Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə32/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Mehnat tarbiyasi –tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasishaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, intizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham mehnat tarbiyasitarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.
Mehnat tarbiyasi avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan chaqaloqlar, goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq ularga dastlabki mehnat tarbiyasiberila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat iste’molchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, ma’naviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin21.
Ekologik tarbiya – jamiyat ekologik madaniyatining muhim tarkibiy qismi, tabiat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini tartibga keltirish yoʻnalishlaridan biri.
Yosh avlodni ekologik tarbiyalash oila va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sayrga olib chiqish, tevarak–atrof bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalarning jonli burchakda oʻsimlik va hayvonlarni parvarish qilishlari, tabiat toʻg‘risidagi kitoblarni oʻqishi, film va radioeshittirishlar ekologik tarbiyalashni rivojlantirishga yordam beradi.
Ekologik madaniyat tabiatga mehr bilan munosabatda boʻlish, unga nisbatan ma’suliyatni his etish, tabiiy resurslarga nisbatan jonkuyarlik hissini qaror toptirish, iqtisodiy – xoʻjalik vazifalarini atrof-muhitga ziyon yetkazmaydigan qilib hal etish malakasini shakllantirish kabilarni oʻz ichiga oladi22.
Estetik tarbiya. Bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi goʻzallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishida katta rol oʻynaydi. Ota-onalar bolalarga tabiat, ijtimoiy hayot, san’atdagi goʻzallikni his qilish va shu kabilarni oʻrgatadi.
Estetik didni tarbiyalashda dastlabki oʻyinchoqlar katta oʻrin tutadi. Ular hayotni bilishni oʻrgatadi va birinchi estetik taassurotlar manbai hisoblanadi. Ota-ona bolalarni xonalarni yig‘ishtirish, saranjom – sarishta qilishga jalb qilib, ularda estetik didni tarbiyalaydi.
Bolaning tashqi koʻrinishiga boʻlgan talablar estetik tarbiyada katta ahamiyatga egadir. Sodda va ozoda kiyina bilish, kishilar orasida oʻzini yaxshi tutish, xulq-atvorning yaxshi boʻlishi ham goʻzallikdir23.
Huquqiy tarbiya – jamiyat a’zolari, jumladan, yoshlar ongiga huquqiy bilimlarni turli ta’sir vositalari orqali uzluksiz singdirib borish jarayoni. Huquqiy tarbiya vositalariga huquqiy targ‘ibot, huquqiy ta’lim va amaliyot, oʻzini-oʻz tarbiyalash kiradi. Huquqiy tarbiya jamiyat a’zolarining ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish, shaxs ongiga uning huquq va burchlarini singdirish jarayonini anglatadi. Huquqiy tarbiya maktab, maktabdan tashqi muassasalar tomonidan ham amalga oshiriladi. Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniya, ma’ruza yordamida olib boriladigan huquqiy targ‘ibot yaxshi samara beradi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə