Umumiy pedagogika


Tarbiyaviy ishlarning yo’nalishiga ko’ra



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə29/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Tarbiyaviy ishlarning yo’nalishiga ko’ra:

  • baynalminal tarbiya;

  • vatanparvalik tarbiyasi;

  • jinsiy tarbiya;

  • ijtimoiy tarbiya;

  • iqtisodiy tarbiya;

  • ekologik tarbiya;

  • estetik tarbiya;

  • huquqiy tarbiya.


arbiyaning yosh avlodni jamiyat talablari asosida shakllantirishdan iborat asosiy maqsadiga erishish uchun bola shaxsining har tomonlama – axloqan, jismonan va aqlan barkamol, mehnatsevar inson boʻlib yetishishiga erishish zarur. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun pedagogika fanida tarbiya jarayoni shartli ravishda turlarga boʻlinadi.

Institutsiona belgilariga ko’ra:

  • oilaviy tarbiya;

  • maktab tarbiyasi;

  • maktabdan tashqari tarbiya;

  • maxsus tarbiya muassasalarda amalga oshiriladigan tarbiya.
Tarbiyaviy ishlarning xususiyatiga va yoʻnalishiga koʻra turlarining oʻziga xos jihatlariga qisqacha toʻxtalib oʻtsak. Tarbiyaning tarbiyachi – tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi munosabatlari hamda institutsional belgilari boʻyicha turlarini mustaqil ravishda oʻrganamiz va amaliy mashg‘ulotda ularni batafsil tahlil qilamiz.

A
Tarbiyachi – tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatlariga ko’ra:

  • avtoritar;

  • demokratik;

  • liberal;

  • erkin.


xloqiy tarbiya
–bolaning jamiyatga, odamlarga boʻlgan munosabatlar tizimini tarkib toptirishdagi tarbiyaviy jarayon. Insonning axloqiy fazilatlari bolalikdan boshlab rivojlanadi. Kichik yoshdagi bolaning axloqiy tarbiyasi kattalar bilan boʻlgan munosabatdan boshlanadi. Bola kattalar bilan qanchalik koʻp munosabatda boʻlsa, uning atrofdagi muhitni emotsional idrok qilishi shunchalik faollashadi13.
Shaxsning axloqiy tarbiyasi uning muomala odobi, etiket qoidalariga rioya etishi, kasbiy odobi hamda oʻzgalarga nisbatan munosabatning barcha turlarida koʻrinishi mumkin. Axloqiy tarbiya jarayonida yoshlarda axloqiy koʻnikma va malakalar tarkib topadi va inson uchun zarur boʻlgan axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular: odamiylik, qanoatlilik, jonkuyarlik, mehribonlik, oliyjanoblik, oliyhimmatlilik, baynalminallik, g‘oyaviy sodiqlik, kechirimlilik, andishalilik, shaxsiy manfaatdan ijtimoiy manfaatdorlikni yuqori qoʻya olishlik, bag‘rikenglik kabilardir14.
Aqliy tarbiya – shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ya’ni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Aqliy tarbiya ta’lim, oʻyin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan boʻlgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va oʻzlashtirishda yana ham takomiliga yetib boradi15.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə