Ushbu maxsus kurs tinglovchilarda media va axborot savodxonligi


Shaxsning raqamli huquqlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə11/14
tarix27.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#123908
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
maʼruzaga

Shaxsning raqamli huquqlari


Raqamli huquqlar - insonning raqamli asarlardan foydalanish, yaratish va e’lon qilish, kompyuter va boshqa elektron vositalardan foydalanish va ularda ishlash imkoniyati, shuningdek, Internet tarmog’iga ulanish bilan bog’liq huquqlaridir. BMT rezolyutsiyasi (AG’HRCG’20G’2)ga binoan, «... inson oflayn muhitda ega bo’lgan huquqlar, onlayn muhitda ham himoyalanishi kerak, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro paktining 19-moddasida belgilangan davlat chegaralaridan qat’iy nazar, har qanday vositalar orqali fikr bildirish erkinligi huquqi ham shular jumlasidandir...»
Raqamli huquqlar - bu:

  • Internet;

  • Shifrlash;

  • Privatlik;

  • Anonimlik;

  • Axborotdan foydalanish;

  • Fikr erkinligi huquqlari.



Internetdan foydalanish huquqi


2011 yil 3 iyunda Internetdan foydalanishni insonning asosiy huquqi sifatida e’tirof etuvchi BMT rezolyutsiyasi qabul qilindi. Shu tariqa u yoki bu hududlarning Internet tarmog’odan uzilishi inson huquqlarining poymol etilishi sanaladi. Shu bilan birga, tarmoqdan foydalanish imkoniyati qator mamlakatlar qonunchiligiga asosan insonning ajralmas huquqi deb belgilab qo’yilgan.

Qiziqarli faktlar:


  • HeadHunter kompaniyasining tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda ijtimoiy tarmoq faol foydalanuvchilari - o’smirlar va 35 yoshgacha bo’lgan kishilar.

  • 2021 yil 25 sentabr holatiga O’zbekistonda 655 Internet-OAV ro’yhatga olingan.

  • 2022 yil holatiga ko’ra, O’zbekistonda mobil Internet foydalanuvchilari soni 27,2 mln kishini tashkil etadi.

  • O’zbekistonda Internet foydalanuvchisining 5 Gb hajmdagi HD- filmni yuklab olishi uchun 5 soatdan ortiq vaqt kerak bo’ladi.

  • Ayni damda O’zbekistonda har 100 kishiga 12,7 keng polosali ulanish abonenti to’g’ri keladi - o’rtacha jahon ko’rsatkichidan biroz past.




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə