54
3) Gravitasion o'zaro ta'sir. Bu ta'sir natijasida suvning qalqishi,
daryolarda
suvning harakati, yog'in yog'ishi sodir bo'ladi, yer yuzasida
atmosfera hosil bo'lib turiladi.
4) Elektromagnit va gravitasion o'zaro ta'sir birgalikda ro'y berib
geografik qobiqning tuzilishini belgilab beradi.
Geografik qobiqda harakatlarning ikkita yirik turi ajratiladi:
1) Geografik qobiqning kundalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan
harakatlar. Geografik qobiqning faoliyati natijasida uning o'lchamlarining
dinamik muvozanati vujudga keladi. Juda ko'p omillarning ta'siriga
qaramasdan troposferada, okeanda, quruqlikda havo harorati tarkibi,
suvlarning sho'rligi nisbatan doimiy darajada turadi.
2) Geografik qobiqdagi aniq harakatlar, ularning sodir bo'lishi.
Geografik qobiqda erkin energiyaning borligi bilan bog'liq va ular yerning
har bir qobig'ida o'zigi xos tarzda ro'y beradi.
Yer yuzasiga fazodan quyosh va osmon jismi issiqligi keladi.
Shuning
97% ni kuyosh issiqligi tashkil qiladi. Mazkur issiqlik quyoshning elektr
magnit nurlarin tarqatishi natijasida vujudga keladi.
Quyoshdan keladigan elektr magnit nurlar turli xil uzunlikdagi
to'lqinlardan iborat.
Ultraqisqa to'lqinli nurlar (<0,1027mKm) atmosferaning 100-200 km
balandlik qatlamlarigacha kirib keladi va molekulalarni
ionlashishiga sabab
bo'ladi.
Uzun to'lqinli nurlar 0,1027-0,24 mKm. Atmosferaning 70-80 km
balandlikdagi qatlamigacha tushib keladi va radiasiyaning hosil bo'lishiga
sabab bo'ladi.
Ultrabinafsha nurlar 0,25-0,29mKm 15,25km balandlikda ozon qatlami
tomonida to'la yutiladi. Mazkur nurlar strotosferani qizdiradi.
Ular ionosfera
va ozonosferani hosil qiluvchi asosiy nurlardir.
Yaqin ultrabinafsha to'lqinlar 0,29-0,40mKm yorug'lik nurlari va
infraqizil nurlar yer yuzasiga bemalol yetib keladi
va geografik qobiqdagi
fotoximik va termoximik reaksiyalar hamda radioto'lqin nurlanishini
keltirib
chiqaradi.
Geografik qobiqqa quyoshdan tushayotgan issiqlik miqdori nurlarning
tushish burchagiga quyoshning sutka davomida yoritish davrining
uzunligiga va fasllarga bog'liq.
Dostları ilə paylaş: