V abdurahmonov


Kredit munosabatlari g‘oyasi



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

4. Kredit munosabatlari g‘oyasi
Asardagi iqtisodiy munosabatlaming vana bir dolzarb masalasi kreditea 
oid fikrlardir. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida u yoki bu iqtisodiy 
munosabatning, iqtisodiy kategoriyaning keng va tor m a’nodagi talqinlari 
e ’tirof etiladi. Keng m a’noda iqtisodiy kategoriyaning kishilik jamiyatining 
barcha iqtisodiy davrlarga daxldorligi tushunilsa, tor m a’noda, uning 
m a’lum tarixiy-iqtisodiy davr sharoitiga bog‘liqligi tushuniladi. Kredit 
yoki qarz berish kategoriyasi ham ana shunday mazmunga ega bo‘lgan 
iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, o ‘zining chuqur mazmunining real 
iqtisodiy hayotda ro ‘yobga chiqishi, iqtisodiy-ijtim oiy taraqqiyotni 
jadallashtirib yuborishi, iqtisodiyotga yuksak o ‘sish sur’atlari baxsh etishi 
jihatidan kredit tom m a’noda bozor iqtisodiyoti davr munosabatidir. Bugun 
iqtisodiy taraqqiyotning kredit tufayli amalga oshishi isbot qilingan. Chunki, 
umum jahon iqtisodiyoti ravnaqi ham, milliy iqtisodiyotlar rivoji ham 
kredit munosabatlarsiz amalga oshmasligi hech kimga sir emas.
Ayni chog'da, kredit juda qadim tarixga ega bo‘lgan iqtisodiy kategoriya 
ekanligi «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»da, xususan, o ‘ttiz asrga teng deb

K arim ov I. O 'zb ek isto n XXI asr bo 'sag 'asid a: xavfsizlikka taxdid, b a rq aro rlik shartlari 
va tara q q iy o t kafolatlari. Т., 1997, 196—197 —b etlar
18


e ’tirof etilayotgan «Avesto» asarida ham ko‘rsatib o ‘tilgan. Buyuk ajdod- 
larimiz kreditdan (qarz berish) foydalanib xo'jalik yuritganliklari bu mangu 
asarda o ‘z ifodasini topgan. «Avesto» asari ustida olib borgan tadqiqotlarimiz 
ana shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ldi. Asami tahlil qilar ekanmiz
qadim zamonlarda ajdodlarimiz o ‘rtasiga iqtisodiy faoliyat qarz berish va 
qarz olish bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lganligi shubha qolmaydi.
«Avesto»da qarz berish va qarz olish odamlar o'rtasidagi hayotiy 
munosabat ekani uqtirilib, olingan qarzga xiyonat qilmaslik aytiladi, Asarda 
aytiladiki 
«hech kim o ‘z q o ‘shnisidan olgan omonatidan tonib, yolg‘on
so'zlamasin’».
Kitobda odamlarning bir-birlari oldidagi majburiyatlari, shartnoma, 
ahdnomalari muqaddas hisoblanib «qasam» vositasida mustahkamlangan. 
Qasamlar bir-biridan mas’uliyatliroq, mustahkamroq bo‘lib, ularning 
har birining buzilishi o ‘ziga xos qiymatga (bahoga) ega, ya’ni qasamni 
buzganlik holatida aybdor m a’lum m iqdorda tovon (jarima) bilan 
jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Quyida ana shu qasamlami aynan keltiramiz: 
«■Axura Mazda javob beradi:
-Mening qasamlarim oltita:
birinchi-so ‘z qasami;
ikkinchi-qo

qasami;
uchinchi- qo ‘y qasami;
.
to ‘rtinchi- sigir qasami;
beshinchi- odam qasami;
oltinchi- ekin qasami, engyaxshi, engobod, engserhosil zamindagi ekin2»
Savol tug‘iladi: nima uchun qarz majburiyatlarining (qarz olishda 
berilayotgan iqtisodiy kafolatlaming) turi bunchalik ko‘p, ya’ni oltita? 
G ap shundaki, qadimgi zamonlarda olingan qarzlami (kreditni) yozma 
ravishda bayon qilish, uni hozirgidek notarius idoralari tom onidan 
tasdiqlatib, unga huquqiy tus berish odat sanalmagan. Dastlab, qarz olgan 
tom on bilan so‘z qasami orqali ahdlashilgan b o ‘lsa kerak. Chunki, 
zardushtiylik dinida odamlarning q o ‘l berib ahdlashuvi ham muqaddas 
hisoblangan, binobarin qarz olgan tom on o ‘z majburiyati oldida, Axura 
Mazda oldida gunohga botishdan qo‘rqqan.
Keyinchalik oo‘l qasami. ya’ni qo‘l berishib, ahdlashuv urfga kirgan 
bo‘lsa ajabmas. So‘z va qo‘l qasamlarini tom onlar ahdlashuvining buzish 
holatlari vujudga kelgach, kredit kafolati muayyan asosga ko‘chirilgan
1 Avesto, 121-bet
2 O 's h a asar, 117 —bet
19


bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Qarz kafolatining, majburiyatining moddiy- 
lashuvi, tabiiyki odamlarda mas’uliyatni oshirgan, zero «mol achchig'i 
jon achchig‘i» degan xalq maqoli bejiz paydo b o ‘lmagan.
Bunda qo‘y qasamining bahosi bitta qo‘y qiymatiga teng bo‘lgan; qo‘l 
qasami tom onlam ing qo‘l qisishi bilan shartlashilganligini bildirgan. 
Ko‘rinib turibdiki, qasamlar tarkibida eng katta aasam -ekin aasamidir. 
Bu shunchaki moddiy qasam emas, balki «eng yaxshi, eng serhosil 
zamindagi ekin» qasamidir. Bunday qasam shartnoma m a’nosini bildiradi, 
tomonlarning o ‘zlariga olgan majburiyatlarini aks ettiradi. 0 ‘z ahdini 
buzgan tom on «eng serhosil zamindagi ekin» qiymati darajasida tovon 
to ‘lagan. Ekin qasamini buzgan aybdoming to'qqiz yuz qamchin asnahix- 
ashantra bilan, to‘qqiz yuz qamchin saravush-charana bilan savalash orqali 
jazolanishi qat’iy belgilab qo'yilgan.
Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozimki, qasamlarning eng zo‘ri, 
mas’uliyati, iqtisodiy jazosi kuchlirog‘i «ekin qasamidir». Albatta, bunda 
Axura Mazda tarafidan ilgari surilgan ilohiy m a’no bor. Bu- dehqonchilik 
mahsuloti, dehqonchilik mehnati barcha mehnat turlari ichida mo‘tabarroq, 
ulug‘roq, ilohiyroq ekanligi.
M a’lumki, shartnoma m a’lum iqtisodiy vazifalami, majburiyatlami o ‘z 
zimmasiga olishni bildiradi. Zardushtiylik dinida inson lafzi, uning bir-biriga 
bergan ahdi (qasami) Yaratganning oldidagi qandaydir farz amalidek kuchga 
ega bo‘lgan. Asarda ijara munosabatlari to‘g‘risida gap borganda xuddi 
yuqoridagidek m as’uliyat yuklatilgan. M asalan, «Muxtasar» asarida 
yozilishicha, ijara munosabatlari qarz majburiyati-kredit berish m a’nosini 
bildiradi, ya’ni 
«ijara oluvchiga ijara haqini o'sha zahotiyoq bermoq vojib
emas...»
degan ilohiy qoida bitilgan. Albatta, bunday iqtisodiy munosabat- 
ijara to ‘lovini m a’lum muddatga kechiktirilishi kredit oluvchining iqtisodiy- 
ijtimoiy ahvolini yengillashtirgan. Yana shu narsa muhimki, islomiy qoidaga 
muvofiq mulk ijaraga olingan bo‘lsa-yu, undan foydalanilmasa ham yoki 
undan ijara haqi darajasida samara olinolmagan bo‘lsa ham ijara haqini to‘lash, 
mulkni but-butun qaytarish majburiyati yuklangan1.
Zardushtiylik dinida olingan qarz majburiyatini bajarmaslik shunchaki 
iqtisodiy jazoga loyiq ish emas, balki shartnom ani buzganlik juda ham 
katta gunoh hisoblangan, bunday odam Axura M azda nazaridan qolgan. 
Ayni chog‘da, bunday ilohiy majburiyat qarz olgan tomonga kuch-quw at 
ham bergan, shartnomani buzmaslikka undagan, majbur etgan.
Shartnoma-qasam m a’lum qarzdorlik munosabatini bildirib, omonat
1 M uxtasar, Т., 1994, 189-bet
20


yuzasidan 
olingan 
majburiyatni o‘zida ifodalaydi, omonatga xiyonat, qayta- 
rilishini o'ylamaslik, uni o'ziniki qilib, o‘zlashtirib olish «o‘g‘rlangan bilan 
barobardir» deyiladi, ya’ni beburdlik qilish o ‘g‘irlik bilan teng darajaga 
qo‘yiladi. 0 ‘g‘irlik qilish esa zardushtiylikda katta jinoyat, gunoh hisoblangan.
«Avesto» kitobini umuminsoniy qadriyatlar haqidagi aasida deyish 
mumkin. U nda odamlar o ‘rtasidagi mehr-oqibat, birodarlik, do‘stlik, 
o'zaro yordam va madad berish g‘oyalari, bilim olish, o'tm ish donish- 
mandlari, allomalari bilimlarini egallash kabi komil inson bo‘lishga xos 
umumbashariy qoidalar, ularga asoslanib yashash lozimligi uqtiriladi. 
Masalan, asarning 4-fargardi, ikkinchi qismida odamlar hech qachon 
bir-birlaridan hech narsani darig1 tutmasliklari, qizg‘anmasliklari lozim. 
Xususan, moddiy madad berish, din ilmini, kasb-hunar egallashni 
birodariga bem innat o ‘rgatishi zarur, degan ko'rsatma berilgan.
Biroq, odam lar o ‘z ilohiy va dunyoviy vazifalarini bajarishlari uchun 
tabiat n e’matlaridan, o ‘zlari ishlab chiqargan narsalardan iste’mol qilish- 
lari, dam olishlari, rohatlanmoqlari ham zarur. Zero, dam olish, rohatla- 
nish, m a’naviy oziq olish tirikchilik bilan, iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ul- 
lanish uchun kuch-quw at beriladi. Bularning zaminida «shiddat bilan 
bilim olish» yotadi1.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə