Umumiy qoidalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

BEShINChI BO‘LIM
MA’MURIY JA3O QO‘LLANISh TO‘G‘RISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh
XXV bob. ASOSIY QOIDALAR
325-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ijrosining majburiyligi
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.
326-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishga qaratish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va O‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonunchiligida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, chiqarilgan
33
30
31
34
35
1


paytdan boshlab ijro etilishi lozim.
(326-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berilgan
yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest
qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan
joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qaror bundan mustasnodir.
(326-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 
332-
moddasida 
belgilangan muddati o‘tib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi.
(326-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs)
tomonidan ijro etishga qaratiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə