Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   215
13-6-PB

Adabiyotlar tahlili. 
Ilmiy adabiyotlarda “korporativ boshqaruv” 
tushunchasi boʻyicha koʻplab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Misol uchun 
R.I.Yaushevning ilmiy izlanishlari integratsion korporativ tuzilmalar va 
taʼsischilar kapitalida davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish 
muammolariga bagʻishlangan 
(Yaushev, 2014).
M.B.Xamidulin fond 
bozorini rivojlanishi, aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv Kengashining 
roli va ahamiyati masalalari ustida fikr yuritgan 
(Xamidulin, 2007).
Korporativ munosabatlar tizimi korporativ va xususiy mulkni 
boshqarishni qoʻllash jar
ayoni sifatida amerikalik huquqshunos olim 
A.Berli va iqtisodchi G.Minzning klassik ishlarida oʻrga
nilgan 
(Berle va 
Means, 1937). 
Rus olimlaridan Ye.P. Gubin “korporativ boshqaruv” tushunchasini 
“Korporativ boshqaruv korporativ manfaatlarning doimiy, uzluk
siz 
taʼminlanishi boʻlib, korporativ nazorat munosabatlarida namoyon 
boʻladi”
 (Gubin, 1999)
deb tariflaydi. 
I.S. Shitkina esa “Korporativ boshqaruv —
bu korporatsiyalar 
faoliyati boshqariladigan va boshqariladigan jarayonga taʼsir majmui”
 
(Shitkina, 2011)
deb tariflaydi
Mamlakatimiz olimlaridan T.K.Madiyorov “korporativ boshqaruv 
ishlab chiqarishni rivojlantirish faoliyati, mavjud moddiy, moliyaviy va 
mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni kapital mablagʻlarning 
yangi texnika va texnologiyalarni koʻplab jalb etilishi bilan uygʻunlikda 
olib boriladi”, deb talqin qilgan boʻlsa 
(Madiyorov, 1993)
Sh.N.Z
aynutdinov va D.N.Raximovalar “korporativ boshqaruv –
manfaatdor shaxslarning daromad olish maqsadida birgalikdagi 
harakatlaridir”, degan taʼrifni keltirishg
an 
(Zaynutdinov, 2007). 
“Korporativ boshqaruv” tushunchasi oʻzida kompleks qoida va 
ragʻbatlarni mu
jassam etib, ular yordamida aksiyadorlar korxona 
rahbariyati faoliyatini nazorat qiladi va foydani hamda korporatsiya 
qiymatini oshirish maqsadida menejmentg
a taʼsir koʻrsatadi 
(Мансуров, 2008).
I.V.Belinov korporativ boshqaruvni munosabatlar tizimi sifatida 
quyidagi xususiyatlarini alohida ajratib koʻrsatadi 
(Belinov, 2008)

korporativ munosabatlar qatnashchilari qiziqishlarini, kompaniyani 
samarali faoliyati, uning ijtimoiy maqsadi, umumiy qiziqishlariga 
mosligini taʼminlashdagi masalalarni hal etish boʻy
icha kompaniya 
egalari, uning menejerlari, har xil aksiyadorlik guruhlari, yaxlit 
kompaniya hamda b
oshqa qiziquvchi tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro 
munosabatlar tizimini tashkil etadi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə