“Uzluksiz ma’naviy tarbiya


“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”



Yüklə 138 Kb.
səhifə4/7
tarix03.04.2023
ölçüsü138 Kb.
#104100
1   2   3   4   5   6   7
Uzliksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi

“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr: 1-davr – homila davri,
2-davr – bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr);
- ikkinchi bosqich – maktabgacha ta’lim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
- uchinchi bosqich – umumiy o‘rta ta’lim tizimida (ikki davr: 1-davr –
7 (6)-10 yosh boshlang‘ich sinf, 2-davr – 11-17 yosh o‘rta va yuqori sinflar);
- to‘rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr: 1-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh).
Konsepsiya ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar:
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Ma’naviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish.
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish.
- Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kompetensiyalarni shakllantirish. 
- I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish.
- Umumta’lim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish.
- Ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini axloqiy fazilatlar majmui bo‘lgan milliy tarbiya an’analari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. To‘plangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘pjildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish.
- Jamiyatda milliy tarbiya an’analari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish;
- yoshlarda turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Konsepsiyada bunga tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch fazilatlarni kafolatli loyihalashtirish va o‘rgatishda oila, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini to‘liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish masalasi rejalashtirilgan.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar ta’limdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha ta’lim, maktab pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari bolalarga Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy ma’lumotlarga aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi.
Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi, noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini ta’minlashda quyidagicha natijalar kutilmoqda:
- konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘ri kenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
- oilalar, ta’lim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi.
- jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga
ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida mas’uliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo‘ladi.
- oila, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-avlodga bezavol o‘tib borishi ta’minlanadi.
- konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasida esa ma’naviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etibor, aynan shu mezon bolalarimizni ma’nan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir.



Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə