Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


O‘zbekistonda aholi migratsiyasidagi o‘zgarishlar (1991-2013 yillar)



Yüklə 2 Mb.
səhifə8/13
tarix18.05.2023
ölçüsü2 Mb.
#111231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

O‘zbekistonda aholi migratsiyasidagi o‘zgarishlar (1991-2013 yillar)

yillar

O‘zbekiston respublikasi

Xorazm viloyati

kelgan

ketgan

saldo

kelgan

ketgan

Saldo

1991

371054

401285

-30231

16695

11810

4885

1992

349374

424086

-74712

13281

10713

2568

1993

302440

356470

-54030

13859

11035

2824

1994

221747

360661

-138914

9046

8972

74

1995

167829

256800

-88971

5849

6545

-696

2000

145880

212472

-66592

7182

8565

-1383

2005

144778

246386

-101608

6433

9981

-3548

2006

144038

209227

-65189

5743

8134

-2391

2007

151172

214310

-63138

5768

8732

-2964

2008

149732

195836

-46104

5989

7526

-1537

2009

138077

187710

-49633

6250

7852

-1602

2010

139775

183858

-44083

7239

8315

-1076

2011

136565

184149

-47584

7737

7781

-44

2012

169701

210653

-40952

7192

9511

-2319

2013

155084

189650

-33846

7333

7655

-322

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Keyingi yillardagi aholining migratsiya xarakatlari mazmuni shuni ko‘rsatadiki (1.3.1-jadval), 2008 yildan boshlab ko‘chib yuruvchilar soni (ko‘chib keluvchilar soni ham, ko‘chib ketuvchilar soni ham) yildan yilga kamayib bordi. 2013 yilda 2012 yilga nisbatan ko‘chib ketuvchilar soni 21,0 ming kishiga, ko‘chib keluvchilar soni esa 14,7 ming kishiga kamaygan. Migratsiya saldosida ham o‘zgarishlar yuz berib, 2005 yildagi – 101,6 ming kishi saldodan, 2013 yilda -33,8 ming kishi saldogacha qisqargan. O‘zbekiston Respublikasining tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm viloyati aholisining migratsiya xarakatlarida ham shunday tendensiya namoyon bo‘lmoqda. Faqat, farq qiluvchi tomoni shundaki, ko‘chib keluvchilar soni 90-yillarga nisbatan kamaygan bo‘lsada, 2005 yildan keyingi davrda viloyatga ko‘chib keluvchilar soni 5,7 ming kishidan 7,3 ming kishigacha ko‘paygan. Migratsiyaning minus saldosi ham viloyat uchun kamayib bormoqda. Masalan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan minus saldo – 2319 dan – 322 gacha kamaygan. Bu holat shu bilan izohlanadik, xozirgi kunda ko‘chib yuruvchilarning ko‘pchiligi ishchi kuchi migrantlar hisoblanib, mamlakat va viloyat iqtisodiyotida ishchi o‘rinlari ko‘plab ochilayotganligi tufayli ilgari ish izlab MDH mamlakatlariga ko‘chib o‘tganlar, o‘z yurtlarida ishlash uchun qaytmoqdalar. Aholining ma’lum bir hududga kirib kelishi yoki chiqib ketishi joylardagi aholi sonining o‘sishi dinamikasiga, aholini ish bilan ta’minlash darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. SHu bilan birgalikda, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari aholi migratsiya ko‘rstakichlarini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholining ko‘chib yurish faolligi darajasini migratsiya intensivligi ko‘rsatkichi orqali aniqlashimiz mumkin. Ma’lumki, migratsiya intensivligi bilan butun aholiga nisbatan ko‘chib yuruvchilar darajasi aniqlanib, har ming aholiga qancha kishi ko‘chib kelgan yoki ko‘chib ketganligin bilishimiz mumkin bo‘ladi. Mamlakatimizda aholi ko‘chib yurishining kamayishi dastlabki davrlardanoq siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi, 1995 yildan keyingi davrda iqtisodiy barqarorlikka erishilishi, 2000 yillarda esa ekologik holatni yaxshilash borasida olib borilgan chora-tadbirlar tufayli yuz berdi. Ekologik vaziyatning aholi ko‘chib yurishiga ta’sirini Quyi Amudaryo mintaqasi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Orol dengizining qurib borishi bilan yuzaga kelgan ekologik tanglik ko‘pchilik aholining dengizga yaqin bo‘lgan hududlardan Qoraqalpog‘istonning janubiy hududlariga, Xorazm viloyatiga va
boshqa viloyatlarga, respublikadan tashqariga ko‘chib ketishlariga sabab bo‘ldi. Ko‘chib keluvchilarga nisbatan ko‘chib ketuvchilarning ko‘pligi, ya’ni manfiy saldo butun O‘zbekiston bo‘yicha ham kuzatilayotgan bo‘lsada, 2003-2006 yillarda bu ko‘rsatkichning Qoraqalpog‘iston bo‘yicha oshib ketganligi (1.3.1-jadval) Amudaryoda suvning kamayib ketishi (2001-2002 yillar) tufayli yuz bergan qurg‘oqchilik natijasida ekologik vaziyatning yana biroz og‘irlashganligi bilan izohlanadi. Migratsiya sohasida olib borilgan ayrim tadqiqotlar natijasiga ko‘ra mintaqalar bo‘yicha aholining harakatchanligi oshgan sari ularning ijtimoiyiqtisodiy farovonlik darajasi ham oshishi kuzatilgan. Jumladan, migratsion intensivligi yuqori bo‘lgan mintaqalar Navoiy viloyati hamda Toshkent shahrida YAHM (yalpi hududiy mahsulot) ning jon boshiga nisbatan ulushi ham yuqori ekan. Lekin, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2010 yilga kelib aholining ko‘chish darajasi yuqori bo‘lsada, YAHMning aholi jon boshiga nisbatan darajasi pasayib ketishi u erda iqtisodiy faol aholining ko‘p qismi iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandligini, mintaqada ish joylarining etishmasligi, shuningdek, tabiiyekologik vaziyatning keskinlashuvi oqibatida aholini respublikaning boshqa mintaqalariga hamda uning tashqarisiga bo‘lgan mehnat migratsiyasiga moyilligining oshishiga asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda. Aholining migratsiya intensivligi ko‘rsatkichi ko‘chib yuruvchilar hissasining 2012 yilda 1991 yilga nisbatan butun O‘zbekiston aholisi bo‘yicha ham, shu jumladan Quyi Amudaryo mintaqasining hududlarida ham 2,5 barobarga kamayganligini ko‘rsatadi Agar, 1991 yilda butun O‘zbekiston bo‘yicha xar ming kishiga 37,0 kishi yashash joyini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012 yilga kelib 12,8 kishigacha kamaydi.
Jami Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o‘z aksini topadi. Mehnat resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu ham muammolarga sabab bo‘ladi Aholining shakllanish jarayoni, uning takror barpo bo‘lishi va aholi migratsiyasi o‘rtasidagi aloqalar bilan bog‘liq. Aholining takror barpo bo‘lishi, uning tabiiy harakatini o‘z ichiga olsa, migratsiya bu aholining xududiy harakatidir. Migratsiya aholi soniga, uning milliy tarkibiga va turli ijtimoiy guruhga xos aholi shakllanishiga o‘z ta`sirini ko‘rsatadi. Ma`lumki, O‘zbekiston qadimda Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi, CHor Rossiyasining va sho‘rolar tuzumining Turkistonda olib borgan xalqlarni aralashtirib yuborishdek mustamlakachilik siyosati va qolaversa, respublikamizning boy tabiiy resurslarini o‘zga xalqlar tomonidan bosib olishga urinishlar kabi tarixiy voqealar bu erga ko‘plab evropalik (asosan rus) xalqlarning ko‘chib kelishiga qulay sharoit yaratdi.



  1. Yüklə 2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə