Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
islomda-axloqiy-qadriyatlar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-385-393 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 387 E-mail: carjisor@carjis.org 
demakdir. U inson ruhiy olamining botiniy tomonini tashkil etadi.Imon shaxsning o‟z 
e‟tiqodiga tayangan holda boshqalarning niyati, qilmish-qidirmishiga, o‟zining 
ishlariga, hatolariga munosabat bildirishdir. Imon hayotda to‟g‟ri yo‟l topishning 
mezoni hisoblanadi. Imonli kishilar Allohdan qo‟rqish, bandadan uyalish nima 
ekanligini chuqur idrok etganlar. Allohni bir, Payg‟ambarimizni (sallallohu alayhi 
vasallam) uning elchisi deb bilish-imonning bosh belgisi hisoblanadi. Imonli bo‟lgan 
kishilar butun hayotlarida, ishlarida, faoliyatlarida, uyda, ko‟chada birovga, o‟z 
oilasiga munosabatlarida hamisha to‟g‟ri va halol yo‟l tutishga intiladilar. Muomala 
va munosabatlarida g‟araz bo‟lmaydi., ta‟madan va xaromdan hazar qiladilar. Har 
ishlarida faqat bu dunyoni emas, oxiratni ham o‟ylab ish tutadilar. Barcha amallari va 
hatti-harakatlarini shunga bo‟ysundirishga harakat qiladilar.
Ma‟naviy-ahloqiy fazilat sifatida esa imon faqat odamzotgagina xos ruhiy 
hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda imonning 
o‟rni-tagi ham yo‟q. Binobarin, odamzod jamiki boshqa jonzotlardan biron bir 
narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya‟ni imon keltirishi bilan ajralib turadi. 
Iymon kishi ma‟naviyatining, ahloqining o‟q ildizi, poydevori, negizidir. Imondan 
mahrum kimsaning aqli nechog‟li o‟tkir, irodasi naqadar cho‟ng bo‟lmasin va shular 
tufayli o‟zligidan qanchalik mag‟rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech 
qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, imonsiz odam na Allohdan qo‟rqadi va 
na bandalaridan uyaladi. U o‟z nafsining itoatkor quli bo‟lib, har qanday razolat va 
pastkashliklardan qaytmaydi. Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun 
imon yo‟lini tutishimiz lozim.Imonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib 
chiqishi, odamning olamdagi o‟rni qanday, inson umrining ma‟nosi nimada, zoti 
bashar nimaga da‟vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari 
muammolar tashkil etib keladi.Qur‟oni karimda imonli odamlarning belgilari 
quyidagicha tavsiflanadi. Ular mo‟min, royish, yuvosh, itoatkor, quruq so‟zlik 
(mahmadonalik)dan qochuvchi, poklikka intiluvchi, shartnomalariga rioya etuvchi, 
itoatga amal qiluvchilardir. 
Hadislarda Vatanni sevish, hayoli bo‟lish, kamsuxanlik ham imonlilikning 
ko‟rinishi sifatida tasvirlangan. Vatanni sevish milliy, ijtimoiy-siyosiy hodisadir. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə