Urganch davlat universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


O‘zbekistonda valyuta kursi inflyatsiyaga ta’siri



Yüklə 128,83 Kb.
səhifə9/10
tarix29.09.2023
ölçüsü128,83 Kb.
#124800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Valyuta kursi 2023

3.3. O‘zbekistonda valyuta kursi inflyatsiyaga ta’siri



Aralash kurs fiksirlangan va suzuvchi valyuta kurslaridan foydalanish bo‘lib, u 70-80-yillardan boshlab Avstraliyada qo‘llanila boshlangan.
Agar ikki valyuta o‘rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarda aniqlansa, bunday nisbat kross-kurs deb ataladi.
Kross-kursdan foydalanish ancha og‘ir va risklidir. Ammo ularni qo‘llash quyidagi holatda zarur va foydalidir:
– Sizning talabingizdagi valyutaga ega bo‘lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. Masalan, so‘mni Yaponiya iyenasiga almashtirish kerak. Bu yerda uchinchi valyuta AQSH dollari bo‘lsin. Yaponiya iyenasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo‘q, shu holda krosskursdan foydalanish mumkin.
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslari ko‘rinishlaridan foydalaniladi.
Spot-kurs bu – naqd (kassa) bitimlar kursidir. Spot-kurs bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‘rnatilgan baho bo‘yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 bank ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi.
Forvard kurs – muddatli valyuta bitimlari kursidir.
Forvard kurs valyutani kelgusida aniq bir kunga yetkazib berish sharti bilan sotish va xarid qilish bahosini o‘zida ifodalaydi.
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarini bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo‘yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko‘radi, ikkinchi tomon esa zarar ko‘radi. Masalan, siz 2012-yil 1-yanvarda 2010-yili 1-mart kuni 1 AQSH dollari = 1830 so‘m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2012-yil 1-iyun kuni 1 AQSH dollari 1835 so‘mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so‘m miqdorida qo‘shimcha foyda ko‘rdingiz.
Agar 1-mart kuni 1 AQSH dollari = 1828 so‘mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so‘mdan zarar ko‘rasiz.
Muddatli bitimlar bo‘yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dastxat metodi bo‘yicha kotirovka qilinadi va autrayt kurslari deb ataladi.
valyuta operatsiyalari o‘tkazilganda forvard kurslar bilan spotkurslar farq qiladi. Bu farq spot-kurslariga diskont yoki mukofot ko‘rinishida aniqlanadi.
Umuman olganda, diskont yoki mukofot miqdori spot-kursiga nisbatan barqaror, shuning uchun banklararo bozorda muddatli bitimlar kursi kotirovkalanayotganda ko‘pincha mukofot yoki diskont aniqlanadi. To‘g‘ri kotirovkalashda diskont spotkursidan ayirib tashlanadi, mukofot qo‘shiladi va aksincha teskari kotirovkalashda mukofot spot-kursidan ayirib tashlanadi, diskont qo‘shiladi.
Muddatli bitimlar bo‘yicha son ko‘rinishida kotirovkalanadigan valyuta kurslari autrayt deyiladi.
Forvard yoki muddatli bitimlar xalqaro savdoda tijorat operatsiyalarini amalga oshirayotganda valyuta riskidan sug‘urtalanish imkonini beradi. Tijorat operatsiyalarini sug‘urtalashning mohiyati tashqi savdo tijorat banklari bilan birga valyuta kursi harakatidan salbiy natijalar, ya’ni riskni yo‘qotish maqsadida valyutani sotish-sotib olish bitimidan iborat.
Xorijiy valyutadagi muddatli operatsiyalar zaruriyati, shuningdek, turli nosavdo, moliya operatsiyalarini sug‘urtalash bilan ham shartlanadi.
Ustama yoki diskont ekanligini foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdan bilish mumkin. Agar valyuta bitimi bo‘yicha foiz stavkasi baholovchi valyutaning foiz stavkasidan past bo‘lsa, bu valyuta yuqori kurs bo‘yicha kotirovka qilinadi va chiqqan ko‘rsatkich ustama hisoblanadi. Agar valyuta bitimining foiz stavkasi yuqori bo‘lsa, bu ko‘rsatkich diskont bo‘ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning foiz stavkasi bitim valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, olingan natija diskont hisoblanadi, aksincha bo‘lsa, ustama hisoblanadi.
Markaziy bank valyuta kursi narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildi. Valyuta kursining o‘zgarishi inflyatsiyaga bevosita — import qilinadigan tayyor mahsulotlar narxlarining o‘zgarishi hisobiga hamda bilvosita — import qilinadigan xom ashyo narxlarining o‘zgarishi hisobiga ta’sir qilishi mumkin. Almashuv kursining 1 foiz bandga qadrsizlanishi uzoq muddatda inflyatsiyaning 0,28 foiz bandga tezlashishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Markaziy banki birinchi chorakdagi pul-kredit siyosati sharhida valyuta kursining narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qildi.
Valyuta kursi inflyatsiyaga bevosita import qilinadigan yakuniy mahsulotlar narxlarining o‘zgarishi orqali, bilvosita esa ishlab chiqarishda import qilinadigan xom ashyo narxlarining o‘zgarishi orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tahlillarda almashuv kursi keskin o‘zgarishi bilan bazaviy inflyatsiyaning tezlashgani kuzatilgan bo‘lsa, ba’zi davrlarda almashuv kursi o‘zgarishi ma’lum kechikishlar bilan ta’sir qilgan.
Ushbu ta’sir bazaviy inflyatsiya komponentlari bo‘yicha tahlil qilinganida, bunda, eng yuqori ta’sir oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida namoyon bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 0,42 foiz bandni tashkil etdi. Bazaviy nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga almashuv kursi o‘zgarishining uzoq muddatdagi oshiruvchi ta’siri nisbatan kamroq bo‘lib, mos ravishda 0,18 va 0,16 foiz band doirasida shakllandi.
Almashuv kursining bazaviy oziq-ovqat mahsulotlariga ko‘proq oshiruvchi bosimi, birinchi navbatda, ushbu mahsulotlar boshqalarga nisbatan noelastik (narxlari o‘zgargan taqdirda ham talab o‘zgarmaydi) bo‘lib, uy-xo‘jaliklari iste’mol xarajatlari tarkibida yuqori ulushga (o‘rtacha 40−50 foiz) ega ekanligidir. Shuningdek, mahalliy bozorlarda asosiy turdagi iste’mol tovarlarida (o‘simlik yog‘i, bug‘doy uni, shakar, go‘sht mahsulotlari, kartoshka va boshqalar) import ulushi yuqoriligi bois oziq-ovqat mahsulotlari narxlari almashuv kursi o‘zgarishiga bog‘liq holda shakllanmoqda.
Mart oyida so‘m keskin qadrsizlanib, bir yarim hafta ichida (9 martdan 18 martgacha) o‘z qiymatining 6,1 foiziga — 10897,27 so‘mdan 11571,99 so‘mga tushib ketdi. Valyuta kursini barqarorlashtirish va inflyatsion kutilmalarni kamaytirish maqsadida 17 mart kuni Markaziy bank kursni 14 foizdan 17 foizga oshirdi, shundan buyon so‘m 430,19 so‘mga yoki 3,7 foizga qimmatlashdi.
Tashqi vaziyatdagi o‘zgarishlar va ularga mos ravishda ichki bozorlardagi tendensiyalar yillik inflyatsiya darajasi fevral oyidagi 9,7 foizdan mart oyiga kelib 10,5 foizgacha ko‘tarildi va Markaziy bankning prognozi trayektoriyasidan yuqoriroq shakllandi.
Markaziy bank tomonidan o‘rganib boriladigan bazaviy inflyatsiya joriy yil yanvar-fevral oylarigacha pasayuvchi dinamikada shakllangan bo‘lsa, mart oyiga kelib 9,1 foizni tashkil etdi. Bunda, bazaviy inflyatsiyaning umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi hissasi 6,9 foiz bandgacha o‘sdi.
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (2017 yil 23 noyabrda 2536-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari roʻyхatiga rezidentlar tomonidan chet eldagi oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish kiritildi.
Bundan tashqari, quyidagi operatsiyalar Prezidentning, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki хalqaro shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi belgilandi:

  • 10 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori boʻlgan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish - rezidentlarning Oʻzbekiston banklaridagi hisobvaraqlaridan:

– chet eldagi korхonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish),
– chet eldagi oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish uchun chet elga mablagʻlar oʻtkazish;

  • mamlakatimiz rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar va pul, tovarlar koʻrinishidagi qarzlar hamda lizing ob’yektlarini berish;

  • rezidentlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlardan mablagʻlarni chet eldagi hisobvaraqlarga (omonatlarga) joylashtirish hamda koʻchmas mulkni sotib olish uchun oʻtkazish.

 «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, rezidentlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Oʻzbekiston fuqarolari;

  • mamlakatimizda doimiy yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar;

  • Oʻzbekiston hududida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar;

  • davlatimizning immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan хorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatхonalari, shuningdek mamlakatimiz tashkilotlarining chet eldagi, хoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatхonalari.


Xulosa.
Ularning xarid qobiliyatining oʻzgarishi bilan (inflyatsiya darajasi, toʻlov balanslari holati, turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining oʻrnatilishi, jahon valyuta bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshqa siyosiy sabablar taʼsirida) valyuta kursi ham oʻzgarib turadi. Markaziy emissiya banki belgilaydigan rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan tashqari valyuta kursi milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib yuruvchi“, “sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta ittifoqida kurslarning tebranishi + 2,25 % doirasida chegaralangan).[1]
Valyuta savdosi amaliyotida valyuta yuqoriroq kurs boʻyicha sotiladi (sotuvchi kursi), xarid qilishda esa pastroq (xaridor kursi) kursdan foydalaniladi. Valyuta kursi ikki darajasi oʻrtasidagi farqdan bankning valyuta savdosidan oladigan daromadi kelib chiqadi. Valyuta kursini rasmiy koʻtarish (revalvatsiya) mamlakatni kapitalni chetga chiqarishdan manfaatdor qiladi, importni qulaylashtiradi, chunki chet el valyutasini arzonroq xarid qilishga imkoniyat tugʻiladi. Valyuta kursini rasmiy pasaytirish (devalvatsiya) mamlakat savdo va toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Chet el valyutasi kursining birjadagi maxsus idora tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr etilishi valyuta kotirovkasi deyiladi. Bunday byulleten maʼlumotlari matbuotda ham chop etib boriladi. Oʻzbekiston Markaziy banki davriy ravishda har haftada buxgalteriya hisobi va bojxona toʻlovlari uchun pul massasi va inflyatsiya dinamikasini hisobga olgan holda xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan kurslarini matbuotda eʼlon qilib boradi. 1 AQSh dollarining soʻmga nisbatan rasmiy ayirboshlash kursi 2022-yil 18-avgust holatiga koʻra, 10 945 soʻm 32 tiyinni tashkil qildi.

Yüklə 128,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə