Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti


Fatsial tahlil va paleogeografik sharoitni tiklash



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/207
tarix06.02.2022
ölçüsü3,12 Mb.
#83521
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   207
Staratigrafiya asoslari. Kushakova A. Abduvaxobov a. (1)

Fatsial tahlil va paleogeografik sharoitni tiklash
Tadqiq  etilayotgan  stratigrafik  birlikning  biror  qismi  uning 
yondosh  qo ‘shni qismlaridan  farqlab turuvchi o ‘ziga xos  litologik va 
paleontologik  belgilariga  ega  bo ‘lsa,  bunday  qatlam  fatsiya  deb 
ataladi.
Fatsial  tahlil  o ‘rganilayotgan  hudud  geologik  o ‘tmishining 
geografik  sharoitlarini  tiklash  usuli  sifatida  aktualizm  tamoyilining 
zamonaviy  rivojlangan  turi  b o ig a n   qiyosiy-tarixiy  usuliga tayanadi. 
Kesmada  aks  etgan  tog‘  jinslari  turlari  bo ‘yicha  paleogeografik 
sharoitning 
tiklanishini 
ta ’min 
etuvchi 
litologik 
tahlil 
va 
organizmlarning  tosh  qotgan  formalari  bo‘yicha  paleogeografik 
sharoitning  barcha jihatlarini  yoritib beruvchi  bionomik tahlil  fatsial 
tahlilning ikki tarkibiy qismidir.
Yer po ‘stida kuzatiluvchi cho‘kindi  hosilalaming asosiy  massasi 
dengiz va okeanlarda, oz qismi esa quruklikda hosil bo ‘ladi.
Dunyo  okeanida butun  suv  qatlamidan tarkib  topgan  pelagial  va 
suv  havzasi  tubidan  iborat  bental  deb  ataluvchi  yirik  oblastlar 
ajratiladi. 
Okean 
tubi, 
y a’ni 
bental 
oblast 
geomorfologik 
xususiyatlari  bilan  materik  sayozligi  (shelf),  materik  yonbag‘ri  va 
bevosita  okean  tubi  kabi  zonalarga  ajraladi.  Shelf va  materik  yon 
bag‘ri  kontinentning dunyo  okeani  suvi  ostidagi  chetki  qismini  hosil 
qiladi va m ateriklam ing  asosiy strukturalari  kontinentlar  ichidan Yer 
po‘sti  odatda  granit-metamorfik  xarakterga  ega  bo ‘lgan  bu 
yerlargacha  cho‘zilib  davom  etib  kelishi  mumkin.  Okeanlar  tubi 
hududida  o ‘ziga  xos  strukturalar  rivojlangan  bo ‘lib,  okean  osti 
tipidagi  Y er  p o ‘sti 
shakllangandir. 
Shelf  chuqurligi  dengiz 
qirg‘o g ‘idagi  nolinchi  chegaradan  200  m  gacha,  ayrim joylardagina
14


500  m  ga  yetadi,  uning  qiyaligi  esa  Г С   dan  oshmasligi  mumkin. 
Materik  yon  bag‘ri  okean  chuqurligining  3-4  km  gacha davom  etadi 
va  5”C  li  qiyalikka ega.  Okean  tubi  3-4  km  chuqurlikdagi  tekisliklar 
va platolardan,  suv osti  tog‘ jinslari  va ayrim joylarda,  teran  suv  osti 
jelob(nov)laridan  iborat.  Teranlikdagi  suv  osti  jelob(nov)lari 
chuqurligi  6-11  km  atrofida bo ‘ladi.
Okean  tubi  (bental)  oblasti  o ‘ziga  xos  dengiz jonivorlari  turlari 
bilan  belgilanuvchi  bir  necha  vertikal  faunistik  zonalarga  ajratiladi 
va  ushbu  zonalar,  ayni  paytda,  dengizning  bionomik  zonalari  deb 
ham  ataladi.  Biroq  okeanlardagi  suv  qatlamini  bunday  vertikal 
zonalarga  ajratishning  umumqabul  qilingan  qat’iy  sxemasi  ishlab 
chiqilmagan.  Okean  suvi  yuzasidan  uning  tubiga  tomon  litoral, 
sublitoral,  epibatial,  batial  va  abissal  zonalarini  shartli  ravishda 
ajratish mumkin.
Dengiz  suv  sathining  maksimal  pasayishi  mumkin  bo‘lgan  eng 
quyi  chizig‘i  okean  chegarasi  deb  ataladi.  Litoralning  nolinchi 
chuqurlik  chizig‘idan  yuqorida joylashgan  qismi  rasman  quruqlikka 
mansub bo‘lsa ham,  amalda dengiz zonasi  hisoblanadi, chunki ushbu 
zonada  ham  okeanning  quruqlikka  ta ’sirining  kuchli  namoyon 
b o‘lishi kuzatiladi.
Dengiz  yotqiziqlarining  asosiy  massasi  eng  avvalo  shelfda  va 
materik  yon  bag‘ri  etaklarida  shakllanadi,  anchagina  kam  miqdorda 
esa materik yon bag‘irlarida (hali zichlashmagan  cho‘kmalar materik 
yon  bag‘irlaridan  uning etaklari tomon  faol  siljishi tufayli) va abissal 
tekisliklar hududlarida to ‘planadi.
Shelf  oblastida  asosan  ko ‘proq  qum  to ‘planadi,  il  cho‘kmalari 
dengiz  to ‘lqinlari  kamroq  ta ’sir  qiluvchi  joylarda  va  botiqliklarda 
shakllanadi,  yirik  bo‘lakli  cho‘kmalar  esa,  aksincha,  dengizning 
kuchli  oqimlari  va  to‘lqinlari  amal  qiladigan  uchastkalarda 
yotqiziladi.  C ho‘kma  to‘planishi  jarayoniga  tadqiq  etilayotgan 
rayonning  paleo  iqlimi  ham  o ‘ziga  xos  tarzda  ta’sirini  o ‘tkazadi. 
Xususan,  il  cho‘kmasi  nam  tropik  rayonlarda  hosil  bo'ladi;  qumlar 
barcha 
hududlarda 
rivojlana 
olsa 
ham 
ularning 
maksimal 
miqdorlardagi  yotqiziqlari  o ‘rtacha  iqlimli  zonalarda  kuzatiladi; 
shag‘allar  va  g ‘o ‘lak  toshlar  ko‘proq  past  haroratli  rayonlarda  hosil 
bo‘ladi;  rifli  ohaktoshlar  asosan  tropik  zonalarda,  chig‘anoqli 
hosilalar esa arid oblastlarda shakllanadi.
15


Materiklar  yon  bag‘irlari  etaklarida  asosan  dengiz  yotqiziqlari 
va  xususan,  terrigen  hosilalaming  asosiy  massasi  rivojlanadi. 
C ho‘kmalar qalinligi  8-10 km  gacha bo ‘ladi.  Bulardan  tashqari  teran 
chuqurliklardagi  jeloblarda 
ham 
nisbatan 
k o ‘p 
miqdorlarda 
cho‘kmalar  to ‘planib  qoladi  va  ularning  qalinliklari  3  km  gacha 
yetishi mumkin.
Kontinentlarda  cho‘kmalar  to ‘planishi  cheklangan  miqyoslarda 
ro ‘y  beradi.  Kontinental  yotqiziqlar  genezisiga  (hosil  bo ‘lish 
sharoitlari)  ko ‘ra  turlichadir,  ularning  tashqi  ko ‘rinishi  cho‘kma 
to ‘planishi yuz berayotgan  paytdagi  iqlim  sharoitlariga ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir.  Arid  va  gumid  (ko‘proq  qirg‘oq  bo‘yi)  oblastlari  past 
tekisliklari,  to g‘lar  etaklari,  tog‘lararo  kotlovinalar  (botiqliklar)  va 
materiklardagi  muzliklar  oblastlari  kontinental  yotqiziqlar  tarqalgan 
asosiy hududlardir.
Bundan  tashqari,  yana  shunday  hududlar  ham  mavjudki,  u 
yerlarda  kontinental  cho‘kindilardan  dengiz  yotqiziqlariga  o ‘tishi 
yuz  beradi.  Bunday  hududlarga  daryolar  deltalari,  ko‘rfazlar  va 
limanlar mansubdir.  Ushbu  zonalarda ham  cho‘km a to'planishi  ko‘p 
hollarda iqlim  sharoitlariga bog‘liq.

Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə