladi. Topshiriq turli mavzuda boʻlishi mumkin: bemor oʻrtog‘idan xabar olish, bolalar bog‘chasi uchun oʻyinchoqlar tayyorlash, sinfni bayramona bezatish va hokazo Topshiriq natijasi albatta nazorat qilinishi lozim.
Tarbiyalanuvchi faoliyati va xulq-atvorini maxsus sharoitlarda tashkil etish qisqacha tarbiyalovchi vaziyatlar metodi deb ataladi. Vaziyat oʻylab topilgan boʻlmasligi kerak. Ular hayotni barcha qarama-qarshiliklari va muammolari bilan aks ettiradi. Tarbiyachi faqat vaziyat kelib chiqishi uchun sharoit yaratib beradi, vaziyat esa tabiiy boʻlishi kerak.
3. Rag‘batlantirish metodlari.
Rag‘batlantirishning asosiy maqsadi ayrim harakatalarni tezlatish yoki toʻxtatishdan iborat. Qadimdan rag‘batlantirishning rag‘bat va jazo shakllari ma’lum.
Rag‘bat tarbiyalanuvchining ruhini koʻtaradi, g‘ayratini oshiradi, oʻz kuchiga ishonch uyg‘otadi, ma’naviy oziq beradi. Rag‘bat shakllari quyidagilardan iborat: ma’qullash, ishonch bildirish, maqtash, og‘zaki va yozma tashakkur, maqtov qog‘ozi bilan mukofotlash va boshqalar.
Ma’lumki, Sohibqiron Amir Temur rag‘batlantirish metodidan oʻta samarali foydalangan. Masalan, “...hukm chiqardimki, amirlardan qaysi biri g‘anim qoʻlidagi biror mamlakatni fath etib, dushman tasarrufidan ozod qilsa, shu mamlakatni uch yilga unga in’om tariqasida bersinlar.
Jazo tarbiyalanuvchilarda mavjud boʻlgan salbiy sifatlarni bartaraf etishga xizmat qiladigan va ulardan saqlaydigan metodlardan biridir. Jazo shakllari:

  • qoʻshimcha majburiyatlar yuklash;

  • ayrim huquqlarda cheklash yoki ulardan mahrum qilish;

  • salbiy axloqiy munosabatni bildirish, qoralash.

Maktablarda norozilik bildirish, ogohlantirish, majlisda muhokama qilish, huquq – tartibot organlari roʻyxatiga qoʻyish, oliy ta’lim muassasalarida talabalar safidan chiqarishgacha jazo shakllari mavjud. Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida aniq natijani ta’minlaydigan samarali jazo metodlarining mavjud boʻlmaganligi oqibatida tartib – intizomning izdan chiqqanligi bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar uchun asosiy omil boʻldi.
Jazo metodining samaradorligini ta’minlovchi pedagogik sharoitlar:

  1. Jamoa tomonidan belgilangan jazoning ta’siri kuchli boʻladi.

  2. Jamoaviy jazoni qoʻllash (ya’ni bir kishi uchun butun jamoani jazolash) tavsiya etilmaydi.

  3. Jazolash toʻg‘risida qaror qabul qilindimi – aybdor jazolanishi kerak.

  4. Oʻquvchi uchun tushunarli boʻlgan va adolatli ekanligi tan olingan jazoning ta’siri samaralidir.

  5. Jazo choralarini qoʻllashda tarbiyalanuvchilar kamsitilmasligi lozim.

Faoliyatni va xulq-atvorni shakllantirishning subyektiv – progmatik metodi tarbiyalanuvchilarga beodoblik, tartib – intizomga rioya qilmaslik, jamoat tartibini buzish shaxs uchun ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zararlidir degan qoidaga asoslanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bolalikning ilk davridanoq beshafqat raqobat muhitida kurashga jalb etadi va hayotga jiddiy tayyorgarlik koʻrishga majbur qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda maktab tarbiyasi utilitar (tor amaliy natijaga, moddiy manfaatga qaratilgan) mazmun kasb etishi va oʻquv yurtini tamomlagandan keyin ish topish, yashash uchun tegishli sharoitlarga ega boʻlishdan iborat bosh maqsadga qaratilgani bejiz emas (mazkur yondashuv (subyektiv – progmatik) bugungi kunda Oʻzbekistondagi yoshlar tarbiyasida ham yetakchi oʻringa chiqmoqda).
Pedagoglar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan tarbiyaviy maqsadda foydalanadilar. Ular yaxshi maktab tarbiyasini kishining kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy mavqei bilan bog‘laydilar. Ular axloqsiz, bilimsiz odamlar yaxshi lavozimlarni egallashda kam imkoniyatlarga ega boʻlishi, ish haqi kam va nufuzi past boʻlgan ishlarga qabul qilinishi, ishsizlar safini birinchilardan boʻlib toʻldirishini aniq misollar bilan asoslaydilar.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə