Umumiy yer bilimi


 Mavzu: GEOGRAFIK KOBIKNING XARAKATLARI



Yüklə 380,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix17.06.2023
ölçüsü380,23 Kb.
#117571
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Umumiy yer bilimi

19. Mavzu: GEOGRAFIK KOBIKNING XARAKATLARI.
 
 
R E J A
 
 
1. Xarakat manbalari va turlari. 
2. Geografik kobikda Kuyosh issikligi va Yerning ichki issikligi. 
3. Atmosferadagi xarakatlar. 
4. Yer yuzasida issiklikning taksimlanishi bilan boglik jarayonlar. 
Geografik qobiqda ichki va tashqi kuchlar hamda zona va azona omillar 
ta'sirida turli xil xarakatlar sodir bo'lib turadi. Mazkur harakatlar asosida 
moddiy ob'yektlarning o'zaro ta'siri yotadi. 
Geografik qobiqda moddiy ob'yektlarning o'zaro ta'siri 4 turga 
ajratiladi:
1) Kuchsiz va yadroviy o'zaro ta'sir. Mazkur harakatlar moddalarning 
subatom holati darajasida namoyon bo'ladi;
2) Elektromagnit o'zaro ta'sir. Bu ta'sir natijasida jismlarning isishi va 
muzlashi, kapillyarlarda suyuqliklarning harakati, kimyoviy reaksiyalar va 
moddalarning agregat holati o'zgarishi ro'y beradi. 


54 
3) Gravitasion o'zaro ta'sir. Bu ta'sir natijasida suvning qalqishi, 
daryolarda suvning harakati, yog'in yog'ishi sodir bo'ladi, yer yuzasida 
atmosfera hosil bo'lib turiladi.
4) Elektromagnit va gravitasion o'zaro ta'sir birgalikda ro'y berib 
geografik qobiqning tuzilishini belgilab beradi. 
Geografik qobiqda harakatlarning ikkita yirik turi ajratiladi: 
1) Geografik qobiqning kundalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan 
harakatlar. Geografik qobiqning faoliyati natijasida uning o'lchamlarining 
dinamik muvozanati vujudga keladi. Juda ko'p omillarning ta'siriga 
qaramasdan troposferada, okeanda, quruqlikda havo harorati tarkibi, 
suvlarning sho'rligi nisbatan doimiy darajada turadi. 
2) Geografik qobiqdagi aniq harakatlar, ularning sodir bo'lishi. 
Geografik qobiqda erkin energiyaning borligi bilan bog'liq va ular yerning 
har bir qobig'ida o'zigi xos tarzda ro'y beradi.
Yer yuzasiga fazodan quyosh va osmon jismi issiqligi keladi. Shuning 
97% ni kuyosh issiqligi tashkil qiladi. Mazkur issiqlik quyoshning elektr 
magnit nurlarin tarqatishi natijasida vujudga keladi. 
Quyoshdan keladigan elektr magnit nurlar turli xil uzunlikdagi 
to'lqinlardan iborat. 
Ultraqisqa to'lqinli nurlar (<0,1027mKm) atmosferaning 100-200 km 
balandlik qatlamlarigacha kirib keladi va molekulalarni ionlashishiga sabab 
bo'ladi. 
Uzun to'lqinli nurlar 0,1027-0,24 mKm. Atmosferaning 70-80 km 
balandlikdagi qatlamigacha tushib keladi va radiasiyaning hosil bo'lishiga 
sabab bo'ladi.
Ultrabinafsha nurlar 0,25-0,29mKm 15,25km balandlikda ozon qatlami 
tomonida to'la yutiladi. Mazkur nurlar strotosferani qizdiradi. Ular ionosfera 
va ozonosferani hosil qiluvchi asosiy nurlardir. 
Yaqin ultrabinafsha to'lqinlar 0,29-0,40mKm yorug'lik nurlari va 
infraqizil nurlar yer yuzasiga bemalol yetib keladi va geografik qobiqdagi 
fotoximik va termoximik reaksiyalar hamda radioto'lqin nurlanishini keltirib 
chiqaradi. 
Geografik qobiqqa quyoshdan tushayotgan issiqlik miqdori nurlarning 
tushish burchagiga quyoshning sutka davomida yoritish davrining 
uzunligiga va fasllarga bog'liq.

Yüklə 380,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə