Umumiy qoidalar


-modda. Joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

334-modda. Joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro
etish
Ushbu Kodeksning 
283-moddasiga 
muvofiq jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir
qilingan joyning o‘zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati
hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida to‘lanmasa, ishni ko‘rib chiqish
va qarorni ijro etish ushbu Kodeksning 
332
 va 
333-moddalarida 
nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiriladi.
335-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish ishlarini tugallash
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib olingach, uning ijro
etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki
sudga qaytariladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat
ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni
chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.
(335-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-
son)
XXVII bob. NARSANI HAQINI TO‘LASh ShARTI BILAN OLIB QO‘YISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI
IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YURITISh
336-modda. Narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni ijro
etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan narsalar
belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi
savdosida realizatsiya qilinadi.
(336-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qurolni va uning o‘q-dorilarini haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar
organlari tomonidan ijro etiladi.
(336-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-
sentabrdan kuchga kiradi)


Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu
Kodeksning 
26-moddasiga 
muvofiq olib qo‘yilgan narsalarni sotish xarajatlarini chegirib qolib,
shu narsalarning sobiq egasiga topshiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə