Ushbu maxsus kurs tinglovchilarda media va axborot savodxonligi


Ijtimoiy tarmoqdagi axborot manbalarini tekshirish algoritmi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə9/14
tarix27.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#123908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
maʼruzaga

Ijtimoiy tarmoqdagi axborot manbalarini tekshirish algoritmi.


  1. qadam. Ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchining sahifasi qachon ochilganini tekshiring.

Ba’zan yangi akkauntlar dezinformatsiya tarqatish va mistifikatsiya uchun yaratiladi. Twitterning foydali funktsiyalaridan biri shundaki, u yangi dizaynli profilning qachon ochilganini ko’rsatib turadi.
  1. qadam. Foydalanuvchining faolligini o’rganing.


U kim bilan do’stlashgan, kim bilan yozishadi, profiliga kimlarni qo’shgan, nima haqida yozadi, nima haqida gapiradi? Ijtimoiy tarmoq insonning o’zaro aloqalari va ta’siri haqida ko’pgina ma’lumotlarni beradi.
3-qadam. Foydalanuvchining boshqa ijtimoiy tarmoqdagi

akkauntlarini izlang.


Izlagan odamning ismi internetning yana qaysi sahifasida uchraydi? Uni qidirishda Spokeo, peekyou.comdan foydalaning. WebMii va Linkedln orqali boshqa ma’lumotlarni olishga urinib ko’ring.

  1. qadam. Qaerda joylashgani haqidagi ma’lumotlarni solishtiring. Twitter, Facebook va boshqa platformalar foydalanuvchilarga o’z postlarini joy bilan bog’lash imkonini beradi. Bu odamning haqiqatdan ham gapirgan joyida bo’lganini aniqlashga yordam beruvchi belgidir.

  2. qadam. Tasvir bo’yicha qayta qidiruvdan foydalaning. Qayd etilishicha, yaqinda olingandek ko’ringan foto ko’pincha eski surat bo’lib chiqishi mumkin. Buni tekshirish uchun Google Reverse Image Search yoki TinEyedan foydalaning. Internetda ushbu tasvir avvalroq paydo bo’lganini ko’rasiz. Mazkur funktsiya mini-atyura video uchun ham ishlaydi – qidiruv xizmati bu onlaynni yana qaerda ko’rishingiz mumkinligini aytadi.




  1. MAVZU: RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET


Reja:

  1. Raqamli dunyo va raqamli fuqarolarning huquqlari

  2. Kiberjinoyat – yuqumli kasallik, Raqamli gigiena – vaktsina

  3. Netiket qoidalari – raqamli olam tartib-qoidasi.

Raqamli huquq g’oyasi Internet tarmog’i paydo bo’lishi bilan dunyoga keldi. Raqamli qonunchilik shakllanish jarayonini boshdan o’tkazib, doimiy o’zgarishlarga yuz tutmoqda. Hozir tarmoqda o’zini to’g’ri tutish va xavfsizlik ko’nikmalarini shakllantirish uchun uning murakkab qoidalarini o’rganishning ayni vaqti. Raqamli etika haqida gapirganda kengroq ko’lamda xulq va o’zaro ta’sirni nazarda tutamiz, raqamli gigiena esa - axborot xavfsizligining turli darajalarda namoyon bo’lishiga oid qoidalardir.


Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari moliyaviy va kiberjinoyatlar oldida ojiz bo’lib qolyaptilar, tarmoqda himoya borasida esa aniq va tushunarli normalar hali-hanuz mavjud emas. Shu bois, raqamli gigiena qoidalari - endilikda tavsiya emas, har kim uchun real ehtiyojdir!



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə