Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi



Yüklə 2 Mb.
səhifə2/13
tarix18.05.2023
ölçüsü2 Mb.
#111231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

Tadqiqоtning asоsiy vazifalari ─ Ushbu maqsadni amalga oshirish o'zaro bog'liq bo'lgan bir qator vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi:
Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir. U, ayniqsa, qishloq xo'jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog' relyefi, sho'rxoklar, cho'llar, taqirlar, jarliklar hududni xo'jalik jihatdan o'zlashtirishni qiyinlashtiradi. Qurg'oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan ta'minlash og'ir kechadi. Fan-texnika yuksala borgani sari ishlab chiqarishning tabiatga bog'liqligi kamayib, ayni vaqtda uning tabiatga ta'siri kuchayadi.Natijada tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni tiklash muhim vazifaga aylandi. Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya'ni uning xomashyo hamda energetika bazasini tashkil etish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
Ishning amaliy ahamiyati ─ Ilmiy ishda muallifning asosiy xulosalari, tavsiyalari va takliflari sayyohlik sohasini rivojlantirish bo'yicha kontseptsiyalar va dasturlarni ishlab chiqish jarayonida insonlar ehtiyojlarining to‘la ta’minlanishi va jamiyat taraqqiyotining yuksak darajaga ko‘tarilishi uchun mamlakat iqtisodiyotini oshirishni nazarda tutadi.Buning uchun esa mavjud tabiiy resurslardan unumli foydalanish kerakligi ishning ahamiyatli tomoni hisoblanadi. Ana shunda biz aholi ehtiyojlarni to’liq qondira olamiz. Chunki, faqat ehtiyojning yuzaga kelishigina taraqqiyot zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O'zbekiston ulkan tabiiy boyliklarning 45 foizidangina foydalanmoqda, qolganlari ishga solinishini kutib yotibdi. Ishning yana bir ahamiyatli tomoni ham shunda, ya’ni o’z tabiiy resurs imkoniyatimizdan to’liq foydalanish kerakligida ko’zda tutadi. Ishni o'quv jarayoniga iqtisodiy geografiya yo’nalishlari talabalarini o'qitish uchun foydalanish mumkin.

    1. BOB . O’ZBEKISTON TABIIY RESURSLARINING HUDUDIY TAQSIMLANISHI .


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə