V abdurahmonov



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

legistlar 
(«qonuniy») oqimi paydo bo'ladi, ular boshqarishni 
aniq qonunlar asosida olib borish tarafdori edilar. Bu oqim namoyandalari 
Szi-Chan, Li-Kuy o ‘z ta ’limotida markaziy davlat kuchli va yagona 
mamlakatga birlashishini qo ‘ llab - quwatlashga undaydilar.
Legistlar maktabining vakili Xitoy tarixida mashhur bo‘lgan Sham- 
Yan (er. av. 390-338-yil ) o'zining «Shan viloyati hukmdori» kitobini 
yozdi. U nda qishloq xo‘jaligi konsepsiyasida dehqonchilikni, donchilikni 
(g‘alla) rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. G ‘alla masalasini hal etishni 
bosh masala deb bilgan. Davlat oldiga amaldorlami boqish va bosqinchilik 
urushlarini yuritish uchun juda katta oziq-ovqat zaxiralarini jam g‘arish 
vazifasi yuklatildi. Shan-Yanning ko‘rsatishicha, ikkita manba yordami 
bilan davlat gullab - rivojlanadi: don va urush (atrofdagi yerlami bosib 
olish). Dehqonlar ro ‘yxatini o ‘tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don 
miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li 
bilan turli «ishyoqmaslar»ni «yerga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan 
shug‘ullanishga, ya’ni m ehnat qilishga majbur etiladi.
Chegarada va bozorda tezlik bilan to ‘lovlami oshirish kerakligi, natijada 
savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar daromadlari kamayishi hisobiga ular 
ham tez kunlar ichida dehqonga aylanadi, deb taklif qiladi.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy ta ’limotlarida «Guan-Szi» (er. av. IV asr) 
traktati juda katta o ‘rin tutadi. U nda o ‘sha davr uchun xo‘jalikni davlat 
tom onidan boshqarishning butun bir tizimi talqin qilinadi. Bu asami 
mualliflar jam oasi tayyorlagan b o ‘lib, oldingi ta ’lim otlardan farqi 
shundaki, unda tovar-pul m unosabatlarini yaxshi o'rganish asosida 
xo‘jalikni boshqarishni unumli yo‘lga o ‘tishiga da’vat etilgan edi. Xalq 
xo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish 
g‘oyasi ilgari suriladi. Davlat non va pul metalini tartibga solish yo‘lini 
qo'lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda 
ham agrar soha, ayniqsa, dehqonchilikka alohida urg‘u berilgan. Agar 
legistlar hunurmandchilik, ayniqsa, savdoni befoyda soha deb hisoblagan 
bo‘lsalar, bu asarda esa o ‘sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan.
Asarda iqtisodiyotni bozor stixiyasidan himoyalash masalasi ham o ‘rtaga
32


tashlanib, buning uchun baho m exanizm idan foydalanish kerakligi 
aytilib, bunday yoziladi: «Bozor-shunday narsaki, unga qarab jamiyatda 
tartib yoki tartibsizlik hukm surishini bilib olish mumkin».
«Yerni boshqarish» uchun davlat yeming tabiiy xususiyatlarini yaxshi 
bilishi kerak. Yer m aydonlari nisbatan tekis taqsim lanishi zarur. 
Dehqonlam i ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq 
tizimi sharoitiga qarab (yer unumiga bog'liq ravishda) bo'lishi taklif etilgan. 
Bu yerda gap Yer kadastrini tuzish to ‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda 
hisob-kitob bo'lishi qayd etiladi. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga 
o'tkazish va ulami daromad topish yo‘lida foydalanish baholarni tartibga 
solish yo‘li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi. Bu g‘oyalar 
amalda ham qo'llaniladi va yaxshi samara beradi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida Daotsizm (aynan-yo‘l) g'oyalari 
alohida o ‘rinni egallaydi, uning asoschisi Lyu-Szidir. U taqiqlovchi 
qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi; qonunlar ko‘pligi tufayli «xalq 
kambag'allashmoqda» degan edi. Daotsizm g‘oyalari konfUtsiylikka qarama- 
qarshi bo‘lib, insoniyat awalgi majburiyatlardan voz kechishi, oddiy 
tabiiy hayotga qaytishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Bu g‘oyaga ko‘ra, 
inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangj mehnat qurollaridan foydalanmasligi 
kerak. Ko'rinib turibdiki, unda konservatizm unsuri bor, ammo bu g‘oyada 
m a’lum ijobiylik ham bor edi. Zero o ‘sha davrlarda sivilizatsiya yutuqlari 
ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat qilayotgan edi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə