Umumiy yer bilimi


–MAVZU: ATMOSFERANING TARKIBI VA TUZILISHI. KUYOSH



Yüklə 380,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/36
tarix17.06.2023
ölçüsü380,23 Kb.
#117571
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Umumiy yer bilimi

10–MAVZU: ATMOSFERANING TARKIBI VA TUZILISHI. KUYOSH 
RADIASIYASI. 
R E J A. 


32 
 
1.Atmosfera xakida tushuncha. 
2.Atmosfera tarkibi. 
3.Atmosferaning tuzilishi. 
4.Kuyosh radiasiyasi. 
5. Yer sharida issiklikning taksimlanishi. 
 
1.Atmosfera xakida umumiy tushuncha.
Planetamizni urab olgan xavo kobigiga atmosfera deyiladi. Atmosfera grekcha 
suz bulib «Yerning suv kobigi», «Xavo katlami» degan ma'noni anglatadi. 
Yerning xavo kobigi esa xar xil gazlarning mexanik arlashmasidan iborat. 
Atmosferaning kalinligi 3000 km ga yetadi. Atosferaning massasi esa xar xil 
gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Atmosfera gidrosfera masasidan 100 
marta, litosfera massasidan 1000 marta kam bulib, 5.15X10 15 tonnaga teng. 
Atmosfera planet amiz uchun ayniksa, uning biosfera uchun, jonli 
organizmning nafas olishi uchun katta axamiyatga ega. Bulardan tashkari, yerning 
xavo kobigi planetamiz yuzasini kunduzi kattik kizib ketishidan, kechasi sovib 
kolishidan saklovchi guyoki bir kurpa vazifasini utaydi. 
Atmosfera shuningdek Yerni kosmodan keladigan kuplab metiorlardan 
saklaydi. Metiorlar atmosferada kizib yonib ketib, yerga yetib kela olmaydi. 
2.ATMOSFERANING TARKIBI. 
 
Atmosfera Yer yuzasi yakinda asosan azot 78,08% va kislorod 20,95% iborat 
bulib unda kamrok mikdorda argon 0,93% karbonat angidrid 0,03% geliy, neon, 
kseon, kripton, vodorod, azon, ammiak yod va boshka gazlar (0,01%) bor. 
Atmosfera tarkibidagi gazlarning % mikdori uni ng kuyi kismida 
uzgarmaydi . Fakat karbonot angidrid gazining mikdori sanoatlashgan katta 
shaxarlarda bir oz kuprok, aksincha, Arktika, Antarktida va okeanlar ustida bir oz 
kamrok buladi. 
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida kislarod juda katta axamiyatga ega u 
organizm nafas olishining zaruriy shartidir. Atmosferada taxminan 10* 15 t 
kislarod bor. U organizmlar xosil kiluvchi oksil, yog, uglerodlar tarkibiga kiradi. 
Organizmlar xayot kechirishi uchun zarur bulgan energiyani oksidlanish xisobiga 
oladi 
Tabiatda usimliklar sarflagan kislarodning urnini tuldirib turadi. 
Atmosferada azot, kislarod aralashmasi rolini uynab, oksidlanish sur'atini va 
binobarin, bioloigk prosesslarni tarkibga solib turadi. Karbonot angidrid gazi 
tabiatda katta axamiyatga ega bulib, usimliklar uchun zarurdir. Shuningdek, u 
yerning issiklik balansini tartibga solib turadi, chunki karbonot angidrid kiska 
tulkinli Kuyosh radiasiyasini utkazibyuborib, yer tarkatadigan uzun tulkinni 
issiklik nurini yutadi. Raketa, sun'iy yuldosh yordamida va kosmonavtlarning olib 
borgan kuzatishlaridan ma'lum buldiki, atmosferaning 100 km gacha baland bulgan 
kismida xam uning tarkibi yukorida kayt kilingan gazlardan iboratdir. Atmosfera 
massasida .0.2 – 4% gacha suv bugi bulib shuning 9G'10 kismi 5 km gacha 


33 
balandlikda bulgan pastki kismi uchraydi. Chunki atmosferadagi suv buglari yer 
yuzasida namlikning buglanishida tuplanadi. 1000-1200 km balandlikda atmosfera 
asosan kislarod va azotdan undan yukorida 2500 km gacha bulgan kismida geliy 
gazidan 2500 km dan yukorida esa eng yengil gaz vodoroddan 
iborat.Atmosfkeroaning kuyi kismi tarkibidagi, bu gazlardan tashkari, xar xil yullar 
bilan vujudga kelgan juda mayda zarrachalar aerazollar tutun, chang, tuzon va 
xakozo, shuningdek tuprok va tog jinslarning yemirilishdan vujudga kelgan 
zarrachalar vulkan kuli, radioaktiv moddalar xam bor. 

Yüklə 380,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə