Ushbu maxsus kurs tinglovchilarda media va axborot savodxonligi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/14
tarix27.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#123908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
maʼruzaga

Tanqidiy fikrlash - qabul qilinayotgan yoki mavjud axborotlar, qarashlar, farazlarga tanqidiy va tahliliy yondashish. Mantiqiy analiz qilib ko’rish. Subektiv va xolis axborotlarni ajratish. Fakt va fikrlarni farqlay olish.
Shu o’rinda tanqidiy fikrlash deganda negativ fikrlash nazarda tutilmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Mazkur ko’nikmani yosh media iste’molchilarda to’g’ri va mukammal shakllantirish orqali quyidagi muammolarni bartaraf etishga erishish mumkin.

  • Axborot olamida aldanib qolish yoki o’zi bilmagan holda boshqalar tomonidan boshqarilishning oldini olishda;

  • Cheksiz axborotning qaysi biri yolg’on, qaysi esa rost, qaysi biri nayrang, qaysi biri esa samimiy ekanini ajratish borasida to’g’ri

fikr yurita olmaslikda;

  • Turli salbiy birlashmalar va guruhlar tuzog’iga tushib qolishda.

Media iste’molida tanqidiy fikrlashni qo’llashning 5WQH metodikasi quyidagi savollarni berish orqali axborotlarni tahlil qilish, baholash, saralash va foydalanishda to’g’ri yo’ldan borishga yordam beradi:

  1. Kim?

  2. Nima?

  3. Qachon?

  4. Qaerda?

  5. Qanday qilib?

  6. Nima uchun?

Yuqoridagi savollar nuqtai nazaridan har bir media mahsulotga yondashish iste’molchiga axborotning ichiga chuqurroq kirish, uning ostida yashiringan g’oyalarni anglash va axborotning zarurlik darajasini baholash imkoniyatini beradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, mediato’yingan jamiyatning har bir a’zosi yoshi, jinsi, kasb-kori va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar mediaga nisbatan tanqidiy fikrlash ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Mazkur ko’nikma insonlarni nafaqat zararli axborotlardan balki ortiqcha axborotlardan ham himoya qiladi. Chunki ortiqcha axborot ham bir kun kelib zararli axborotga aylanishi mumkin.
  1. MAVZU: ZAMONAVIY MEDIA MUHITDA AXBOROT MANIPULYATSIYASIDAN HIMOYALANISH


Reja:

  1. Media manipulyattsiya instrumenti sifatida

  2. Manipulyatsiyasi usullari

  3. Manipulyatsiyasidan himoyalanish yo’llari

Mashhur “Forbes”2 nashrining yozishicha, media manipulyatsiyasi idrok va haqiqat o’rtasidagi farqdan foydalanadi. Ommaviy axborot vositalari uzoq davrlar davomida jamoatchilik uchun ishonchli axborot manbai bo’lib kelgan. Bugungi kunda uni ishonchli qilgan barcha to’siqlar buzildi. Shunga qaramay, eski tushunchalar saqlanib qolmoqda. Agar tasodifiy har qanday blogdagi media kontent bir nechta muharrirlar tomonidan tekshirilgan, tahrirlangan va ko’rib chiqilgan “New York Times” maqolasi kabi ishonchli bo’lsa, uni yoritish ikki baravar oson ishga aylanadi. Bu esa manipulyatorlar orasida kim o’zarga o’ynash yoki kimning ovozi balandroq chiqishiga bahslashish va onlayn olamda kim ko’proq shov-shub qila olishni ko’rsatish imkonini beradi. Bilamizki, agar biz etarlicha onlayn shovqin-suronni yarata olsak, odamlar tutun bor joyda olov bor deb o’ylashadi va haqiqiy bo’lmagan narsa haqiqatga aylanadi.


O’tgan asrda yoki yangi asrimizning boshida ham, ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish haqida gap ketganda, bizda faqat bir nechta tahdidlar bor edi: hukumat targ’ibotchisi va shov-shuvli publitsist. Ular jiddiy tahdidlar edi, ammo bu kabi tahdidlardan himoyalanishda hushyorlik qolibiliyati aniq va oddiy himoya sifatida ishlardi. Ammo bugungi globallashuv va raqamlashuv davrida, bloglarga tobeligimiz va internetga asoslangan media siklimiz bilan hech narsa bo’rttirish, buzish, uydirma va soddalashtirishlardan qochib qutula olmaydigan bolib qoldik.
Media manipulyator sifatida mazkur holatni anglash, uni o’z faydasiga hal etish murakkab emas.Chunki uning ishi ommaviy axborot vositalaridan manipulyatsiya istrumenti sifatida foydalanish ya’ni odamlarni o’zlari qilmaydigan narsalarni qilishlari yoki o’ylashlari uchun media orqali undash hamda ta’sir o’tkazishdan iboratdir. Ular xuddi parda ortida qo’g’irchoqning iplarini tortib o’ynatadigan aktyorlarga o’xshaydilar. Bu holatda aktyor –manipulyator, iplar – ommaviy axborot vositalari, qo’g’irchoq esa- auditoriyadir.


2 https:G’G’www.forbes.comG’sitesG’ryanholidayG’2012G’07G’16G’what-is-media-manipulation-a-definition-and- explanationG’?shq352eb8333939
Amerikalik tadqiqotchi Deniel Boorstin o’zining “Tasvir: Amerikadagi psevdo-hodisalar bo’yicha qo’llanma”kitobida shunday fikrlarni keltiradi: “Biz va hayot haqiqatlari o’rtasida qandaydir qalinlik paydo bo’lmoqda va u borgan sari murakkablashmoqda.” Chindan ham olimning davosida jon bor, chunki bugan auditoriya yangilikni nima muhimligiga qarab emas, balki nimani xohlayotganiga qarab yaratilmoqda; informatsiya qabul qilish sikli shunchalik tezlashmoqdaki, axborotlar doimiy va muntazam ravishda to’liq bo’lmagan, tekshirilmagan boshqa narsa bo’lish ehtimoli juda yuqorilab bormoqda.
An’anaviy ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio) yildan-yilga o’z ta’sirini yo’qotib, yangi OAV, aksincha, zamonaviy media makonda o’z o’rni va ko’lamini yanada kengaytirib bormoqda. Masalan, “Mediascope” ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda Rossiyada Internet birinchi marta kundalik yoritish bo’yicha televizordan o’zib ketdi: yirik shaharlar aholisining taxminan 75 foizi har kuni onlayn va 70,4% televizor tomosha qilgan.3
Bugungi kunda nafaqat oddiy kompyuterlar va smartfonlar, balki ulangan zamonaviy televizorlar ham mavjud. Internet foydalanuvchilarga (ularning shaxsiy xohishlariga ko’ra) ommaviy axborot vositalari matnlarini individual tanlash imkoniyatini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, media-manipulyatorlar ushbu interaktiv xususiyatlardan ongli ravishda foydalanadilar. Ammo “eski ommaviy axborot vositalari” davrida bu manipulyatsiyalar davlat va biznesdan kelib chiqqan tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, bugungi kunda ilgari manipulyatsiya qilingan auditoriyaning o’z ya’ni oddiy o’quvchilar, tomoshabinlar va tinglovchilar asta- sekin media kontentlarning to’liq huquqli yaratuvchisi va tarqatuvchilariga, shu jumladan manipulyatorga aylani bormoqda. 1980-yillarda gazetalar (ayrimlari yuzlab xodimlardan iborat) tirajlari 2-3 millionga etganidan faxrlanardi, ammo bugungi kunda mashhur bloggerning o’n million auditoriyasi borligi endi ajablanarli emas.
Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlar dastlab siyosiy yoki manipulyatsiya vositasi sifatida o’ylab topilmagan: ular do’stlar va o’rtasidagi muloqot uchun erkin va demokratik makonga aylanishi kerak edi. Qarindoshlari, boshqa obunachilar bilan kitoblar, filmlar, musiqa, sayohatlar, taomlar haqidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdigan, retseptlar, fotosuratlar, video va postlar e’lon qiladigan platformaga aylanishi ko’zlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bilan (ularning keng foydalanuvchilarni qiziqishlari
3 Fedorov A. Media manipulation and Media literacy education. Moscow 2022.
bo’yicha segmentatsiya qilish imkoniyatlari) darhol ko’p millionli auditoriyaga ega bo’ldi va biznes manfaatlari sohasiga kirdi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar tobora ko’payib bormoqda, axborotni, shu jumladan yolg’onni targ’ib qilishning tez va nisbatan arzon usuli sifatida ishlatiladigan bo’ldi. Natijada, ijtimoiy tarmoqlar turli xil siyosiy va reklama xususiyatiga ega bo’lgan soxta ma’lumotlar manbalariga aylanib bormoqda.
Medialar ma’lum bir hissiy tajribani shakllantirish va rivojlantirish uchun qulay maydoncha vazifasini o’taydi. Ularni ongli ravishda, masalan, ma’lum bir hissiy (ya’ni uning asl mohiyatiga mos) holatga kirish uchun ham qo’llash mumkin. Buning uchun yosh jurnalist media yuzaga keltiradigan hissiy samaralarni anglashni va tasniflashni o’rganishi zarur.
Agar boshlovchi jurnalist mediakontentni adekvat tarzda qabul qilishga
tayyor bo’lsa, medianing unga hissiy ta’siri ijobiy bo’lishi shubhasiz. Agar u media yuzaga keltiradigan hissiyotlar tabiatini tushunishga ruhiy, aqliy va jismoniy jihatdan tayyor bo’lmasa, u shaxsiy mediakontenti vositasida o’z retsipientlarini ma’lum bir xavfga qo’yishi yoki ularning ongini manipulyatsiya qilishi (boshqarishi) mumkin. Jurnalist surishtiruvlari, dolzarb mavzulardagi reportajlar, kun qahramonlari (xoh ijobiy, xoh salbiy bo’lsin) bilan intervyular muallifga auditoriyada dahldorlik, qiziquvchanlik va hamdardlik hislarini yuzaga keltirish imkonini beradi. Muallif auditoriyaning umumlashgan nuqtai nazarini bayon etganda ana shu hamdardlik va dahldorlik hislari yanada kuchayadi.
Quyidagi vizualizatsiyada manipulyatsiya tushunchasi ostida yashiringan maqsadlarni anglab olish mumkin.

  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə