Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/207
tarix06.02.2022
ölçüsü3,12 Mb.
#83521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207
Staratigrafiya asoslari. Kushakova A. Abduvaxobov a. (1)

Mutloq geoxronologiya
Geologiyada  mutloq  (astronomik)  vaqtning  rubrikatsiyasi  to g‘ 
jinslari  yoshini  vaqtning  astronomik  birliklarida  -  davomiyligi  vaqt 
masshtabida  o ‘zgarmas  mutloq  deb  qabul  qilingan  yillarda 
hisoblashga  asoslangan.  Tog‘  jinslarining  mutloq  yoshini  aniqlash 
imkoniyati  bir  qator  kimyoviy  elementlaming  beqaror  izotoplari 
radioaktiv  parchalanish jarayonini  kashf qilinishidan  so‘ng  vujudga


keldi.  T og‘  jinslarining  mutloq  yoshini  aniqlash  radiometrik  usuli 
asosida  beqaror  izotoplarning  radioaktiv  parchalanish  fizik  hodisasi 
yotadi.  Mass  -  spektrometriya  usulini  mukammallashtirish  tog‘ 
jinslarining  mutloq  yoshini  yoppasiga  aniqlash  imkoniyatini  berdi. 
Hozirgi  vaqtda  bu  usul  magmatik jinslarning  yoshini  aniqlashda  va 
arxey  va  proterozoy  formasiyalarining  yoshini  aniqlashda  yagona 
usul 
hisoblanadi. 
Radiologik 
usullar 
asosida 
geoxronologik 
shkalaning  asosiy  tabaqalari  -   eon,  era,  davr,  epoxa  va  xatto 
asrlarning boshlanishi va yakuni yoshi va davomiyligi aniqlanadi.
Paleomagnit  usuli  tog‘  jinslarining  hosil  bo‘lish  vaqtida 
magnitlanish  (paleoqutblanish)  xususiyatlarini  saqlab  qolishga 
asoslangan.  Janubiy va shimoliy qutblarning hamda magnit maydoni 
kuchlanishi 
ishorasining 
davriy 
almashinib 
turishi 
(magnit 
inversiyasi)  tog‘  jinslarida  to ‘g ‘ri  va  teskari  magnitlanish  holida 
saqlanib  qolishi  cho‘kindi  jinslar  yotqiziqlarini  planetar  miqyosda 
taqqoslash  imkoniyatini yaratadi.  Ochilm alar va burg‘i quduqlaridan 
olingan tog‘ jinslarining magnit xossalarini  o ‘rganish  asosida magnit 
anomaliyalarming  yoshini  aniqlash  va  graduirovkalash  amalga 
oshiriladi.  Bu  esa  kaynozoy  va  mezozoy  uchun  tafsiliy,  paleozoy 
uchun  tarkibiy  magnitostratigrafik  shkala  yaratish  imkonini  beradi. 
Magnitostratigrafik  shkalaning  asosiy  gradatsiyalari  (tabaqalari) 
bo‘lib qutbiylikning  intervali, xronasi va superxronasi hisoblanadi.

Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə