Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi



Yüklə 2 Mb.
səhifə5/13
tarix18.05.2023
ölçüsü2 Mb.
#111231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

Manba: World Population, Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013
Aholining qarib borishi uning rivojlanishida salbiy tendensiyadir, chunki
mehnatga yaroqli aholiga iqtisodiy yuklamani ko‘paytiradi va ijtimoiy-iqtisodiy va
demografik jihatdan ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda
demografik qarib borish ma’lum ma’noda O‘zbekiston aholisiga ham taalluqli
bo‘lmoqda, lekin bu jarayon unchalik sezilarli bo‘lmayapti, ya’ni jarayon tarkibida
yosh bolalar va o‘smirlarning kamayishi (“pastdan qarish”) bilan yuz bermoqda.
Respublika aholisining o‘rtacha yoshi 2013 yilda 27,8 yoshni tashkil qilganligi
Xalqaro klassifikatsiyaga ko‘ra mamlakat axolisi yosh avlod deb xisolanadi.
Ammo, tug‘ilish kamayishi tendensiyasining yanada davom etishi, albatta, aholi
qarib borishi jarayonini kuchaytiradi. SHu munosabat bilan respublikada
jamiyatning mehnatga yaroqligini, mehnat yoshidagi aholining mehnat faoliyati
davomiyligini va sog‘lig‘ini saqlab turish maqsadida demografik siyosatni
kuchaytirish zarur bo‘ladi. Jahon hamjamiyatining aholini rivojlantirish sohasidagi keyingi faoliyati yo‘nalishini aniqlash uchun 2014 yil 22-sentyabrda
Sessiyaning 65/234 rezolyusiyasi bilan yigirma yillik harakat Dasturini 2014 yildan keyin ham davom qildirishga qaror qilindi.
1.2. O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar
Aholining nikoh va oila tarkibi. Aholining nikohda turish tarkibi-aholining jinsiy va yosh guruhlarining nikohda turish holati bo‘yicha taqsimlanishi. Nikoxda turishi asosan yosh guruhlari bo‘yicha o‘rganilganligi uchun ham ko‘p adabiyotlarda aholining «nikoh-yosh tarkibi» ham deyiladi. Aholining nikoh holati bo‘yicha asosiy manba aholi ro‘yhati ma’lumotlari hisoblanadi. Aholi ro‘yhati o‘tkazilayotganda aholi nikohda turuvchilar va nikohda turmaydiganlar guruhiga ajratib ro‘yhatga olinadi. Nikohda turmaydiganlar guruhiga bo‘ydoqlar, bevalar va ajralganlar kiradi. Aholining nikohda turishi aholi takror barpo bo‘lishi va oilalar shakllanishida asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi aholi o‘rtasida nikohga kirish darajasining yuqoriligi, nikohlarning mustahkamligi, kata oilalarning keng tarqalganligi sababli kelib chiqadi. O‘zbekistonda nikohlar va oilalarning rivojlanish xususiyatlarini respublika va uning Quyi Amudaryo mintaqasi misolida tahlil qilish natijalarida quyidagilarni qayd qilish mumkin bo‘ldi. Nikohdagi aholining soni ular amal qiladigan an’analarga (nikohga kichik yoshda yoki kattarok yoshlarda kirishish) va aholining jins-yosh tarkibiga bog‘liqdir. 1960-1990 yillar davomida olib borilgan maxsus tadqiqotlar nikohga kiruvchilarning yasharib borayotganligini ko‘rsatgan edi. O‘rta Osiyo respublikalarida ilgari nikohga kiruvchilar ittifoqning Evropa qismida yashaydiganlarga nisbatan kichikroq yoshda bo‘lgan bo‘lsalar, 80 yillarga kelib qizlar kechroq turmushga chiqadigan bo‘ldilar. Bu, nikohga yoshroq kirish an’analarining tugab borayotganligini va ayollar ma’lumotlilik darajasi oshib borayotganligi bilan izohlanar edi. Bu aytib o‘tilgan jarayon 80-yillar oxirlarida Quyi Amudaryo hududida ham kuzatildi. Agar, qizlar ilgari ko‘proq 20 yoshgacha bo‘lgan davrda turmushga chiqqan bo‘lsalar, bu davrga kelib 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan davrda turmushga chiqadigan buldilar. SHuni aytib o‘tish kerakki, nikohdagi erkaklar hissasi nikohdagi ayollar hissasiga nisbatan ko‘pdir, chunki ajrashgan erkak odatda ikkinchi marta uylanadi, turmushi buzilgan ayollar esa ko‘pchilik hollarda ikkinchi marta turmushga chiqmaslikni ma’qul ko‘rganlar. Quyi Amudaryo mintaqasida nikohdagilarning hissasi butun O‘zbekistondagi shunday ko‘rsatkichga nisbatan yuqori bo‘lishi ayollarning yosh tarkibi bilan bog‘liqdir, vaholanki aholi tabiiy o‘sishining yuqori bo‘lishi yoshroq va o‘rta yoshdagilar hissasi ko‘proq bo‘lishiga olib keladi. Biz tahlil qilayotgan davrda aholining yosh-jins tarkibidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda ham, Quyi Amudaryo mintaqasida ham aholining nikoh holati o‘zgarib turgan. 60 yillar o‘rtalarida va 70 yillar boshlarida nikoh yoshiga urush yillarida va urushdan keyingi dastlabki yillarda tug‘ilgan kam sonli aholi qatlami kirib keldi. SHuning uchun ham nikohga kirish koeffitsienti past bo‘ldi. 70 yillar oxiri – 80 yillar boshlarida nikohga kirish koeffitsientining oshishi tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan 50 - yillar oxiri va 60 - yillar boshida tug‘ilganlar nikoh yoshiga kirib kelishi bilan bog‘liqdir.
Mintaqa aholisida oilalarning ajrashishi darajasi O‘zbekistonda eng past ko‘rsatkichlardan hisoblangan. Ammo, bu erda ham 70-yillarda oilalarda ajrashish ko‘rsatkichlarining oshib borishi kuzatildi. SHunga qaramasdan, ajrashish koeffitsienti butun Ittifoq ko‘rsatkichlariga nisbatan (3,4 promille) O‘zbekistonda 2,5 marta past bo‘lsa, Xorazmda 6 marta, Qoraqalpog‘istonda esa 7 barobar past bo‘lgan. SHaharlarda qishloq joylariga nisbatan ajrashishlar ko‘p kuzatiladi. Masalan, shahar aholisi oilalarida ajrashish koeffitsienti Qoraqalpog‘istonda 1985 yilda qishloq aholisi ko‘rsatkichlaridan 2,5 barobar, Xorazm viloyatida 4 barobar, butun O‘zbekistonda esa 3,5 barobar yuqori edi. Ajrashishlarni ajraluvchilarning yoshlari bo‘yicha va nikohlarining qanchalik davom etganligi (muddati) bo‘yicha tahlil qilish qiziq xulosalarga olib keladi. O‘zbekiston aholisida ajrashgan oilalar uchun quyidagi xususiyatlar xos edi: a) erkaklar ko‘pincha (hamma ajrashgan erkaklarning 54 foiz) 25-34 yoshlarda ajrashadilar; b) ayollarning eng ko‘p ajrashishi 20-29 yoshlarga (57,1 foiz) to‘g‘ri keladi; v) ajrashgan oilalar ko‘pchiligining nikoh muddati 2-4 yilgacha bo‘lgan (hamma ajrashganlarning 35,3 foiz). Biz tahlil qilayotgan mintaqada oilalarning ajrashish ko‘rsatkichlari ham xuddi shunday tarzda bo‘lgan. Masalan, Qoraqalpog‘istonda ajrashgan erkaklarning 57,4 foizi 25-34 yoshlarda, ayollarning 59,6 foizi 20-29 yoshlarda bo‘lgan. Ko‘pgina ajrashishlarda nikoh muddati 2-4 yil (33,0 foiz) davom etgan. SHahar va qishloq joylarida ajrashishlar yoshlari bo‘yicha ham, nikoh muddati bo‘yicha ham bir-biridan farq qilmaydi. Erkaklar va ayollar ajrashishlarida ko‘prok to‘g‘ri keladigan yoshlarning farq qilishi nikohga kirish yoshlari turlicha bo‘lishidan kelib chiqadi. Xususan, erkaklar ayollarga nisbatan 4-5 yosh kattaroq yoshda nikoh quradilar.
Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha ko‘tarildi. Agar, o‘tgan asrning 80-yillarida 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi turmushga chiqqan bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar nikohga kiradilar

Jadval 1.2.2.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə