Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
islomda-axloqiy-qadriyatlar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-385-393 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 386 E-mail: carjisor@carjis.org 
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA 
VIII-XII 
asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va 
tafakkur rivojlangan bir davr bo„ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda 
dunyoviy ilmlar ham o„z rivojiga ega bo„ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli 
dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida 
Shakllanib, rivojlanishi aynan Shu davrlarga to„g„ri keladi. Albatta, bunga turli 
mintaqalardagi jarayonlar o„z ta‟sirini ko„rsatdi. Xususan, Movarounnahrning islom 
madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa 
sohalariga ko„rsatgan ta‟siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida 
Movarounnahrning tutgan o„rni beqiyosdir. Umuman olganda islom huquqShunosligi 
(fiqh) o„ziga xos rivojlanish tarixiga ega.iqh - g„arbda Islamic Law, Muslim Law, 
Muhammadan Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar 
bilan Yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o„laroq, fiqh o„z 
ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat 
masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud 
huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan muShtarak holda ma‟lum 
tartibga solingan huquqiy tizimdir.Lug„atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, 
tuShunmoq» kabi ma‟nolarni beradi.Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb 
Yuritiladi.
Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o„rganilmagan bo„lib, 
mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo„yib kelmoqda.Fiqh - odatda «furu‟ 
al-fiqh» (so„zma-so„z: «fiqh tarmoqlari») Shariatni konkret sohalarga tadbiq 
qilishdan va «usul al-fiqh» (so„zma-so„z: «fiqh asoslari») Shariat xukm oladigan 
manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo„ladi. Tarixiy tadrijga ko„ra «al-fiqh» - usul al-
fiqhdan avval paydo bo„lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar 
tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan. 
Insonning chin ma‟nodagi insonligi- uning imoni, diyonati, mehr-oqibati, 
pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o‟lchanadi. Bu umumiy tarzda 
insoniylik tushunchasi bilan ifodalanadi. Insoniylik esa faqat imonli insonlardagina 
bo‟ladi.Bu o‟rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo‟lgan masalalar 
ustida baholi qudrat fikr yuritamiz.Har birimiz imon tushunchasining mohiyatini 
to‟g‟ri anglab, tushunib olsak, imonni izohlovchisi bo‟lgan diyonat, vijdonlilik, insof, 
mehr-oqibat, sahovat, adolatlilik, poklik va halollik, kamtarlik va boshqa ma‟naviylik 
fazilatlarining ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat imonli kishilargina poklik va 
halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat, sahovat, muruvvat yo‟lida bo‟ladilar. Shuning 
uchun imon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni 
maqsadga muvofiq deb bildik. Imon arabcha so‟z bo‟lib, lug‟aviy ma‟nosi ishonch 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə