V abdurahmonov


II bob «AVESTO» NING IQTISODIY G‘OYALARI



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

II bob «AVESTO» NING IQTISODIY G‘OYALARI
1. 0 ‘zbekiston — ilk iqtisodiy ta’limotlar Vatani
Odatda, eramizgacha yaratilgan va bizgacha yetib kelgan iqtisodiy 
g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, mulohazalar «qadimgi iqtisodiy ta’limotlar» 
deb ataladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ga oid ilmiy va ilmiy-ommabop 
adabiyotlarda, qadimgi iqtisodiy g‘oyalar, awalo, Misr, Gretsiya, Rim, 
Hindiston va Xitoy kabi makonlarda yaratilgan, keyingi davrlarda esa bunday 
ta’limotlar G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlangan, deb ta ’riflanadi. 
Bunday dunyoqarash XXI asr boshlarigacha saqlanib keldi, to ‘g‘rirog‘i, 
bunday fikr «Avesto» asarining Prezidentimiz I. Karimov tashabbusi va 
YUNESKO homiyligida 2700 yilligi xalqaro darajada tantana qilinguncha, 
«Avesto» kitobining «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 
Bosh tahririyati tom onidan (2002- yil) akademik nashri chop etilib, uni 
iqtisodiy jihatlari maxsus tadqiq qilinguncha davom etdi, deyish mumkin.
Shu narsa ham ayonki, «Avesto» haqida butun dunyo miqyosida 
mingdan ortiq turli shakllarda ilmiy ishlar e’lon qilingan. Biroq, ular 
asosan rus va Yevropa xalqlari tillarida nashr etilgan bo‘lib, ularda falsafiy, 
m a’rifiy, diniy, etnografik, tibbiyot, tabiat va ekologiya masalalariga e’tibor 
qaratilgan edi.
«Avesto» asarining bebaho qiymati va ahamiyati haqida Prezidentimiz 
o ‘zining ushbu kitob yaratilganligining 2700 yillik tantanalarida so‘zlagan 
nutqida shunday degan edi: «
U bundan 30 asr muqaddam mana shu
mo ‘tabar zaminda yashagan ajdodlarimizning aql-zakovati va qalb nuri
bilan yaratilgan, ikki ming teriga tilla suvi bilan bitilgan noyob tarixiy
yodgorlikdir.
Ushbu nodir kitob biz yashab turgan tuproqda buyuk davlat, buyuk
madaniyat, buyuk та ’naviyat bo ‘Iganidan guvohlik beruvchi bebaho tarixiy
hujjat bo ‘lib, ming yillar, asrlar davomida ajdodlarimiz uchun та ’naviy-
ruhiy tayanch, cheksiz kuch-quvvat manbayi bo‘lib kelgan. Ayni chog‘da,
«Avesto» nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun G ‘arb olamida ham ilm-
u fan va falsafiy tafakkur rivojiga bebaho, salmoqli hissa qo‘shgan asardir’»
Ushbu asar bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘oya va istiqlol 
mafkurasini shakllantirishning muhim ilmiy-m a’rifiy manbayi sifatida 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asami «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani nuqtayi 
nazaridan tadqiq etish ham muhimdir. Asaming o‘iganish asosida shunday
1 K arim ov I.Ezgu fikr, ezg u so'z, ezgu amal, «O 'zbekiston ovozi», 2001, 6-noyabr
11


xulosaga keldikki, birinchidan, unda eng qadimgi dunyo iqtisodiy 
ta ’limotlari 0 ‘zbekistonning zaminida ilk bor vujudga kelganligiga to ‘la 
ishonch hosil qilinadi, ikkinchidan, unda ilgari surilgan g‘oyalar, garchi 
ulaming tarixi 3000 yildan ham aw alroqqa borib taqalsa-da, bugungi 
iqtisodiy islohotlarimiz g‘oyalari bilan, o ‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosati- 
miz bilan ramziy ham ohang ekanligiga iymonimiz komil bo‘ldi.
Darhaqiqat, «Avesto»da mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy 
islohotlar bilan, um um iy iqtisodiy qadriyatlarimiz bilan ham ohang 
bo‘lgan bir qator iqtisodiy qarashlar bayon etilgan. Asarda 
uch ezsulik
s'ovasi
ilgari surilgan bo‘lib, ularning birlamchisi 
halol va unumli mehnat
qilish. varatuvchilik amali ene olivsidir.
Kitobda 
iitimoiv mehnat taqsimoti
g‘oyasi ilgari surilib, u qadimgi dunyoda ijtimoiy m ehnat taqsimotining 
real va sam arali shakli «jamoa b o ‘lib ishlash» ekanligi uqtiriladi. 
Prezidentimizning ta’kidlashicha, «jamoa bo‘lib ishlash» g‘oyasi «Avesto» 
ning eng qimmatli qadriyatlaridan biridir.
Kitobda yoshlaming 
kasb-hunar egallash. oila qurish va uning iqtisodi
g‘oyalari ham pishiq-puxta ishlangan iqtisodiy ta’limotlardan biri ekanligini 
alohida qayd etish lozim.
«Avesto» dagi 
mulkdor bo ‘lish. mulkdorlik mas ’ulivati va manfaati g ‘ovasi
ham,
aytish mumkinki, fundamental ishlangan iqtisodiy qarashlardandir. 
Asarda 
ehtivoilar
masalasi, ularning qondirilish vositalari haqidagi 
qarashlar ham g‘oyat qimmatlidir.
Bugungi eng dolzarb ilmiy-uslubiy masalalardan biri «Avesto»dagi 
ana shu va boshqa iqtisodiy fikrlarni m a’lum tizimga solish, ulam i 
«Iqtisodiyot nazariyasi», «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi», «M ehnat iqtisodi» 
va boshqa iqtisodiyot fanlari predm etlariga kiritish, yoshlarimizni 
«Avesto»dagi iqtisodiy g‘oyalar bilan tarbiyalashdir.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə