Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi



Yüklə 2 Mb.
səhifə1/13
tarix18.05.2023
ölçüsü2 Mb.
#111231
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
TURIZM KAFEDRASI
1 - BOSQICH 202 – TURIZM (o’zbek) GURUHI TALABASI
ISOMIDDINOV SANJAR AXTAMOVICHNING
IQTISODIY VA TURIZM GEOGRAFIYASI
FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: O’ZBEKISTONNING TABIIY RESURS SALOHIYATI .
Bajardi:
Tekshirdi:

URGANCH - 2021

KIRISH

  1. BOB. O’ZBEKISTON TABIIY RESURSLARINING HUDUDIY TAQSIMLANISHI .

    1. Yer osti boyliklar va ularning mamlakatimiz bo’yicha joylashuvi.

    2. Yer usti boyliklari va ularning hududiy taqsimlanishi.

    3. Tabiiy resurslar tabaqalanishining nazariyasi.




  1. BOB. TABIIY RESURSLARNING O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TUTGAN O’RNI .



    1. Gaz tabiiy resursining iqtisodiy ahamiyati.

    2. Neft , kimyo va metallurgiya qazilma boyliklarining mamlakat iqtisodiyotida tutgan roli .

    3. O’zbekiston tabiiy resurslaridan samarali foydalanish.

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVA.
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida tenglar ichra teng bo‘lib, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil odimlab bormoqda. Mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida erishilayotgan natijalarning yildan-yilga tobora salmoqli va ahamiyatli bo‘lib borayotganligi mustaqil taraqqiyot davrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning puxta va asosli ekanligini, eng muhimi, ular negizida fuqarolarimizning orzu-umidlari va manfaatlari o‘z aksini topganligini yaqqol namoyon etmoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Jamiyatning buyuk kelajagini yaratishda bosib o‘tilayotgan har bir yil o‘ziga xos hissa qo‘shishi, yuksalishning murakkab, izchil va davomli yo‘lida alohida pog‘ona bo‘lib xizmat qilishi e’tiborlidir. Ayni paytda, o‘tgan yilda mamlakat miqyosida erishilgan yutuq va natijalarni o‘rganish, kelgusida yanada yuksakroq marralarni qo‘lga kiritish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Shunday ekan bu o’rinda mamlakatimiz istiqbolida uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish ham muhim o’rin tutadi. Ayniqsa bu resurslarning mamlakat iqtisodiyotiga keltiradigan daromadlari yuqori hisoblanadi. Shu sababli bu sohaga kata e’tibor qaratilishini talab qiladi. Tadqiqotimizning dolzarbligi ham shunda , ya’ni mamlakatimiz tabiiy resurslari salohiyati , undan oqilona foydalanish , ularning iqtisodiy ahamiyati va mamlakatimiz bo’yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarni to’liq yoritib berishlikdir. Bugungi kunda dunyoning hamma mamlakatlarida ham tabiiy resurs salohiyatilari bir xil emas. Ba’zilarida tabiiy boyliklar juda tanqis bo’lsa , boshqalarida Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha moddalar mavjud. Bizning mamlakatimiz ham tabiiy resurslar salohiyati boy hisoblanadi. Ulardan oqilona foydalana olsak bas. Tadqiqotimizning dolzarbligi ham shunda. Tadqiqotning maqsadi ─ «Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi . Inson hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi tabiat elementlari ikki asosiy guruhga: moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi (tabiiy resurslar) va qolgan barcha (tabiiy sharoit) elementlarga bo’linadi. Aniqroq qilb aytganda, «tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi.
Tabiiy resurslar esa tabiiy sharoitning bir turi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, «tabiiy sharoit» inson hayoti va faoliyatini belgilab beruvchi, lekin ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan tabiat elementlaridir. Tabiiy sharoit va moddiy resurslar majmuasi jamiyat taraqqiyotining tabiiy-moddiy omillari hisoblanadi.
Shunday ekan bu omillardan unumli foydalanish kerak. Buning uchun biz tabiiy resurslarimizni joylashgan o’rinlari haqida aniq ma’lumotlarni shakllantirishimiz lozim. Bu esa nimani talab etadi ? Albatta ko’plab tadqiqotlarni olib borish kerakligini va bu olib borilgan tadqiqodlarni amalda qo’llay olishlikni talab etadi. Shunda biz bor resurslarimizdan kerakli o’rinlarda va yetarli miqdorda qazib olgan holda foydalanishni yo’lga qo’ya olamiz. Tabiiy resurslardan intensiv emas , aksincha ekstensiv foydalansak, ya’ni mamlakatimiz hududidan qidiruv ishlari orqali topilgan yer usti yoki yer osti boyliklarni qazib olishda keng hududlarga yoygan holda emas kichik hududda , ammo chuqurligini oshirib , tozalab yig’ib olinsa maqsadga muvofiq bo’lardi deb o’ylayman . Tadqiqotning maqsadi ham shunda , ya’ni tabiiy resurslarimizdan oqilona foydalanish yo’llarini izlanishlar orqali ishlab chiqish va uning samarali tomonlarini keng omma oldida yoritib berishlikdir.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə