Umumiy qoidalar


-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə354/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

341-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan
mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish
to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan
ijro etiladi.
Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli
kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo‘lsa, haydovchilik
guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi
turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo‘yiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1


Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish
huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi esa — O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
(341-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan
ijro etiladi.
Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan
taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar
ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə