Umumiy yer bilimi


 Mavzu: GEOGRAFIK KOBIKDAGI DAVRIY HARAKATLAR



Yüklə 380,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/36
tarix17.06.2023
ölçüsü380,23 Kb.
#117571
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Umumiy yer bilimi

22. Mavzu: GEOGRAFIK KOBIKDAGI DAVRIY HARAKATLAR.
 
 
R E J A
 
 
1. Xarakat turlari. 
A) Davriy; 
B) Majburiy; 
V) Mustakil. 
2. Tabiiy geografik xodisalarning davriyligi. 
Litosferaning turli qismlarida moddalarning doimiy harakatlar sodir 
bo'lib turadi. Mazkur harakatlar 2 yo'nalishda ro'y beradi: 
Ko'ndalang yo'nalishda yer yuzasida, ya'ni litosferaning ustida sodir 
bo'ladi; 
Bo'ylama yo'nalishda esa moddalarning harakati litosferaning ustki va 
yuqorigi qismlari orasida ro'y beradi.
Moddalarning yer yuzasidagi harakati daryolar, muzlar orqali ro'y 
beradi. Masalan, daryolar har yili juda katta miqdordagi moddalarni loyqa 
sifatida bir joydan ikkinchi joyga olib ketadi. quruqlik yuzasida har yili 14 
mlrd. t loyqa, 1,5-2 mlrd. t erigan oqiziqlar yotqaziladi. 
Tog'larda odatda denudasiya juda tez sodir bo'ladi. Amudaryo, Xuanxe 
va Nil daryolari loyqa miqdorining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Yer yuzasining yemirilishi muzlar ta'sirida ham ro'y beradi. Ularning 
ahamiyati ayniqsa muz bosish davrida katta bo'lgan. Harakatdagi muzlik 
yumshoq jismlarni surib qattiqlarini yemiradi. Tog' jinslarini parchalarini 10, 
100 hatto minglab km ga olib ketadi. Antarktidada muzlar tog' jinslarini 
materik chekkasiga tomon surib boradi so'ngra aysberglar okean tomonga 
olib ketadi. 


58 
Hozirgi vaqtda quruqlikning 10% qismi muzlik yotqiziqlari bilan 
qoplangan. Ular asosan morena va suv-muz yotqiziqlaridan iborat. 
Litosferadi moddalar yer yuzasi bilan mantiya o'rtasida o'zaro bog'liq 
almashinuvlar ta'sirida ham harakat qiladi. Bular vulqonlar va zilzilalar orqali 
namoyon bo'ladi. Vulqonlar yer yuzasi tabiatini shakllanishida muhim o'rin 
tutadi. Hozir yer yuzasida 800 dan ortiq so'nmagan vulqonlar bor. Ular har 
yili 3-6 mlrd. t turli moddalar chiqarib tashlaydi. 
Bir yilda yer yuzasida 100 ming martalab zilzila sodir bo'ladi. Oxirgi 30-
40 yil davomida zilzila tufayli 15 mln. ga yaqin odam halok bo'lgan. 
Yer po'stida tebranma harakatlar ham sodir bo'lib, ular ta'sirida yer 
yuzasining bir qismi asta-sekin cho'ksa, ikkinchi qismi ko'tariladi, ya'ni 
vertikal harakatlar sodir bo'ladi.

Yüklə 380,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə