Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə31/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Jismoniy tarbiya, badantarbiya – sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyatning ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashqlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qoʻshib olib boriladi.
Jismoniy tarbiya bolaning aqlan va jismonan oʻsishiga yordam beradi, uning axloqiy–irodaviy xususiyatlarini takomillashtiradi. Oilada jismoniy tarbiya vositalarining majmuasi: kun tartibini toʻg‘ri tashkil qilish, toʻg‘ri ovqatlanish, madaniy–gigiyenik koʻnikmalarni hosil qildirish, sport bilan shug‘ullanish, chiniqtirish va ochiq havoda sayr qilish kabilarni oʻz ichiga oladi19.
Ijtimoiy tarbiya – bolada ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatarni shakllantirish jarayoni. Shaxs shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ta’sirning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan‚ oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, oʻrta maxsus va oliy ta’lim tarbiyasi, mehnat jamoasi tarbiyasi, jamoatchilik tarbiyasi kabi tarbiya institutlarini qamrab oladigan murakkab ma’naviy-ma’rifiy jarayondir.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifasi jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk, ruhan tetik, mustaqil fikrlash, ishlash va yashash qobiliyatiga era boʻlgan zamonamizning ilm-fan, texnika – texnologiya yutuqlarini, ilg‘or kasb-hunar larni egallagan barkamol insonni shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiy tarbiya – jamiyat a’zolarini iqtisodiy bilimlar bilan muntazam ravishda boyitib borish, ularda xoʻjalik yuritish koʻnikmasi va malakasini shakllantirish. Oilada bolalarni iqtisodiy tarbiyalash vazifasi oila budjetini toʻg‘ri olib borish mahorati, moddiy boyliklarga tejamkorlik bilan munosabatda boʻlishdan iborat.
Iqtisodiy tarbiyaning vazifasi bolalarni boshqalar mehnatini e’zozlashga, boshqa oilalarning muhtojliklari hamda turli ne’matlarga ehtiyoj sezuvchilar haqida oʻylashga, davlatning gullab – yashnashi toʻg‘risida jon kuydirishga oʻrgatishdan iborat20.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə