Umumiy qoidalar


-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

343-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va
tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan
mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini
ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan
mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan
tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan
qisqartirishi mumkin.
(343-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
 Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
344-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini hisoblash
Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus
huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan
mahrum etilgan deb hisoblanadilar.
Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuningdek bu muddat ushbu
Kodeksning 
343-moddasiga 
muvofiq qisqartirilgan taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga
tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik
guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati
guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum
etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.
XXX bob. MA’MURIY QAMOQQA OLISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh
YURITISh
345-modda. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin darhol ijro etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə