~ 30 ~
Boshqa manbalarda esa “korporativ boshqaruv –
bu aksiyadorlik
jamiyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlari, individual guruhi va ijtimoiy
manfaatlar oʻrtasida muvozanatni belgilash jarayonidir.
Boshqacha
aytganda,
bu
kooperatsiyalash
gan
xoʻjalik
birlashmalarining
manfaatlarini uygʻunlashtirish maqsadida ular oʻrtasidagi boshqaruv
munosabatlari tizimini shakllantirishdir”
(13).
Muallif fikricha, qurilish materiallari
sanoati aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ boshqaruv
–
bu manfaatdor jamiyatlarni
samarali boshqarishni tashkil etishdagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
samaradorligini hamda boshqaruv jarayonlarini birlashtiruvchi majmui
deb taʼrif bergan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning
predmeti, deb qurilish
materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv
mexanizmi samaradorligini oshirish bilan bogʻliq
iqtisodiy munosabatlar
olndi va ilmiy mushohada, tahlil va sintez, taqqoslash,
ekspert baholash
usuli, tizimli tahlil, ekonometrik modellashtirish usullaridan yordamidan
foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hozirgi kunda qurilish faoliyati
bilan
shugʻullanayotgan tadbirkorlarni rivojlantirish mamlakatimiz milliy
iqtisodiyotini mustahkamlashning eng ustuvor
yoʻnalishlaridan biri
sifatida qaralmoqda. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, 2020
-yilda
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasida faoliy
at yuritayotgan korxona
va tashkilotlarning umumiy soni 40,9
mingtani tashkil etib, bu
koʻrsatkich oʻtgan yilga n
isbatan 4,7 mingtadan oshgan. Mazkur
koʻrsatkichni 2016
-
yilga
nisbatan taqqoslansa, 19160 taga koʻpaygan.
Qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayo
tgan korxona va tashkilotlar soni
2016-yilni mos davriga nisbatan 185,4 foizga oshgan. Respublika
miqyosida faoliyat yuritayotgan korxonalar
tarkibida qurilish
korxonalarining ulushi 8,6 foizni tashkil etgan.
Tahlil davomida, keyingi yillarda qurilish ishlarining YAIMdagi
ulushi 2010-2020-
yillar oraligʻida ortgan. Baʼzi
yillarda oldingi yilga
nisbatan kamayganligini
koʻrish mumkin 2010
-yilda qurilish sohasining
YAIMdagi ulushi 11,1%, 2011-yilda esa 9,8%ga tushgan. Ushbu
koʻrsatkich 2020
-yilda 15,1%ni yoki q
urilish sohasini oʻsishi esa 9,1%ga
teng boʻlgan. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻtgan yigʻirma
bir yil ichida
quril
ish sohasining YAIMdagi salmogʻi ortgan.
Dostları ilə paylaş: