Umumiy xavfsizlik talablari


-MAVZU: RESTORANLAR VA ULARNING TAVSIFI



Yüklə 7,22 Mb.
səhifə4/40
tarix07.07.2023
ölçüsü7,22 Mb.
#119376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
batler maruza matn 2023

3-MAVZU: RESTORANLAR VA ULARNING TAVSIFI
Reja:
1. Restoranlar tavsifi.
2. Restoran savdo xonalarining tavsifi.


Restoranlar tavsifi

Restoran – murakkab tarzda tayyorlangan taomlarning keng assortimentini tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish korxonasidir. Bular ichiga buyurtma va firma taomlari, spirtli ichimliklar, tamaki va qandolat mahsulotlari kiradi. Mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak darajada xizmat qilinadi.


Restoranlar markaziy ko‘chalarda, odamlar gavjum ko‘chalarda, temiryo‘l, avtomobil vokzallarida, aeroportlar, bandargohlarda, dengiz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, stadion, shaharlararo hududlarda, tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan yerlarda, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida katta bozorlar, o‘yingohlar yaqinida ochiladi.
Restoranlarda xo‘randalarga restoran xodimlari, bosh ofitsiant va ofitsiantlar xizmat qiladi. Taomlar va ichimliklarni oliy darajadagi pazandalar tayyorlaydi. Restoranda xizmat qiluvchi xodimlar bir xil kiyimlarda bo‘ladi, ularning poyabzallari yagona namunaga ega bo‘lishi shart.
Xorijiy sayyohlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari bironta chet tilni bilishi va mehmonlar bi­lan erkin muloqot qila olishi lozim.
Restoranlar ayrim xo‘randalargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Davlat miqyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiya, seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari, to‘ylar, oilaviy tantanalar, banket va boshqalarga xizmat qiladi.
Restoranlarda mijozlarga asosan tushlik va kechki ovqat beriladi, katta yig‘inlar, kengashlar, konferen­siya qatnashchilariga taomning to‘la ratsioni beriladi.
Ko‘pgina restoranlarda bayram kuni oldidan, shanba va yakshanba kunlari milliy taomlar ta’mini aniqlash (degustatsiya) tadbiri o‘tkaziladi. Hozirda ba’zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga olinadi, ammo oziq-ovqat uncha qimmat bo‘lmasligi kerak.
Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan tashqari taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham qabul qilish mumkin. Restoranda mahsulotlar assortimentida shokolad, konfetlar, ho‘l mevalar va boshqalar bo‘lishi kerak.
Lyuks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli manzarali badiiy materiallar, optik yoritkichlar, rangli diapozitivlar, fotosuratlar bilan bezatiladi. Vitrinalar shunday yasatilishi kerakki, unda korxonaning xususiyatlari yaqqol ko‘rinsin, oshxonaning o‘ziga xos xususiyati, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat majmuyi aks etsin.
Birinchi toifadagi restoranlarda vitrinalarni bezash oddiyroq bo‘ladi.
Restoran zallarida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida arxitektura-konstruktiv manzarali elementlar, mebel va boshqa jihozlar o‘rnatish uchun maydonlar barpo etiladi.
Restoranlarda mebellarning asosiy turlari: ikki, to‘rt, olti kishi sig‘adigan stollar (to‘g‘ri burchakli, kvad­rat, dumaloq va boshqa shaklda); restoran kreslolari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xiz­mat uchun stollar va hokazo.
Lyuks toifadagi restoranlar uchun oshxona idish-tovoqlari, to‘plamlar maxsus buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi (zanglamaydigan metalldan, oliy darajadagi chinnidan, eng yaxshi ishlov berilgan shishadan).
Oshxona va xizmat xususiyatlari hisobga olingan holda idish-tovoqlar tanlanadi. Chinnidan yasalgan har bir buyumda uni ishlab chiqaruvchining tamg‘asi bo‘lishi shart. Banketlarda, qabul tantanalarida chinnidan va billurdan ishlangan buyumlardan foydalaniladi.
Oshxonalarda foydalaniladigan matodan qilingan buyumlar – sochiqlar, dasturxon, salfetkalar, qo‘l sochiqlari zal toifasiga qarab buyurtma bilan tayyorlanadi. Bu buyumlarning har birida restoran tamg‘asi bo‘lishi shart. Stollarga dasturxonlar har bir yangi mehmon uchun yangi yoziladi.
Birinchi toifadagi restoranlarda metalldan yasalgan idish-tovoqlardan foydalaniladi, oshxona idishlari zanglamaydigan po‘latdan, chinnidan yasaladi. Dasturxon va salfetka, qo‘l sochiqlar ok yoki rangli matodan bo‘lishi mumkin.
Lyuks toifadagi restoranlarda esa, albatta, quyidagi qo‘shimcha xizmatlar bo‘lishi shart: bayram taomlari tayyorlash va xizmat uyushtirish, uyga ovqat yetkazib berish, taom va boshqalarga buyurtmalar qabul qilish, ma’lum muddatga joyni band qilib qo‘yish, mijoz iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish, gul va sovg‘alar sotish.
Oliy toifali restoranda banket zal, bar, kokteyl-xol bo‘ladi. Binolar ichi chiroyli bezatilgan bo‘lishi, restoran talabiga javob berishi kerak.
Lyuks va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada chop etilishi zarur. Bu restoranlarda xorijiy mehmonlarga xizmat qilinadigan bo‘lsa, taomnoma uch tilda: ingliz, fransuz, nemis tillarida bosiladi. Taomnomaning firmali jildi, reklama afishalari, bukletlar, varaqalar, tabrik va taklif qog‘ozlar hamda boshqa nashr reklamalari zich, qalin qog‘ozlar yoki yaltiroq ishlov berilgan kartondan tayyorlanadi. Taomnomaning jildida res­toran nomi va tamg‘asidan tashqari restoranning mavzu yo‘nalishini ifodalovchi rasm ham bo‘ladi.
Lyuks va oliy toifadagi restoranlarda orkestr chiqishiga mo‘ljallangan sahna bo‘ladi. Ansambllar, teatr guruhlari konsert dasturlari bilan mijozlarning yaxshi dam olishiga sharoit yaratiladi. Lyuks toifali restoranlarda yuqori sifatli stereofonik radioapparaturadan foy­dalaniladi, har bir stolda ovozni bir me’yorda tartibga soluvchi dinamiklar bo‘ladi.

Yüklə 7,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə