Ushbu maxsus kurs tinglovchilarda media va axborot savodxonligi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/14
tarix27.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#123908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
maʼruzaga

rasm


Chindan ham manipulyatsiya orqali auditoriyani o’z manfaatlari doirasida axborotlarga ishontirish orqali ularning ong ostiga ta’sir qilish, soxta reallik yaratish bilan media iste’molchilarning diqqatini chalg’itish, kishilarning hissiyotlariga ta’sir qilish mumkin.
Manipulyatsiya usullari bugungi media olamda shunchalar ko’payib bormoqdaki, ularning ta’sir ddarajasi ham bir-biridan qolishmaydi. Quyida hozirgi kunda eng ko’p qo’llaniladigan manipulyatsi usullari va ularga qisqacha ta’riflar keltirilgan.

  1. Kiberhujum (cyberbulling) - raqamli texnologiyalardan foydalangan holda zo’ravonlikni amalga oshirish usuli. Bu ijtimoiy tarmoqlarda, xabar almashish platformalarida, o’yin platformalarida va mobil telefonlarda bo’lishi mumkin. Bu nishonga olinganlarni qo’rqitish, g’azablantirish yoki sharmanda qilishga qaratilgan takroriy xatti- harakatlardir. Masalan:

  • ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sharmandali fotosuratlari yoki videolari haqida yolg’on tarqatish yoki joylashtirish;

  • xabar almashish platformalari orqali xafa, haqoratli yoki tahdidli xabarlar, tasvirlar yoki videolarni yuborish”

  • kimgadir taqlid qilish va ularning nomidan yoki soxta akkauntlar orqali boshqalarga yomon xabarlar yuborish.4

  1. Trolling (cyber trolls) Internet-trol yoki onlayn bezorilik, Facebook postlarida, bloglarida, YouTube videolari ostida, forumlarda va Twitter va Instagram kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlarda haqoratomuz izohlar qo’yish orqali odamlarni ataylab xafa qilishga, muammo tug’dirishga yoki bevosita hujum qilishga urinish.

  2. Xeyting (hate) “Nafrat nutqi” ijtimoiy tinchlikka tahdid solishi mumkin bo’lgan irqi, dini yoki jinsi kabi o’ziga xos xususiyatlarga asoslangan guruh yoki shaxsga qaratilgan haqoratli nutqni anglatadi.

Manipulyatsiyaning bu kabi juda o’tkir va ta’sirli usullaridan himoyalanishda media va axborot savodxonligi juda zarur hisoblanadi. Shuningdek, quyidagi vizual axborotda keltirilgan tavsiyalar orqali ham media iste’molchilar o’zlarini manipulyatsiyadan himoya qilishlari va uning ta’siriga tushib qolishdan saqlanishlari mumkin.


4 https:G’G’www.unicef.orgG’end-violenceG’how-to-stop-cyberbullying

  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə