Umumiy tilshunoslik



Yüklə 210,86 Kb.
səhifə48/54
tarix20.10.2023
ölçüsü210,86 Kb.
#128437
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Umumiy tilshunoslik-fayllar.org

PSIXOLINGVISTIKA
Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda 
ham, psixologiya fanida ham tekshirish ob’ekti sanaladi. Tilshunoslik va
psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida 


psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib
keldi. Ushbu atama dastlab 1946 yilda amerika psixologi N.Pronko tomonidan
qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX
asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga 
(asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini
ta’kidlab, sotsial, etnik psixologiyani yaratishga intildi.
Ushbu oqim tarafdorlari o‘z e’tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa,
bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga qaratdilar
assotsiativ psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar.
Psixolingvistikaning o‘rganish ob’ektiga quyidagilar kiritilgan: 
 Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish
 Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‘rganish 
 Muayyan nutqiy vaziyatlarda so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganish 
 Nutqning axborot tashish funksiyasini o‘rganish va boshqarish.
Hozirgi kunda tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi yanada kengaygan bo‘lib, 
nutqdagi inson omili, individuallik, ichki nutq va tashqi nutq masalalari keng
o‘rganilmoqda. Nutqiy faoliyat, ya’ni insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-
biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish ob’ekti
sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan chuqur 
o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va
uning uning aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni bir-biridan ajratgan
holda, tilning ichki tuzilishi va birliklari, ushbu birliklarning nutqiy jarayonda turli-
tuman voqelanishi, psixolingvistikada esa “ichki tuzilish”dan “tashqi tuzilish “ 
(“tashqi nutq”) qa o‘tishning asosiy bosqichlari, ushbu 2 tuzilishning o‘zaro
munosabatlari kabi qator masalalar atroflicha o‘rganiladi. 




Yüklə 210,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə