Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
islomda-axloqiy-qadriyatlar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-385-393 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 390 E-mail: carjisor@carjis.org 
Hayo – bu o‟zbekcha uyat demakdir. Hayosiz, behayo deyilganida, uyatsiz ish 
qilganda hijolat chekmaydigan, odob-ahloqsiz kishi tushuniladi. Hayo erkak kishiga 
nisbatan ayollarda tabiatan ko‟proq bo‟ladi. Erkak kishi bemalol aytadigan ba‟zi 
so‟zlarni, hatti-harakatlarni ayollar turli andisha va uyalish tufayli ayta olmaydilar, 
hayo ularga yo‟l bermaydi. Hayoli bo‟lish, bu faqat uyatli so‟zni aytmaslikda emas. U 
bundan ham ko‟ra kengroq ma‟no va mazmunga ega. Sharm-hayoli bo‟lish insonni 
hayvon singari tubanlashib ketishdan saqlaydi. O‟z nojo‟ya hatti-harakatidan uyalish 
hissi faqat odamlargagina xos xususiyat. Farzandlarimizni sharm-hayoli qilib 
tarbiyalash oiladan boshlanadi. U milliy tarbiyamizning muhim jihatini tashkil 
etadi.Imonli bo‟lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish odamning 
o‟ziga nomunosib yoki ep ko‟rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va 
nomus qilish tuyg‟usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni ham bildiradi.Oriyat - 
or-nomusdan tashqari izzat va nafs, qadr tuyg‟usidir. Odatda oriyatli odamlar o‟zlari 
va oilalarining, tug‟ishganlarining izzat-nafsi, qadr-qimmatini, hurmatini yuksak 
tutib, boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmatsizlanishiga 
loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.Nomus – bu iffat, bokiralik ma‟nolaridan 
tashqari kishining o‟z mavqeini saqlash, ulug‟lash va ardoqlash, hijolat tortish 
tuyg‟usini, oila va ajdodlar sha‟niga dog‟ tushirmaslik ma‟nosini ifodalaydi. 
Ko‟pincha, biror kishini, uning oila a‟zolarini, ajdodlarini nohaq haqoratlasalaru, u 
kishi bunga beparvo, loqaydlarcha tursa, undaylarga qarata senda or-nomus, oriyat 
bormi o‟zi, deb hitob qilinadi.Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-
nomusli, oriyatli bo‟lib kelgan, shuning uchun ular o‟z yurtini, uning tuprog‟ini, 
onalari va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o‟zlari uchun or 
deb bilganlar. Ko‟rinadiki, or-nomus, oriyat mohiyatida vatanparvarlik, xalqparvarlik 
tuyg‟ulari yashiringandir.Bunday ezgu maqsadlarga esa inson faqat yuksak 
ma‟naviyat, uzluksiz ma‟naviy tarbiya orqaligina erishishi mumkin. Vijdon – 
insonning o‟z faoliyatini, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ichki ruhiy tahlil 
eta olish imkoniyatidir. Imon – inson qalbidagi vijdon tarozisidir. Vijdon asosida har 
bir kishi o‟z qilmishlarigagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi 
voqea-hodisalarga, ijtimoiy vaziyatga baho beradi.Diyonat va vijdon bir-biriga yaqin 
tushuncha. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe‟l-atvori uchun 
avvalo o‟zi oldida, qolaversa, oila, jamiyat va vatan oldida ma‟naviy mas‟uliyat his 
etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g‟azabga keladi, ularga 
qarshilik bildiradi; o‟z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib xursand bo‟lsa, 
yomon tomonlaridan norozi bo‟lib, ruhan eziladi, vijdon azobiga uchraydi. O‟zini 
bilgan odamga vijdon azobidan og‟irroq jazo yo‟q. Shuning uchun xalqimizda vijdon 
azobi go‟r azobi degan maqol ishlatib kelinadi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə