Umumiy yer bilimi


 – MAVZU: SH A M O L L A R



Yüklə 380,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/36
tarix17.06.2023
ölçüsü380,23 Kb.
#117571
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Umumiy yer bilimi

12 – MAVZU: SH A M O L L A R. 
 
R E J A. 
 
1.
Shamolning xosil bulish sabablari. 
2.
Shamolning asosiy guruxlari. 
A) Maxalliy. 
B) siklon va antisiklon. 
V) atmosfera umumiy sirkulyasiyasi shamollari. 
3.
Xavo masallari va frontlari. 
Xavoning gorizontal xarakatiga shamol deyiladi. Shamolning yunalishi shamol 
esayotgan gorizont tomoni bilan ataladi. Bu tomonlarni kursatish uchun gorizont 
rumblarga bulinadi. Asosiy rumblar N (Nord Himol) S (zyud,janub) YE (yest 
shark, ) W (vest garb) olinadi. Xamda oralik tomonlar xam ajratiladi. 
Shamolning tezligi 1 sek.da necha m esishi bilan aniklanadit. Odatda ikki 
joy orasidagi bosimning farik kancha katta bulsa, shamolning tezligi shuncha 
yukori buladi. Shamolning tezligini soddarok tushintirish uchun Bofort shkalasidan 
foydalan iladi. 
0 ball – shamolning tezligi 0 ga teng. Xavo tinch. 
1 ball – shamolning tezligi 0,6-1,7 MG'S, Yengil shabada. 
3 ball – shamolning tezligi 1,8-33 MG'S Sezilarli shabada 
3 ball – shamolning tezligi 3,4-5, mg's Kuchsiz shamol 
4 ball – shamolning tezligi 5,3-7,4 mg's Urtacha shamol 
5 ball – shamolning tezligi 7,5-9,8 mg's Sof shamol 
6 ball – hamolning tezligi 9,9-12,4 mg's Kattik shamol. 
7 ball – shamolning tezligi 12,5-15, mg's Kuchli shamol 
5.
8 ball – shamolning tezligi 15,3-18, MG'S Juda kuchli shamol
9 ball – shamolning tezligi 18,3-21,1 mg's Shtrom 
10 ball- shamolning tezligi 21,6-25,1 mg's Kuchli shtrom 
11 ball – shamolningtezligi 25, -28,9 mg's Juda kuchli shtrom shamol. 
12 ball – shamolning tezligi 29 mg's va undan ortik. Dovul. 
Shamol xosil bulishning asosiy sababi Yer yuzasining bir tekislikda 
isitmasligidir Chunki, uning yuzasi suvlik va kuruklikdan iborat. Kuruklikda esa 
usimlik koplamining xarakteri xar xilligi va x.k. bilan belgilanadi. 


38 
Kunduzi kuruklik yuzasi dengiziga nisbatan kuprok isiydi, huning uchun 
uning ustidagi xavoning kuyi kavati dengiz ustidagi xavoga nisbatan kuprok 
kengayadi natijada tepada xavo bosimi vujudga kelib ilik joyga karab xavo okimi 
xarakaktga keladi. 
Yer yuzasidagi shamollar 3 ta kattaguruxga bulinadi. 
Maxalliy shamollar – ularning yuzaga kelishi maxalliy sharoitlar bilan boglik. 
Briss, Musson, tog vodiy, fyon, bora, garemsel shamollari maxalliy shamollardir. 
BRIZ SHAMOLI. Tropik va urtacha kengliklarda suv xavzalari atrofida 
odatda ertalab soat 9-10 dan boshlab suv xavzalaridan kuruklikka tomon shamol 
esa boshlaydi. Bu kunduzi briz shamolidir. Kun botishi bilan kechkurun boshlab 
atrofdagi kuruklikdan suv xavzasi tomon shamol esadi. Bu tungi briz shamolidir. 
MUSSON SHAMOLI . Yilning salkin davrida kuriklikning sovushi tufayli 
materik ustida bosim ortib dengiz ustida bosim kamayadi. Natijada kuriklikdan 
dengizga tomon esadigan kishki musson shamollari xosil buladi. Yilning issik 
davrida esa teskari xolatga kuzatiladi. Musson shamollari Bris shamollaridan 
mavsumga boglik uzgarishi xamda ta'sir doirasining kattarok maydonni ishxol 
etish bilan fark kiladi.
TOG VODIY SHAMOLLARI. Toglarda ob-xavo bir necha kun 
mobaynida bir xil bulib turgan davrida kundizgi soat 9-10 dan to kuyosh 
botguncha shamollar vodiydan tog yon bagriga karab esadi. Bu shamollar Bris 
shamollariga uxshaydi , birok ularning xosil bulishi bir oz murakkabrok, kunduzi 
vodiyni koplab turgan xavo tog ustidagiga karaganda kuprok issiydi va kengayadi. 
Natijada vodiydan bir kancha balanddagi xavo bosimi togdan xuddi shuncha 
yukorilikdagi xavo bosimdan ortikrok bulib koladi, shunda vodiydagi xavo tog 
teppasiga karab esadi. Unda aksincha buladi. 
FYON SHAMOLI . Uning vujudga kelishi togning ikki yon bagrida xavo 
bosimining bir biridan Fark kilishidir. Togning bir yon bargida bosim yukori , 
ikkinchi bosim past bulgan sharoitda yukori bosimli yon bagrida past bosimli yon 
bagriga tomon xavo okimi togni oshib tusha boshlaydi. Togdan pastga tomon 
xarakat kilayotgan shamol xar yuz m pasayganda xarorat 1 gradusga ortadi. Shu 
sababli kondensasiya bulmaydi. M: 1000 metr balandlikdagi togdan okib 
tushayotgan xavoning xarorati 10 % teng buladi.
BORA SHAMOLI. Salkin xavo massalarining yulida tog uchrab kolsa bu 
toglar xavo okimini tusib koladi. Kattik sovugan xavo tusilib kolib, shu togning bir 
oz pastrok yeridan oshib utar ekan, juda kam issydi va uzi bilan past xaroratni 
keltiradi. Bunday shamollar Novorosiyksda kup uchraydi uni Bora deb atashadi. 
Bora shamoli juda kuchli bulib dastlab utkin-utkin yesib sungra buronga 
aylanadi,shunda katta –katta toshlarni uloktirib tunika tomlarni kuchirib yuboradi. 
Dengizda esa baland toglarni xosil kiladi xamda kemalarning chekkalarida 
palabusida, arkonlarda, suv tomchilari yaxlab kolib kema atta mus parchasiga 
uxshab kotib koladi. Shunday xollar xam bulganki , kemalar yaxlat muzning 
ogirligidan tuntarilib ketgan. Boraga uxshash shamollar boshka yerlarda xam esadi. 
Ularning maxaliy nomlari xam bor. M: Fransiyaning janubida Bora shamoli 
Mistral, Baykalda Sarma va x.k. 


39 
GARMSEL SHAMOLLARI. Rossiya Yevropa kismining janubi va janubi-
sharkida barcha issik va kuruk shamollar garemsel (suxovey) deyiladi. Ular odatda 
xarorati yukori va kuruk bulib, tarkibida chang zarrachalari kupligi bilan 
belgilanadi. Garimsel shamollari esganda xavo bir necha kun guborli buladi. Yer 
yuzining boshka joylarida xam garimsel shamollari esib, turlicha nomlar bilan 
nomlanadi. M: Arabistonda-samum, Misrda- xamsin, Jazoirda-sirroko deb ataladi. 
Yer yuzasi notekis isiganda atmosfera kuyunlari vujudga keladi. Yer 
yuzasining biror kismi tevarak atrofga nisbatan kuprok isib ketsa shu joy ustidagi 
xavo yukoriga kutarilib, tevarak atrofga kutarilib ketadi. Natijada usha yer ustidagi 
xavoning bosimi kamayadi. Bu yerda siyraklashgan xavoni tuldirish uchun 
atrofdan shu joyga karab xavo okib keladi. Bu xodisa shu yerda xavo bosimi 
tenglashguncha davom etadi. 
Siklon va antisiklon deganda yer yuzasining notekis isishi tufayli vujudga 
keladigan past va yukori xududlar xolatini kursatadigan berk izobaralar ichidagi 
xavo okimlarining xavo tulkinli xarakati tushiniladi. Siklonlar yer yuzasining past 
bosimli joylarida vujudga kelib, unda xavo bosimi markazga karab pasayib boradi. 
Shu sababli atrofida markazga tomon esuvchi shamollar vujudga keladi. Birok 
yerning aylanishi ta'sirida ta'sirida markazga esuvchi shamollar shimoliy yarim 
sharga ungga (soat strelkasiga karshi) janubiy yarim sharda chapga (soat strelkasi 
yunalishida) xarakat kiladi. 
Siklonlar kupincha urtacha kengliklarga xos. Birok ba'zan tropik 
kengliklarda xam siklon xosil buladi. Ularning radiusi kichik bulishi va nixoyatda 
kuchli shamollar esishi xamda juda kup yogin keltirishi bilan urtacha mintaka 
siklonlaridan fark kiladi. Tropik siklonlarda shamolning tezligi sekundiga 50 m 
dan 120 m gacha boradi. 
Antisiklonlar markazida bosim yukori bulib atrofga tomon pasayib boradi.. 
Natijada markazdan atrofga tomon esuvchi shamollar xosil buladi. Yerning 
aylanishi ta'sirida shimoliy yarim sharda shamollar soat strelkasi yunalishi
janubiy yarim sharda esa soat strelkasiga teskari yunalishda esadi. 
Antisiklonda xavo okimlari yukoridan pastga tomon xarakat kilib namga 
tuyinmagani tufayli xavo kupincha ochik kuruk buladi. 
Yer yuzasining xamma kismida xarorat bir xil bulmasligi atmosfera 
sirkulyasiyasini vujudga keltiradi. Ekvator atroflarini kuyosh uzok vakt yoritib, 
isitib turganda bosim yil buyi past, xavo xarorati yukori bulib shamolsiz xolat 
kuzatiladi. Isigan xavo yukoriga kutarilib yukoridagi xavo esa kublarga tomon 
xarakat kiladi. Lekin yerning uz uki atrofida aylanishi tufayli yukoriga kutarilgan 
xavo (8 km balandlikkacha) uzining dastlabki yunalishini uzgartirib shimoliy 
yarim sharda sharkka janubiy yarim sharda esa garbga tomon buriladi. Bu xavo 
massalari 30-35 gradus kengliklar ustiga kelganda butunlay sharkka burilib, yer 
bilan birga uning atrofida garbdan sharkka tomon esadigan garbiy xavo okimlarini 
xosil kiladi. 
Yukori bosimli subtrolpik mintakadan past bosimli ekvatorga karab esadigan 
doimiy shamollar passatlar deb yuritiladi. Yerning garbdan sharkka tomon aylanish 
tufayli shimoliy yarim sharda passat shamollari tugri janubga emas balki unga 


40 
burilib, shimoliy sharkdan janubi-garbga tomon esadi. Janubiy yarim sharda esa 
passatlar chapga buriladi va janubi sharkdan shimoli garbga tomon esadi. 
Passat shamollari ekvator atrofida troposferaning urta va kuyi katlamlariga 
kadar tarkaladi. Shu sababli bu balandliklarda garbiy shamollar yuk, lekin 
troposferaning yukori kismida garbiy shamollar esadi. Bu shamollarni ba'zan 
antipassant deb ataydilar, ammo antipassat ginetik jixatdan passat shamollari bilan 
boglik emsa, balki garbiy xavo okimlarining bir kismidir. 
XAVO MASSALARI. Uz xususiyatlari bilan bir birlaridan fark kiladigan 
va uz xususiyatlarini uzok vaktgacha saklaydigan goyat keng xajmli xavoga xavo 
massasi deyiladi. Xavo massalari shartli ravishda bir jinsli bulib, uning bir biridan 
uzokda turgan turli chekkalarida xarorat va namlik deyarli bir xil buladi. Yer 
sharining shimoliy yarim sharida 4 xil xavo massasi: Artika, Kutbiy, Tropik va 
Ekvatorial xavo massalariga ajratiladi. Bu asosiy xavo massalari dengiz yoki 
kuruklik ustida tashkil topganiga karab dengiz va kontinetlar xavo massalariga 
bulinadi. 
Ikki xil xavo massalarining chegarasida obi-xavo keskin uzgaradi.Xar xil 
xaroratiga ega bulgan ikki xavo massasi bir biri bilan tuknash kelganda salkin xavo 
ilik xavo ostiga sukilib kira boshlaydi. Gorizontal yunalishdagi bu chegara 10 – 15 
km ba'zan 50 km gacha buladi. Bu katlamda ilik va salkin xavo bir biriga aralashib 
ketadi. Atmofera frontlari ilik va sovuk bulishi mumkin. Agar ilik xavo massasini 
sikib chikarsa, ilik front xosil buladi yoki aksincha. 
TG'S: Shamolning tezligi, Bofort shkalasi, Maxalliy shamollar, Siklon va 
Antisiklon, Xavo massalari. 

Yüklə 380,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə