Umumiy xavfsizlik talablari


-MAVZU: MILLIY RESTORANLARDA XIZMAT



Yüklə 7,22 Mb.
səhifə9/40
tarix07.07.2023
ölçüsü7,22 Mb.
#119376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
batler maruza matn 2023

8-MAVZU: MILLIY RESTORANLARDA XIZMAT
KO‘RSATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Reja:

  1. Milliy oshxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Tayyorlangan mahsulotlarning ta’miga mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasining ta’siri.



Milliy oshxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari

Yer yuzida yashayotgan har bir xalqning o‘z tarixi, an’analari va, albatta, milliy taomlarining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Milliy taomlar – har bir inson e’zozlaydigan, barcha sir-asrorlarni saqlab, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan asriy an’analar qo‘rg‘onidir. Dasturxon urf-odatlari inson hayotining eng muhim qismidir, ular bizdan oldin yashagan odamlarning tajribasini o‘zida aks ettiradi va qadim zamonlarga borib taqaladi. Shuning uchun ham milliy taomlar xalq tarixi va moddiy madaniyatining tarkibiy qismlaridan biridir.


Milliy oshxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari mamlakatning geografik joylashuvi, iqlimi va iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Okean va dengizlar bilan chegaradosh mamlakatlarning milliy oshxonasida baliq va dengiz mahsulotlari taomlari ustunlik qiladi (Yaponiya, Latviya, Hindiston va boshqalar). O‘rmon-dasht mintaqalarida joylashgan mamlakatlar milliy oshxonasida hayvon go‘shtidan tayyorlangan taomlar ustuvorlik qilsa, janubiy mamlakatlarda yashovchi odamlar milliy taomlarni tayyorlash uchun ko‘proq sabzavot va mevalardan foydalanadilar (O‘rta Osiyo, Kavkazorti va boshqalar).
Alohida mamlakatlarning geografik o‘rni va iqlimi ham oziq-ovqatda xushbo‘y narsalardan turli xil foydalanishga olib keldi. Misol uchun, Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika xalqlari taom tayyorlash uchun ko‘proq ziravorlar va achchiq souslardan foydalanadilar. Shimoliy mamlakatlar xalqlari esa achchiq bo‘lmagan oziq-ovqatni afzal ko‘radilar.
Turli xalqlarning ovqatlanishi ko‘pincha iqlim sharoitiga bog‘liq. Qoida tariqasida, janubliklar ertalab kam ovqat iste’mol qilsa, tushlik va kechki ovqat dasturxoni turli taomlarga boy bo‘ladi. Arab mamlakatlari xalqlari kuniga ikki mahal ovqatlanadilar. O‘zbeklar uchun asosiy taom eng yuqori kaloriyali taom hisoblanadi
Ko‘p mamlakatlarning odatdagi nonushtasi meva sharbati, non bilan sariyog‘, murabbo yoki jem, kolbasa, garnir, bulochka, qahva yoki choy bilan omletdan iborat. Bu nonushta yevropacha nonushta deb xam ataladi.
Milliy oshxonalarning o‘ziga xosligiga diniy urf-odatlar va turmush tarzini tartibga soluvchi qadimiy urf-odatlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, musulmonlar cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilmaydi. Xitoyliklar esa sut mahsulotlarini umuman iste’mol qilmaydi. Hindistonda mol go‘shtini yeyishmaydi.

Yüklə 7,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə