Ushbu maxsus kurs tinglovchilarda media va axborot savodxonligi


-MAVZU: AXBOROTNI FILTRLASh VA TEKShIRISh KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISh



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/14
tarix27.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#123908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
maʼruzaga

5-MAVZU: AXBOROTNI FILTRLASh VA TEKShIRISh KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISh


So’nggi tadqiqotlarga ko’ra dunyo bo’ylab inson 2.5kvintillion bit ma’lumot ishlab chiqaradi. Agar bu ma’lumotlarning barchasini qo’shib hisoblasa, bu 30 millionta kitobdan tashkil topgan 250ming kutubxona degani. Inson mana shuncha axborotning orasidan yolg’on va rostni, ishonchli va nomaqbul axborotni ajratib olishga majbur bo’lmoqda.


Olimlarning fikricha, zamonaviy media muhitdagi axborotning bu ko’rsatkich yana ham ortib boraveradi, natijada, axborotlarning barchasini filtrlash imkonsiz bo’lib qoladi. Shuning uchun ham, yagona yo’l jamiyatning har bir a’zosini mediasavodxon qilish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, faktchekingni o’rgatish, ya’ni axborotlarni tekshirish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
Bugungi media makon fosh etilgan yolg’onlar, soxtakorlik, manipulya- tsiya, noto’g’ri axborotning ko’pligidan bo’g’ilib ketganday tasavvur uyg’o-tadi. Vaholanki, bularning barchasi, aslida aynan yangiliklar sifatida taqdim etiladi. Bu o’z navbatida jamoatchilikning faktlarni tekshirish bilan shug’ullanadigan tashkilotlarning xizmatlariga talabi ortishiga olib keldi.
Ma’lumki, talab taklifni taqozo etadi. Hattoki Google va Amazon fact-checkingni raqobatdagi afzallik sifatida ishlatishga qaror qildi-lar. Turli faktcheking platformalar, axborotlarni tekshirish byurolari paydo bo’ldi. Biroq, media makonning trendlari tez o’zgaradi. Bunday axborot filtrlari ham bepoyon axborot maydonida bora bora kuchsiz bo’lib qolaveradi.
Xo’sh, faktcheking nima? Faktcheking bizga kundalik kelib tushayotgan axborotlardan o’zimiz uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilishdan oldin axborotni qayta tekshirishdir. Masalan, bizga “bugun dahshatli qor yog’adi” degan axborot kelib tushsa, o’z o’zidan ustingizga qalin kiyimlar kiyib tashqariga chiqamiz. Shu yo’sinda biz axborotdan foydalanamiz. Agar farzandimizni xorijdagi oliy o’quv yurtiga jo’natmoqchi bo’lsak, oldin mazkur universitet haqida obdon o’qib ko’ramiz. Va o’qiganimiz axborotga ko’ra yoki borishi, yoki boshqasini tanlashi kerakligi haqida xulosaga kelamiz. Yoki pandemiya davrini eslaylik, bizga erqalampir kovidni davolashi, spirtni hidlash, sarimsoq piyoz eb yurganlar kovid bo’lmasligi va hokazo haqidagi axborotlar ijtimoiy tarmoqlardan oqib kela boshladi. Buning oqibatida sog’liqni saqlash tashkilotlarimiz ana shunday tekshirilmagan axborotlar oqibatida og’ir ahvolli bemorlar soni qanchalik ko’payib ketgani haqida qayta-qayta chiqish qilishga majbur bo’ldi. Axborot bizni ana shunday
boshqaradi, u bizning hayotiy zarur qarorlar qabul qilishimizga sababchi bo’ladi. Shu tufayli ham ana shunday qaror qabul qilishdan oldin axborotni faktcheking qilish, ya’ni qayta tekshirib ko’rish muhim. Bunda eng avvalo, axborotga tanqidiy yondashish, ularni mantiqiy tahlilga tortish, fakt va fikrni bir biridan ajratish, sub’ektiv va xolis axborotlarning farqlash o’ta muhim.
Fakt – tekshirish mumkin bo’lgan empirik bilimdir, lot. factum - amalga oshirilgan so’zidan olingan bo’lib– “haqiqiy, to’qilmagan hodisa, voqea…” degan ma’noni anglatadi. Fikr esa nimadir haqida kimningdir tushunchasi, shaxsiy xulosasi, hissiy munosabatni talqin qilishga asoslangan to’liq ob’ektivlikka erishish imkoni bo’lmagan ishonch, ta’kid, nuqtai nazar. Masalan, yana ham oddiy qilib aytganda, stoldagi gulning rangi, uzunligi, hajmi, narxi va hk haqidagi axborotlar fakt bo’lishi mumkin.
Uning xushbo’yligi, chiroyliligi, yoqimliligi fikrdir. Bunda faktni tekshirish mumkin, lekin fikrni tekshirib bo’lmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining vazifasi ana shu chiziqni qat’iy chizishdir, sizga ishonchli faktlarni, xolis axborotni taqdim etishdir.
Sub’ektiv axborot manbalari, masalan, ijtimoiy tarmoqdagi telegram, instagram, feysbuk kabi ijtimoiy tarmoq kanallarini yurituvchi insonlar, blogger, vlogger, influenser, siz sahifasini kuzatib boradigan taniqli insonlar, bunday javobgarlikni olishmaydi. Ular axborotni o’z istagiga ko’ra taqdim qiladi. Shu tufayli ham ularning ijtimoiy tarmoqdagi postlarini tahliliy prognoz va ishonchli ma’lumot sifatida emas, balki shunchaki oddiy insonning shaxsiy pozitsiyasi yoki ma’lum bir voqelikda reklama agenti sifatida qabul qilish kerak. Shu bois, axborotni bizga kim tarqatyapti, kim taqdim etyapti, avvalo, shuni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Ushbu axborot sayti yoki kanalining maqsadi nima? Uning orqasida kim turibdi?
Agar biz axborotni farzandimizni yubormoqchi bo’lgan universitetning rasmiy sahifasidan olayotgan bo’lsak, bilishimiz kerakki, hech kim o’zining universitetini yomon demaydi. Demak, biz boshqa ishonchli saytlar, nufuzli xalqaro reytinglardan bu universitet haqda o’qib ko’rishimiz orqali farzandimizni sifatli universitetda ta’lim olishini ta’minlashimiz mumkin. Agar bizga qo’shnimiz, yoki qaysidir tumanning hamshirasidan kelgan audioda koronavirusga qarshi emlashga hojat yo’q, sarimsoq piyoz eb yurgan bu kasal bilan og’rimaydi, mazmunidagi axborot kelsa, unda biz avvalo, buni tanqidiy qabul qilishimiz, qo’shnimiz hatto doktor emasligini, u hech qanday ilmiy izlanish o’tkazmaganini o’ylab ko’riishimiz, bu haqida o’zimizning rasmiy kanallarimizdan yoki butunjahon
sog’liqni saqlash tizimidagi rasmiy saytlariga kirib o’qib ko’rishimiz mumkin. Bu hayotimizning xavfsizligi uchun muhimdir. Zamonaviy media muhitda axborotni tekshirish qobiliyatiga ega bo’lmay xavfsiz yashash dargumon.
Shu tufayli ham zamonaviy mediadagi axborotlarni tekshira olish, faktcheking instrumentlardan xabardorlik o’ta muhim hisobalandi.
Keling endi axborotlarni tekshirish algoritmini ko’rib chiqamiz.

  1. qadam. Avvalo, to’g’ri xulosa qilish uchun axborotning faqat qiziqarli sarlavhasini emas, balki butun yangilikni oxirigacha o’qiymiz. Bugun, ayniqsa xususiy nashrlarda sensatsion sarlavhali axborotlarni berish, asosiy qismda esa butunlay boshqa narsa haqida gapirish urfga kirgan.

  2. qadam. Matn stilistikasiga ahamiyat beramiz. Imloviy va uslubiy xatolar to’lib yotgan, to’g’ridan-to’g’ri tarjima bo’lgan, tushunib bo’lmas matnlarni, shuningdek, "Shok! Shok! Shok!", "Buni darhol o’qing!" va hokazo chaqiriqlarni ko’rganingizda bu xabarni tashlab qoldirgan ma’qul. Jiddiy xabarlar bunday boshlanmaydi.

  3. qadam. Axborot manbasini aniqlashtiramiz, odatda bunday manbalar havolalar orqali beriladi, kirib rasmiy manbani topmagunimizcha birinchi manbani qidirib ko’rishimiz lozim. Birinchi manba ishonchli bo’lsagina axborotni boshqalarga ulashish to’g’ri bo’ladi. Sifatli kontent yaratuvchi, ishonchli axborot manbalari doim birinchi manbaga havola ko’rsatib o’tadi. Havola berilmagan bo’lsa, unda bu xabarga ham shubha bilan qarash lozim. Birinchi navbatda axborotning birlamchi manbaini topish lozim. Shu o’rinda e’tiboringizni Imom Al-Buxoriy va uning “Sahih hadislar”iga qaratmoqchimiz. Axir sahih so’zi hadisning sifati bo’lib, “sahih hadis” degani “xatodan holi bo’lgan ishonchli hadis” degan ma’noni anglatadi. Alloma tomonidan hadislarni yig’ishi va haqqoniy tekshirishi faktche- kingning o’ziga xos ko’rinishi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Manbani tekshi-rish masalasiga kelsak, agar al-Buxoriy biror kimsadan bir nechta yaxshi hadis yozib olsa-yu, so’ng o’sha kishining farzandiga qand va’da qilib ber-maganini yoki aldaganining guvohi bo’lsa, undan yozib olgan hadislarini o’chirar ekan. Oddiy narsalarda hattoki, yosh bolani aldashga qodir inson-ning keltirgan o’gitlariyu, bildirgan fikrini shubhali hisoblar ekan. Xuddi shunga o’xshab, faktchekingda agar maqoladagi fikr “anonim manba axborotiga ko’ra”, deb ko’rsatilgan bo’lsa, bu manbada bayon etilgan fakt-larni aniq bilishi mumkinligini tasdiqlovchi tafsilotlar ko’rsatilishi shart. Agar manba umuman ko’rsatilmagan bo’lsa, unda materialning asosiy tezislari bo’yicha Google qidiruv tizimi orqali izlash samara berishi mumkin. Agar birlamchi

manbani topish mumkin bo’lmasa, unda bu soxta ma’lumot yoki vijdonsiz jurnalistning ijod mahsuli hisoblanadi. Har ikkisi ham birdek yomon sifatga ega. Buyog’iga teran fikr yuritib, qanday sharoitda muayyan manbadan ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlar kelishi mumkin ekanligini o’ylab ko’rish kerak.

  1. qadam. Agar axborot rasmli kontentdan iborat bo’lsachi, unda buning birinchi manbasini qanday topishimiz mumkin? Auditoriyani ishontirish uchun eng samarali vosita fotosurat hisoblanadi. Manipulyativ ta’sir doirasi ham keng. Fotofeyklarni aniqlash oson bo’lmasa ham, ularni tekshirib ko’rishning imkoni bor, bunda bizga Reverse Image Search platformalari yordamga keladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə