Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

327-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksda va O‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli organlar (mansabdor
shaxslar) tomonidan ijro etiladi.
(327-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bir shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida bir necha qaror chiqarilgan
hollarda ularning har biri mustaqil ravishda ijro etiladi.
328-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini kechiktirish
Ma’muriy qamoqqa olish yoki jarima solish (joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish
bundan mustasno) tarzida ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni darhol ijro etishga
imkon bermaydigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shu qarorni chiqargan organ
(mansabdor shaxs) uning ijrosini bir oygacha muddatga kechiktirishi mumkin.
329-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini tugatish
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi
hollarda uning ijrosini tugatadi:
1) amnistiya akti e’lon qilinib, u ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishni yo‘q qilsa;
2) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan bo‘lsa;
3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan bo‘lsa.
330-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ijrosining muhlati
Basharti ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy
davomida ijro etishga qaratilmagan bo‘lsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu
Kodeksning 
318-moddasiga 
muvofiq qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan taqdirda, kuchini
yo‘qotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi.
Ushbu Kodeksning 
328-moddasiga 
muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini
yo‘qotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri o‘tgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə