Ushbu maxsus kurs tinglovchilarda media va axborot savodxonligi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə12/14
tarix27.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#123908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
maʼruzaga

So’z erkinligi haqida


Har birimiz so’z erkinligi va axborotni izlash, undan foydalanish va tarqatish huquqiga ega ekanimizni eslatib o’tamiz. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasi: “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir tusqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g’oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi.”
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 19- moddasi:
1. Har bir inson hech bir to‘siqsiz o’z fikriga sobit bo‘lish huquqiga ega. 2. Har bir inson o’z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qat’i nazar yozma ravishda yoki matbuot orqali yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki o’z ixtiyoriga ko’ra boshqacha usullarda turli axborot va g’oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasi: “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.


Axborotdan foydalanish huquqi


Inson ega bo’lgan fundamental huquqlardan yana biri. Axborotdan foydalanish huquqi davlat chegaralaridan qat’iy nazar axborotni istalgan usulda va har qanday shaklda izlash, olish va tarqatishni nazarda tutadi.
Axborot sohasida munosabatlarni tartibga solish tamoyillari:

  • har kim qonuniy yo’l bilan axborotni erkin izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

  • har kim qonun doirasida axborotni erkin ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga ega.



Internetga kim egalik qiladi?


Dunyoning turli mamlakatlaridagi kompyuter moslamalarini birlashtiruvchi axboriy-telekommunikatsion tarmoq bizga makon va ob-havo sharoitlaridan qat’iy nazar istalgan hajmda axborot almashinish imkonini beradi. Buning uchun tarmoqda bo’lish kifoya. Internetni boshqarish tugmachasi yo’qligi haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?
Ha, u chindan ham mavjud emas, chunki Internetning mutlaq egasi yo’q. Har birimiz - foydalanuvchilar, fuqarolik jamiyati, davlat, biznes - Internet tarmog’iga egalik qilishimiz mumkin. Ba’zan bu risklarning paydo bo’lishi va huquqbuzarliklar uchun sharoit yaratadi, shuning uchun bugun raqamli huquqlarni o’rganib, Internet bilan to’g’ri munosabatlarni yo’lga
qo’yish muhim.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə