Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi



Yüklə 2 Mb.
səhifə6/13
tarix18.05.2023
ölçüsü2 Mb.
#111231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi

Bola soniga ko‘ra oila turi

Bolalar soni

Foizda

Ko‘p bolali

7-8 nafar

5,9

Ko‘p bolali

5-6 nafar

17,4

O‘rtacha sonli oila

3-4 nafar

38,1

Kam sonli

1-2 nafar

36,5

Manba: O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yic

ia

O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi shuni ko‘rsatadiki (1.2.2-jadval) ko‘p bolalik deb hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan oilalar ulushi kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil qiladi (2008 yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni tashkil qiladi. Nikohning yig‘indi koeffitsienti nikohning yosh guruhlari (16-69 yoshdagi erkaklar yoki ayollar) koeffitsientining yirindisi bo‘lib, o‘rganilayotgan avlodning hayoti davomidagi nikohlar sonini ifodalaydi. Ushbu koeffitsientda o‘lim hollari va avlod soniga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinmaydi. Odatda nikohning yirindi koeffitsienti bir kishiga nisbatan xisoblanadi va ma’lum avlodning nikohda bo‘lish holatini ifodalaydi, SHuningdek mazkur koeffitsient orqali o‘rganilayotgan avlodda birinchi, ikkinchi nikohga kirish va nikohsizlik holatlari ham o‘rganiladi. Ajralish va uning koeffitsientlari. Ajralish er-xotinning hayotlik davrida nikohning bekor etilishidir. Ajralish murakkab soo‘ial jarayon bo‘lib, qator omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o‘rni, nikoh turlari, har bir davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila mustaxkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni, farzandsizlik, oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va narkomaniya kabilarni kiritish mumkin. Ushbu omillar ta’sirida jamiyat taraqqiyotining gurlicha bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda va aholi guruhlarida ajralish darajasi turlicha bo‘ladi. Ajralish jarayonini o‘rganishda qator koeffitsientlardan foydalaniladi. Ajralishning umumiy koeffitsienti ma’lum davrdagi ajralish sonini shu davrdagi aholini o‘rtacha soniga nisbatini ifodalaydi, va promileda belgilanadi.


SHuningdek, ajratshshning yosh guruhlari koeffitsienti (ma’lum yosh guruhlari erkaklar va ayollarda sodir bo‘lgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi jami erkaklar va ayollarga nisbatan); ajralishning maxsus koeffitsienti (ma’lum yosh guruhida erkaklar yoki ayollarda sodir bo‘tlgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi oilali erkaklar va ayollarga nisbatan) va nikoh davomiyligi bo‘yicha ajralishning maxsus koeffitsient (nikohda turishning ma’lum davrida ajralganlar sonining ana shu davr boshida qayd etilgan jami nikohlar
soniga nisbati) lari ham mavjud bo‘lib, ular orqali ajratshsh jarayonidagi o‘zgarishlar mukammal o‘rganiladi. Oila jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o‘zining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida paydo bo‘ldi. Ma`lumki, ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida insonlar to‘da-to‘da bo‘lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib – qoidaga ega bo‘lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan bir oila bo‘lib yashaganlar, o‘zaro turmush kechirishgan. Oilaning bunday shakli fanda «Poligamiya» - ko‘p nikohlik, deb ataladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə