V abdurahmonov


Qadimgi Hindiston iqtisodiy ta’limotlari



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

2. Qadimgi Hindiston iqtisodiy ta’limotlari
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (eramizdan awalgi IV-
III asrlar) ijtimoiy m ehnat taqsimotining hukmronligi va bo‘ysunish 
institutlarining mavjudligi aytiladi.
Qadimgi dunyo olimlari tomonidan siyosiy-iqtisodiy mavzuda yozilgan 
birinchi asarlardan biri «Artxashastra»dir. U hind iqtisod ilmining birinchi 
namunasidir. Bu asar Shoh Chandraguptaning (eramizdan awalgi IV-III 
asrlar oralig‘ida) bosh maslahatchisi Kautilye tomonidan yozilgan. Hindcha 
«artxa» so‘zi foyda, moddiy manfaat, «shastra» esa ilm, ilmiy asar m a’nosini 
anglatib, asar moddiy manfaat to ‘g‘risidagi ilm m a’nosini bildiradi.
Bu asarda, birinchi navbatda, shu davlatda yashayotgan xalqlar va 
guruhlar haqida ma’lumot beriladi. Unda hind xalqi 4 ta kastaga (tabaqaga): 
braxmanlar, kasriylar, vayshiylar va shudralarga b o ‘linadi. Kautilye 
yozadiki: «jahonning rivojlanishi kastalarning o ‘z qonunlari asosida 
yashashiga bog‘liqdir. Podshoh hech qachon kastalami aralashib ketishiga 
yo‘l qo‘ymasligi kerak». Bu asarda yozilishicha, braxmanlar va kasriylar 
barcha imtiyozlarga ega bo‘lib, boshqarish ishlari bilan shug‘ullanganlar, 
vayshiylar va shudralar yerda ishlashgan, hunarmandchilik va savdo bilan 
shug‘ullanganlar. Bu asarda qullar, ulami sotib olish haqidagi m a’lumotlar 
berilishi bilan birga, qullarni ham xususiy mulki b o ‘lishi va uning 
daxlsizligini qonun yo‘li bilan ta ’minlanishi taqiqlanadi.
Bu asarda yer boylik manbayi b o iib , undan to ‘g‘ri foydalanmoqlik, 
kimda kim yerga ishlov bermasa, madaniylashgan yerlarni tortib olish, 
ishlov talab qilinadigan va madaniylashgan ekin maydonlaridan foydalanib 
dehqonchilik qilganlarga yordam ko‘rsatish va imtiyozlar berish uqtirilgan.
Asarda savdo haqida ham so'z yuritilib, unga xo‘jalik yuritishning asosiy 
bo‘g‘ini sifatida qaraladi. Xazinaning ortishiga asosiy yo‘l savdo deb qaraladi. 
Savdoni nazorat qiluvchining oldiga qator talablar qo‘yiladi, aw alo, u 
tovarlar qayerdan, qancha kelishi haqidagi m a’lumotga ega bo‘lishi, 
baholarmi aniq bilish va tovami sotishdan qancha foyda olishini biUshi 
shart deyiladi. Savdo foydasi haqida gapirilib, agar bu foyda podshohga 
katta zarar asosida keltirilsa kerak emas, hech foyda keltirmasa ham birlamchi 
iste’mol tovarlaiini to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak deb yoziladi. 
Masalan, tarozilar har 4 oyda, albatta, tekshirilib turilishi kerak deyiladi. 
Xazinaga olinadigan soliqlar haqida quyidagicha yoziladi: 0 ‘lchov (metrga 
o'xshash) bilan sotiladigan tovarlardan tushadigan daromadning 1/16, 
tarzida sotiladigan tovarlaming daromadidan 1 /1 1 olinadi, deb yoziladi.
29


M ahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o ‘rtasidagi 
farq haqida: tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda uning bahosi qiymatidan 
oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug‘ullanuvchilarga alohida 
urg‘u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko‘tarilgan, foydaning miqdori tovar 
bahosiga qo'shilib, hisoblanishi aytiladi. Umuman, «Artxashastra» da biz 
savdo, baholar haqidagi m a’lum otlami o'rganish bilan Hindistonning 
o'sha davrdagi xo'jalik holatini boshqarilish tizimini tushunib olishimiz 
mumkin.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə