Umumiy qoidalar


XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh
YURITISh
337-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani
musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan ijro etiladi.
(337-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
338-modda. Musodara qilingan narsani sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara
qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
339-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish
yuritishning tugallanishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni
musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni
tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan jinoyat ishlari
bo‘yicha sudga yuboradi.
(339-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
XXIX bob. MAXSUS HUQUQDAN MAHRUM ETISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh
BO‘YIChA ISh YURITISh
340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi
organlar
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu
Kodeksning 
248-moddasida 
ko‘rsatib o‘tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari
tomonidan ijro etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish
to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 249 -moddasining 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatib o‘tilgan
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining
mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
(340-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi
ikkinchi qismida
aytib o‘tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib
boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə