Urganch davlat universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Valyuta bozori tushunchasi, uning institutsional tarkibi va o’ziga xos



Yüklə 128,83 Kb.
səhifə2/10
tarix29.09.2023
ölçüsü128,83 Kb.
#124800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Valyuta kursi 2023

2.1.Valyuta bozori tushunchasi, uning institutsional tarkibi va o’ziga xos


xususiyatlari.
Iqtisodiy, siyosiy va madaniy tusdagi xalqaro munosabatlar turli mamlakatlar yuridik shaxslari hamda fuqarolarining pul talabnomalari va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Xalqaro hisob-kitoblarning o’ziga hosligi shundaki, baho va to’lov valyutasi sifatida odatda xorijiy valyutalar ishlatiladi, chunki hozirgi kunda barcha davlatlarda qabul qilinishi majburiy bo’lgan umum tan olingan jahon kredit pullari yo’q. Shu bilan birgalikda qonuniy to’lov vositasi sifatida har bir suveren davlatda uning milliy valyutasi ishlatiladi. Shu sababli tashqi savdo, xizmatlar, kreditlar, investitsiyalar, davlatlar aro to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarning zaruriy sharti bo’lib to’lovchi yoki oluvchi tomonidan bir valyutani boshqa bir valyutaga sotib olish yoxud sotish shaklidagi almashinishi hisoblanadi.
Valyuta bozorlari - bu, talab va taklif asosida shakllanadigan kurs bo’yicha xorijiy valyutalarning milliy valyutaga oldi-sotdisi amalga oshadigan rasmiy markazlaridir.3
Turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslarining pullik qarz majburiyatlarini to’lovi bilan bog’liq xalqaro to’lov aylanmasiga valyuta bozori tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Keng ma'nodagi valyuta bozori - bu, xorijiy valyuta oldi-sotdisini amalga oshirish hamda xorijiy investorlar kapitallari harakati bilan bog’liq operatsiyalarda paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar jarayonidir. Valyuta bozorida valyuta qimmatliklarining investorlari, sotuvchilari va sotib oluvchilari manfaatlarining kelishuvi amalga oshadi. G’arb iqtisodchilari valyuta bozorini tashkiliy-texnik nuqtai nazardan milliy va xorijiy banklar hamda broker firmalarini o’zaro birlashtiruvchi zamonaviy aloqa vositalari tarmoqining yig’indisi sifatida tavsiflaydi.
Zamonaviy valyuta bozori, yalpi jahon xo’jaligi miqyosida amal qiluvchi,
murakkab va muntazam iqtisodiy tizim sifatida maydonga chiqadi.

Valyuta bozori yangi sharoitlarga moslashgan holda tinmay rivojlanib kelgan. U xorijiy valyutadagi veksellar bilan savdoning lokal markazlaridan tortib to birdan-bir haqiqiy xalqaro bozor shakligacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.


Xorijiy valyutalar bilan operatsiyalar qadimdan pullarni o’zaro almashtirish operatsiyalari shaklida amalga oshgan. Biroq zamonaviy tushuncha sifatidagi valyuta bozorlari XIX asrga kelib shakllandi. Bunga quyidagi omillar ko’maklashdi:

  • xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi;

  • milliy valyuta tizimlari yuzasidan a'zo mamlakatlar zimmalariga ma'lum bir majburiyatlarni yuklovchi jahon valyuta tizimining barpo etilishi;

  • xalqaro hisob-kitoblar kredit vositalarining kengayishi;

  • bank kapitali to’planuvi va markazlashuvining kuchayishi, turli mamlakatlar banklari o’rtasida vakillik munosabatlarining rivojlanishi, joriy vakillik hisobvaraqlarini xorijiy valyutalarda yuritilish amaliyotini kengayishi;

  • valyuta bozorlari o’zaro aloqalarini soddalashtirish hamda kredit va valyuta xatarlari darajasini kamaytirish imkonini beruvchi telegraf, telefon, teleks singari aloqa vositalarining takomillashishi;

  • axborot texnologiyalarining rivojlanishi, valyuta kurslari, banklar, ularning vakillik hisob raqamlarining holatlari, iqtisodiyot va siyosat borasidagi tendensiyalar haqidagi ma'lumotlarni katta tezlikda uzatilishi.

Milliy bozorlar va ularning o’zaro aloqalari rivojlanib borishi bilan jahon moliyaviy markazlarida jahonning yetakchi valyutalari uchun yahlit jahon valyuta bozori shakllandi. Zamonaviy jahon valyuta bozorlari quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  1. xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi, elektron aloqa vositalaridan keng foydalanish va ular orqali operatsiyalar hamda hisob-kitoblarni amalga oshirish zaminida valyuta bozorlarining baynalmilallashuvi;

  2. operatsiyalar navbati bilan jahonning barcha joylarida uzluksiz, sutka davomida amalga oshadi. Kalendar sutkalar hisobi soat poyaslarining Grinvich - Greenwich Meridian Time (GMT) orqali o’tadigan "0" raqamli meridianiga

muvofiq valyuta bozoridagi faoliyat Yangi Zelandiya (Vellington)da boshlanadi va Sidney, Tokio, Gonkong, Singapur, Moskva, Frankfurt-Mayn, London, N'yu-York hamda Los-Anjeles ketma-ketligidagi soat poyaslarini bosib o’tadi;

  1. valyuta operatsiyalarining texnikasi soddalashtirilgan, hisob-kitoblar banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshadi;

  2. valyuta va kredit xavf-xatarlarini sug’urtalash maqsadida valyuta operatsiyalarining keng rivojlanishi. Bunda avval amalda bo’lgan va bank balansida aks ettirilgan valyuta operatsiyalari balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobi yuritiladigan muddatli hamda boshqa turdagi valyuta bitimlari bilan almashtiriladi;

  3. chayqov va arbitraj operatsiyalari tijorat bitimlari bilan bog’liq valyuta operatsiyalaridan ko’p jihatdan ortiqdir, ular ishtirokchilarining soni keskin ko’payadi va o’z tarkibiga nafaqat bank hamda transmilliy korporatsiyalarni, balki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni oladi;

  4. kursi, xususiyatli birja tovariga o’xshab fundamental iqtisodiy omillarga bog’liq bo’lmagan, o’zining tendensiyalariga ega bo’lgan valyutalarning barqarorsizligi. Jahon valyuta bozori eng kuchli va likvidli, ammo siyosiy hamda iqtisodiy yangiliklarga nihoyatda sezgir bozordir.

Funksional nuqtai nazardan valyuta bozorlari quyidagilarni ta'minlaydi:

  • xalqaro hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshishini;

  • valyuta va kredit xavf-xatarlar sug’urtalanishini;

  • jahon valyuta, kredit va moliya bozorlarining o’zaro aloqalarini;

  • banklar, korxonalar, davlat valyuta zahiralarining diversifikatsiyasini;

  • valyuta kurslari muvofiqlashtirilishini (bozor va davlat tomonidan);

  • ishtirokchilari tomonidan valyuta kurslarining farqi sifatidagi chayqov foydasi olinishini;

  • iqtisodiyotni davlat tomonidan muvofiqlashtirilishiga qaratilgan valyuta siyosatini amalga oshirilishi, so’nggi paytlarda esa mamlakatlar ("ettilik", Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi) guruhi doirasida o’zaro kelishilgan makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida. Valyuta bozori

moliyaviy bozorning boshqa segmentlariga qaraganda o’z operatsiyalarining ko’lami bo’yicha nihoyatda kattadir. Masalan, 1997 yildagi aksiyalar bozoridagi kunlik operatsiyalarning hajmi 100 - 150 mlrd., obligatsiyalar bozorida 500 - 700 mlrd., valyuta bozorida esa 1,4 trln. AQSh dollari hajmida baholangan (1986 yilda ushbu operatsiyalar hajmi 205 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan).
Valyuta bozorlari ishtirokchilarining qatoriga ushbu bozorlar orqali valyuta zahiralarini boshqaradigan, milliy valyuta kursini qo’llab-quvvatlab turadigan, valyuta intervensiyasi hamda milliy valyutadagi qo’yilmalar bo’yicha foiz stavkalari muvofiqlashtirilishini amalga oshiradigan mamlakatlar markaziy banklari kiradi. Jahon valyuta bozorlariga eng katta ta'sirni AQSh (Federal Zahira Tizimi), Germaniya va Buyuk Britaniya markaziy banklari o’tkazadi.
Valyuta bozorida nobank toifasidagi institutlar (sug’urta va pensiya fondlari, investitsiya kompaniyalari) ham ishtirok etadi. Biroq ushbu institutlar bozorda valyutani sotuvchilari va sotib oluvchilari o’rtasida vositachilik funksiyalarini bajaruvchi bozorning yana bir muhim ishtirokchilari bo’lmish brokerlik firmalaridan vositachilar sifatida foydalanadilar. Broker orqali ishlashning imtiyozli taraflari qatoriga bitimlar amalga oshirilishining mahfiyligi, kotirovka jarayonining uzluksizligi, o’z baholarini berish imkoniyati kabilar kiradi. Brokerlar valyuta operatsiyalarining hajmlari, valyuta operatsiyalarining 30 foiziga yaqinini (London bozorida 35%, dollar bo’yicha operatsiyalarda esa birmuncha ko’proq) qamrab olgan holda doim o’sib bormoqda. 90-yillarning o’rtalarida, masalan 1997 yilda Tokioda dollar-iena operatsiyalarining 50%iga yaqinini amalga oshiruvchi elektron brokerlar paydo bo’ldi. Brokerlik-dilerlik firmalari ichida yetakchi o’rinni "Merrill Linch" (Merrill Lynch Pierce Fenner & Smith), I.F. Hatton (E.F. Hutton), "Goldman Saks" (Goldman Sachs), "Morgan Stenli" (Morgan Stanley) kabi kompaniyalar egallaydi.


Yüklə 128,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə