V abdurahmonov


«Dunyoli bo‘lish afzalligi»



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

«Dunyoli bo‘lish afzalligi». 
«D unyo- bu uy-joy, m ulk, chorva 
hayvonlari, ulami saqlovchi inshootlar, odam lar va hayvonlaming oziq- 
ovqatlari, yaylovlar, yer va suv. Demak, dunyoli bo‘lish, ana shularga ega 
bo‘lish, mulkdor bo‘lish demak. «Avesto»da m ulkdor bo‘lish afzal 
deyiladi, zero mulksiz odam «gadodir»». Mulkdorlik afzalligi shuki, u 
to ‘q, baquw at, farovon, tinch, hayoti barqaror, iqtisodiy erkin, Vatanni, 
yurtini himoyalovchi, o ‘z m as’uhyati o'zida, m anfaati o ‘z qo‘lida, 
istiqbolini kafolatlovchi shaxsdir. Mulkdorlik xislatlari va afzalliklari 
prezidentimizning iqtisodiy asarlari va chiqishlarida ham mukammal bayon 
qilinadi.
«Qasam» (shartnoma, majburiyat)- 
zardushtiylik dinida qarz oluvchi 
tom onidan qarz olganlik uchun kafolat timsoli. U oltitadir. Ulaming har 
biri o ‘z mazmuniga, makoni va vaqtiga ega. Qasam ilohiy m a’noga ega, 
uni bajarmaslik gunohi azimdir.
26


I ll bob QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA’LIMOTLARI
1. 
Qadimgi Misrdagi birinchi iqtisodiy g‘oyalar
Iqtisodiy fan manbalarini jahon sivilizatsiyasining beshigi Qadimgi 
Sharqdan izlamoq mantiqan to ‘g‘ridir.
Iqtisodiy g'oyalar insoniyat yaralishi bilan ibtidolangan. Ammo, hozirgi 
davrda qo‘lyozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina tahlilga tortiladi. Shu bois, 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni quldorlik jamiyati tuzumiga bog‘lashadi.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda, sinfiy ajralish boshlangan joylarda, 
Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig‘i)da va Misrda eramizdan 
awalgi IV ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda 
texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar ishlatila boshlangan, qishloq 
xo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda, sug‘orma dehqonchilikka o'tildi. Bundan 
turg‘un qo‘shimcha mahsulot olish imkoni tug‘iladi. Bu esa jamiyatda 
m e h n at ta q sim o tin i riv ojlantirish g a, k o ‘pgina h u n a rm a n d ch ilik
sohalarining ajralib chiqishiga va sinfiy tabaqalanishga turtki bo‘ldi.
Bu davrda m ahsulot olishning asosiy usuli jam oaga birlashgan 
dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta-soliq olish bo‘lsa, 
qullarni beayov ishlatish bilan ham katta boylik orttirilgan. Sharqda 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab ayrim «erkin» aholining 
ahvoli qullarnikidan unchalik farq qilmagan. Lekin ayrim olimlarning 
fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal
ya’ni uy xo‘jaligidan ustun bo‘lgan.
Sharq, jumladan, 0 ‘rta Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik faoliyatida 
nisbatan erkin odam lar ishtirok etishgan. M asalan, dehqonchilik, 
hunadmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. 
Antik dunyo (G ‘arbiy Yevropa) dagi ayrim hududlarda xalqaro savdo 
bilan bog‘liq ravishda tovar pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan. 
Shu tarzda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik paydo bo‘ldi. 0 ‘z 
mahsulotini sotishga m o‘ljallab, ishlab chiqargan qulchilik xo'jaliklari 
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Natijada klassik yoki antik 
qulchilik yuzaga keldi.
Qadimgi Sharqning iqtisodiy ta ’limoti, asosan, davlatni boshqarish 
to ‘g‘risidagi ilm, qonunlarga oid edi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida amalda 
b u tu nlay n atu ral xo ‘ja lik faoliyat k o ‘rsatar edi. Q adim gi Sharq 
yodgorliklarida davlatni boshqarish san’ati bo'yicha qoida va qonunlar 
to‘plami hamda iqtisodiy g‘oyalar saqlanib qolgan. Bizgacha bo'lgan birinchi
27


yodgorlik «Geraklepolik shohning o ‘z o ‘g‘liga nasihatiari» esdaliklari 
(Qadimgi Misr, eram izdan aw al) juda ham qadimgi m anbalardan 
hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha, «nasihatlarda» e’tiborni boshqaruv 
apparati faoliyatini samarali yuritish zaruriyati va fir’avnlar (Qadimgi 
Misr podshohlarining nomi yoki unvoni) va aholi o ‘rtasida bo‘ladigan 
munosabatlar ko‘rsatilgan. Bu davrda sinfiy ajralish to ‘la shakllanmagan 
bo‘lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali 
yoki oddiy aholidan) mumkin bo'lgan.
Vasiyatnomada muallif asosiy e’tiborni podshoh bilan xalq o ‘rtasida j 
turuvchi boshqaruv apparatiga qanday muomala qilish kerakligi haqida 
yoziladi. U nda shunday deyiladiki, «
boshqaruv apparati yagona otryad
kabi ish olib borishi kerak, buning uchun esa podshoh o ‘z amaldorlari
haqida doimo g ‘am xo‘rlik qilishi va moddiy rag‘batlantirib borishi kerak,
shundagina ularsening qonuning bilan yashaydi».
Saqlanib qolgan yodgorliklarda va yozma qonunlarda iqtisodiy-siyosiy 
g‘oyalar mavjud bo‘lgan. Unda mustaqil ishlab chiqaruvchining huquqlarini 
himoya qilish, tartibga solish ham da ishlab chiqaruvchilar qatlamini 
yemirilishini to ‘xtatishga qarshi m uhim fikrlar berilgan edi. Ayniqsa, 
eramizdan awalgi XVIII asrda Bobilda podshohlik qilgan Hammurapining 
qonunlar to ‘plami (kodeksi) mashhurdir. B u to ‘plam 1901-1902-yillarda 
Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan. Toshga o ‘yib 
yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, 
mavjud davlat sinfiy va ijtimoiy jihatdan ancha mukammal ko‘rilganligi 
bilan ajralib turadi. Bu qonunlarning asosiy mazmuni «kuchli kuchsizni» 
shiori ostida kuchlilar tomonidan kuchsizlami butunlay kamsitishni himoya 
qilgan, qarz evaziga qul qilish faqat uch yilgagina ruxsat etilgan edi. Lekin 
bu chegaralash b o ‘lsa-d a, xususiy m ulkchilik ham qonun bilan 
rasmiylashtirilgan edi. Xususiy mulkchilik huquqiy bitimlarda himoya 
qilinar, agar ijarachi zaruriy ishlami m a’lum bir sabablarga ko‘ra bajara 
olmasa turli xil imtiyozlar berilardi. Xususiy mulkchiiikka qarshi turishga 
iqtisodiy javobgarlik joriy etilgan.
Hammurapi kodeksining yaratilishi Qadimgi Vavilon jamiyatining 
birlashishi uchun muhim omil bo ‘ladi. Hammurapi kodeksi iqtisodiy 
hayotni huquqiy norm alar ko‘magida boshqarishga qilingan birinchi 
harakat edi.
28



Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə