Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə356/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

346-modda. Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qo‘ygan joylarda
qamoqda saqlanadilar. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish chog‘ida
qamoqqa olinganlar shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladilar.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati ma’muriy qamoq muddatiga qo‘shib
hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy qamoqni o‘tash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan
qoidalar asosida amalga oshiriladi.
(346-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar jismoniy ishlarda foydalaniladi.


Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman
(shahar) hokimliklariga yuklatiladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga qamoqda bo‘lgan vaqtlari uchun doimiy ish
joylaridan ish haqi to‘lanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 734-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa
olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risida 
nizom
,
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar
hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
, Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan
shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida 
nizom
,
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus
qabulxonalarning ichki tartib 
qoidalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə