Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 14-BOB



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

271
www.ziyouz.com kutubxonasi


14-BOB
CHORVACHILIK TARMOQLARI 
VA ULARNIRIVOJLANTIRISH VO I LARI
• Chorvachilik tarmoqlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
• Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
• Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida chorvachilik tarmoqlarini 
rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
• Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish
yo‘llari.______ _____________________________________________________
14.1. Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
abamiyati.
Chorvachilik - mamlakatimiz qishloq xo'jaligining muhim tarkibiy 
qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalariga 
boy bo'lgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go‘sht, sut, 
tuxum - aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo'lib, ularsiz oziq 
moddalarga bo'lgan talabni qondirib bo‘lmaydi. Chorvachilik sanoat uchun jun
teri, go'sht, sut kabi xomashyo yetkazib beradi. Natijada sanoat tarmoqlarining 
rivojlanishiga shart-sharoit yaratiladi.
Chorvachilik tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ta’minlaydi. 
Bu esa yerlaming mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik 
yurik 
tarmoq 
bo'lib, 
hayvonlar 
turlari 
va 
yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi 
tarmoqlarga bo'linadi:
- qoramolchilik;
- qo‘ychilik;
- parrandachilik;
- cho'chqachilik;
- yilqichilik;
- mo‘ynachilik;
- baliqchilik;
- asalarichilik va boshqalar.
272
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuning uchun respublikamiz hukumati chorvachilikni rivojlantirishga 
qaratilgan yirik dasturiar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 
qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy yordamchi, 
dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish 
dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi 
kunda sezilarli natijalar bermoqda.
Qoramolchilik chorvachilik tarmoqlari tarkibida alohida ahamiyatga 
ega. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari - sut va go‘sht bilan 
ta'minlaydi. Ularning terisidau esa ko‘p turdagi charm mahsulotlari 
tayyorlanadi. Boshqa turdagi chorva mollari bilan taqqoslaganda, qoramollar 
yuqori sut mahsuldorligiga ega. Bir yil mobaynida bir bosh qoramoldan 5-8 
ming kilogramm, bir sutkada esa 25 kilogrammgacha sut sog‘ib olish mumkin. 
Bundan tashqari, qoramollar ratsioni tarkibiga kiruvchi ozuqalar ham boshqa 
turdagi chorva mollari ozuqasiga nisbatan ancha arzon bo‘lib, asosan dag‘al 
xashak iste'mol qiladi.
Qo'ychilik ham chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, 
go‘sht, jun, teri, qorako‘l teri, sut va boshqa mahsulotlar beradi. 
Mamlakatimizda 2009-yil holatiga 20846,2 ming gektar yaylovlar mavjud 
bo‘lib, ushbu yaylovlarda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun zarur shart- 
sharoitlar mavjuddir.
Parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor, samaradorlik darajasi 
yuqori bo‘lgan tarmoqlaridan biridir. Parrandachilik aholini to‘yimli parhez 
oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta'minlaydi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e'tibor 
berilmoqda. Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur va me’yoriy 
hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari 
tashkil etilmoqda.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə