Umumiy yer bilimi


Okean oqimlarining harakati



Yüklə 380,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix17.06.2023
ölçüsü380,23 Kb.
#117571
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Umumiy yer bilimi

Okean oqimlarining harakati.
 
Okeanlarda suv domo harakatda bo'ladi va bu harakat vertikal va 
gorizontal yo'nalishda sodir bo'ladi. Natijada okean tubi va yuzasidagi 
suvlar o'zaro almashinadi. Okean suvlarning gorizontal harakati natijasida 
juda katta masofalarga issiqlik va moddalar olib boradi. 
Okean suvlari harakatining asosiy omillari ikkiga bo'linadi: 
1) Mexanik omillar. Unga shamol, havo bosimining notekis 
taqsimlanishi va boshqalar kiriadi. 
Shamollar ta'sirida okeanga dreyf oqimlari hosil bo'ladi. 
Okeanning bir qismida bosim yuqori bo'lsa okean sathi pasayada, 
atmosfera bosimi past joylarda esa okean sathi ko'tariladi. Natijada oqim 
vujudga keladi. 
2) Termoxalin omillar. Unga issiqlikning kelishi va ketishi. 
ё
g'inlar, 
bug'lanish, materik suvlarining kelishi va boshqalar kiradi. Natijada quyilma, 
xaydalma, zichlik va kompensasion omillar vujudga keladi. 
Atmosferada suvning harakati.
 
 
Atmosfera hamma suv havzalarini yaxlit suv aylanish tizimiga 
birlashtirib turadi. Atmosferani harakatlanganligi tufayli suv almashinishi tez 
sodir bo'ladi. Bir yilda atmosferadagi suv 45 marta to'la almashinadi, ya'ni 
har 8 kunda atmosferadagi suv yangilanib turadi. Atmosferaga suv asosan 
bug'lanish tufayli o'tadi. Har yili yer yuzasiga 5771012m3 
ё
g'in tushsa 
shuncha miqdordagi suv bug'lanadi. Uning asosiy qismi okeanlar ustidan 
ko'tariladi. 
21. Mavzu: BIOLOGIK VA BIOKIMYOVIY AYLANMA HARAKATLAR.
 
 
R E J A
 
 
1. Modda va issiklikning aylanma xarakatida organizmlarning urni. 
2. Ozuka zanjiri.
3. Biokimyoviy xarakatlar.
Organik moddalarning vujudga kelishi va uning parchalanishi 
jarayonida biosferadagi mineral moddalar, suv, har xil gazlar va energiya 
harakatga keladi. Tirik organizmlarning harakati tufayli atmosferadagi 
karbonat-angidridning asosiy qismi organik birikmalar tarkibiga jalb etiladi. 
Shu jarayon ta'sirida yer yuzasida juda katta miqdorda kimyoviy energiya 
to'planadi, atmosferada erkin kislorod miqdori ko'payib ozon ekrani 


57 
vujudga keladi, xosildorlik xususiyatiga ega bo'lgan tuproq hosil bo'ladi, 
hamda yer po'stining yuqori qismida organizmlar qoldig'iga boy cho'kindi 
tog' jinslari to'planadi. Bir biriga qarama-qarshi bo'lgan organik moddaning 
vujudga kelishi va parchalanish jarayoni moddalarni aylanma biologik o'rin 
almashinuvini vujudga keltiradi. Agar bu o'rin almashinuviga kimyoviy 
elementlarni (uglerod, azot, kislorod va ho.) migrasiyasi sifatida qaralsa 
bunday o'rin almashinuvini biokimyoviy o'rin almashinuv desa bo'ladi. 
Biologik o'rin almashinuv fotosintez jarenii bilan bog'liq. 
Geografik qobiqda modda va energiyaning biologik o'rin 
almashinuvidan tashqarii geologik o'rin almashinuvi ham bor. 

Yüklə 380,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə